A. S. Abduqodirov, G’. Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y
Ikkinchi o‘quv savoli: Xotira. Uning turlari
Download 82.09 Kb.
|
namuna
Ikkinchi o‘quv savoli: Xotira. Uning turlari.
Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idroklarimiz miya po‘stlog‘ida qandaydir izlar qoldirishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. Fikrlarimiz va his-tuyg‘ularimiz ham miyada iz ko‘ldirib, saqlanadi. Xotira – bu inson o‘zi amalga oshirgan, his qilgan, shuningdek idrok qilgan narsa va hodisalarni esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik esga tushirishi yoki unutishidan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon. Bosh miyada paydo bo‘ladigan nerv boglanishlari xotiraning fiziologik asosi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlariga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi: obrazli, harakat, so‘z-mantiq va emotsional xotira. Masalan, yangi joylarga uyushtirilgan sayohatni yoki yangi odamlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsalarning obrazlarini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran ko‘z oldimizda gavdalantiramiz. Bu – obrazli xotiradir. Bunda birinchi signallar tizimi katta rol o‘ynaydi. Sayohat vaqtida o‘tkazilgan suhbatlarni, fikr almashuvlarni eslash chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq xotirasidan, ya’ni so‘zlarda ifodalanuvchi fikrlar bilan aloqador xotiradan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signallar tizimlarining uzaro bir-biriga ta’sir kursatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal tizimi dominantlik (ustunlik) rolini o‘ynaydi. Agar o‘z do‘stimizning boshiga tushgan baxtsizlikni eslasak bunda biz yangidan g‘amginlik yoki hatto musibat hissini boshimizdan kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki his-tuyg‘ular bilan aloqador xotiraning ko‘rinishidir. Faoliyatimizning ko‘p qismi bizga yot bo‘lib ketgan harakatlardan tashkil topadi, bu harakatlarning aksariyati (yurish, yugurish, tovushlarni talaffuz etish va hokazo)ni ilk yoshlik chogimizdayoq o‘rganib olganmiz. Harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bunday xotiraga harakat xotirasi deb aytiladi. Bundan tashqari – genetik va immunologik xotiralar ham bo‘ladi. Shuningdek, xotira kancha vaqt saklanishiga ko‘ra: qisqa vaqtli yoki uzoq vaqtli bo‘ladi. Qisqa vaqtli xotira – bu faqatgina paydo bo‘layotgan yangi obrazlar bo‘lmasdan, balki, eski – insonda oldindan mavjud bo‘lgan tasavvur va tajribalar majmui hamdir. Qisqa vaqtli xotira obrazlarning tezda eslanishiga yordam beradi. Qisqa vaqtli xotiraning izlari hozir kechayotgan idrok jarayonining natijasi hisoblanadi. Uzoq vaqtli xotira izlari esa o‘nlab yillar, xatto bir umr saqlanib qolishi mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, idrok etiladigan narsa va hodisalarning «izlari» xotirada darrov muxrlanmaydi. Buning uchun o‘nlab soniyalar, xatto daqiqalar kerak bo‘ladi. Xotira to‘rtta jarayonni yoki bosqichni o‘z ichiga oladi: esga olish; esda saklash; esga tushirish; unutish. Xotira sifatlari shaxsiy fazilat sifatida odam qobiliyatlarining rivojlanishiga, faoliyatiga ta’sir kursatadi. Narsalarni oson esda olib qoluvchi kishiga qaraganda xotirasi u qadar yaxshi rivojlanmagan odamning vaqti ham, kuchi ham ko‘p sarf bo‘ladi. Ko‘pgina kasb-hunarlar, jumladan ofitserlik faoliyati uchun ham yaxshi xotira kerak. Bosh miya qobig‘ida muvaqqat nerv bog‘lanishlarining paydo bo‘lishi, saqlanishi va faollashishi, u erda fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning kechishi xotiraning fiziologik asosi bo‘lib hisoblanadi. Xotira inson faoliyatining maqsadlaridan kelib chiqib ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi. Biron-bir maqsadsiz u yoki bu narsani esga olish, esga tushurish ixtiyorsiz xotira, deb ataladi. Harbiy xizmatchi o‘z oldiga biron narsani eslab qolish vazifasini qo‘yganda ixtiyoriy diqqat ishga tushadi. Ixtiyorsiz dikqat ham, ixtiyoriy dikqat ham obraz-xarakatli, so‘z-mantiqli va emotsional, shuningdek qisqa vaqtli hamda uzoq vaqtli bo‘lishi mumkin. Harbiy xizmatchilar xotiralarining sifatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar. Xotiraning u yoki bu turi yorkin namoyon bo‘ladigan kishilar uchrab turadi. Birida obrazli, boshqasida esa so‘z-mantiq xotirasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Albatta, tez, aniq va mustahkam esga olish hamma harbiy xizmatchilar uchun muhim hisoblanadi, biroq, tajribalar shundan dalolat beradiki, faoliyatning har qanday turi, har bir harbiy mutaxassislik xotiraning maxsus xususiyatlari rivojlangan bo‘lishini taqozo qiladi (masalan, operator uchun rivojlangan operativ xotiraning bo‘lishi juda muhim). O‘z navbatida faoliyat kechadigan o‘ziga xos shart-sharoitlar ham harbiy xizmatchilar xotirasidagi u yoki bu xususiyatlarning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Xotiraning rivojlanishi harbiy xizmatchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir vaqtda olib boriladi. Xotirani va qobiliyatlarni tarbiyalash, intellektual va irodaviy sifatlarni shakllantirish, hissiyotlarning paydo bo‘lishi va echishi xotiraning rivoji bilan izchil ravishda bog‘langan. Hamma ruhiy jarayonlarni, jumladan, xotirani shakllantirish shaxs faoliyati bilan belgilanadi. Esga olish, esda saqlash va esga tushurish jarayonlarining kechishi ushbu material harbiy xizmatchi faoliyatida qanday o‘rinni egallashiga bog‘liq bo‘ladi. Xotiraga har doim tanlovchanlik xususiyati xos: esga olish va esda saqlashning tezligi hamda mustahkamligi nafaqat materialning qandayligiga (qiziqarli, zerikarli, yorqin va hokazo), balki, unga nisbatan harbiy xizmatchining ehtiyojiga va u bilan qanday ishni amalga oshirishiga bog‘liq. Ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va anglanishi insonni u yoki bu faoliyatga undaydi. Dunyoni, ijtimoiy hayotni bilish va o‘zgartirishga bo‘lgan ehtiyojlarning kengayishi hamda chuqurlashishi esa harbiy xizmatchi faoliyatini, uning boshqa kishilar bilan bo‘ladigan muloqotini boyitadi. Ularda bilish faolligini oshirish xotiraning rivojlanishiga olib keladi. Demak, u yoki bu materialni xotiraga olish va u erda saqlash xususiyatlari harbiy xizmatchi faoliyatining ehtiyoj, maksad va usullari bilan aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, xotira jarayoni yuqoridan, ya’ni faoliyat xususiyatlaridan beriladigan dastur bilan tartibga solinadi, boshqariladi. Faoliyat natijasida harbiy xizmatchilarda iroda, tafakkur va nutq rivojlanadi. Iroda o‘z navbatida ixtiyoriy xotirani rivojlanishi uchun zarur asos hisoblanadi. Tafakkur harbiy xizmatchi tajribasini umumlashtiradi va boyitadi. Unda aqliy ishni faollashtiradigan material yaxshiroq esga olinadi va mustahkamroq saqlanadi. Tushunish, ayniqsa so‘z-mantiq xotirasi uchun muhim ahamiyatga ega. Nutq inson tajribasini so‘zlar va so‘z birikmalarida mustahkamlaydi. Xizmat va ta’lim jarayonlari o‘zaro uyg‘unlashganda xotiraning rivojlanishi samarali kechadi. O‘qish xotiraga yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablar ta’lim jarayonining jadallashishi bilan oshib boradi: vaqtning cheklanganligi, o‘quv jarayonining murakkablashishi harbiy xizmatchi xotirasiga o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Demak, ofitser o‘quv faoliyati jarayonida harbiy xizmatchilar xotirasining zarur sifatlarini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratishi zarur. Xotira unutish jarayoni bilan kurash asnosida rivojlanadi. Unutish – eslab qolishga nisbatan teskari jarayon. Eslab kolish kabi unutish ham tanlovchanlik xususiyatiga ega. Muayyan material faoliyatda kanchalik kam ishtirok etsa, uni unutish shunchalik chuqur bo‘ladi va bu material harbiy xizmatchi erishmokchi bo‘lgan muxim maksadlar uchun shunchalik kam ahamiyatga ega bo‘ladi. Xarbiy xizmatchi faoliyatida ishtirok etib, uning uchun qadrli va qiziqarli bo‘lgan narsalar unutilmaydi. Demak, faoliyatda ishtirok etish – harbiy xizmatchi ehtiyojlarini manbalar bilan boglovchi ishonchli aloqa vositasi va tabiiyki, unutish bilan kurashish yo‘li hisoblanadi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, inson biron narsani, xattoki hozirgina ko‘rgan yoki eshitgan narsasini ham vaqtinchalik unutib qo‘yadi. Buning sababi bosh miya kobig‘idagi nerv xujayralarining zo‘riqishi bo‘lishi mumkin. Masalan, charchoq holatida eslab qolish layoqatining birdaniga yo‘qolishi ushbu sabab bilan izohlanadi. Mehnatsevarlikni, topshirilgan ishga nisbatan yuksak talabchanlikni, o‘z kasbiga qiziqishni tarbiyalash, mashg‘ulotlarni jonli va qiziqarli qilib olib borish, eslab qolishning samarali usullarini o‘rganish – harbiy xizmatchilar xotirasini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar hisoblanadi. Xarbiy faoliyatda bilish jarayonlarining barchasi, jumladan xotira ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Xotirani mashqqildirish, uning imkoniyatlarini iloji boricha oshira borish katta ahamiyatga ega. Puxta esda qoldirishning ayrim shart-sharoitlari mavjud. Ular quyidagilar: 1. Esda olib qolinishi zarur bo‘lgan manbaga nisbatai qiziqishning mavjudligi. 2. Esda olib kolishda his-tuyg‘ularning ahamiyati katta. Odam befarq munosabatda bo‘lgan narsaga nisbatan uni quvontirgan, xafa qilgan, g‘azablantirgan narsalarni, odatda yaxshi esida olib qoladi. 3. O‘zlashtirish lozim bo‘lgan materialni tushunish uni esda olib kolishda muhim ahamiyatga ega. Agar askar esda olib qolmoqchi bo‘lgan fikrlarning ma’nosini yaxshi tushunmasa, ularni mexanik ravishda so‘zma-so‘z yodlashga kirishadi. Bu yo‘sinda esda qoldirilgan materiallar tezda unutiladi. 4. Odamning materialni puxta va uzoq muddat esda saqlab qolishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi ham uni yaxshi o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 5. Esda oldirishni faoliyat bilan birga qushib olib borish uni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Odamning faoliyati undan fikr yuritishni, faollikni talab qiladi. Agar material esda olib qolish jarayonida takqoslansa, umumlashtirilsa, xulosa chiqarilsa o‘zlashtirish jarayoni ayniqsa ongli bo‘ladi va binobarin muvaffaqiyatli kechadi. 6. Askarning maktabda o‘qitiladigan fanlarni yaxshi bilishi ham shu fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni puxta esda qoldirish uchun qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bunda yangi material askarning ilgaridan mavjud bilimlari bilan oson va mustahkam bog‘lanadi. 7. Esda qoldirish mehnatdir. Ishni qunt bilan bajarish, sabr-matonatliliq ishni yarmida chala qoldirmaslik materialni o‘zlashtirishning muqim shartlari hisoblanadi. Bular irodaviy sifatlar bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lmasdan turib, odam jiddiy aqliy ishning uddasidan chiqa olmaydi. Harbiy xizmatchilarda xotirani rivojlantirish yo‘llari quyidagilar: bilish bilan bog‘liq qiziqishlarni shakllantirish; mashg‘ulotlar va tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish; topshirilgan ish uchun mas’uliyatni va mehnatsevarlikni tarbiyalash; o‘tilgan mavzularni muntazam takrorlab borish; olingan nazariy bilimlarni amaliyotga joriy qilish; o‘zining harbiy mutaxassisligiga nisbatan qiziqishlarni tarbiyalash. Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling