A. S. Chertovitskiy, M. M. Bozorov, Z. P. Aminova va M. M. Bozorovlarning
Download 38.5 Kb.
|
Такриз лугат учун Ф.Хамидов
A.S. Chertovitskiy, M.M. Bozorov, Z.P.Aminova va M.M.Bozorovlarning “Yer tuzish terminlari bо‘yicha ruscha-о‘zbekcha-inglizcha lug‘at” o’quv-uslubiy qo’llanmasiga Taqriz “Yer tuzish terminlari bо‘yicha ruscha-о‘zbekcha-inglizcha lug‘at” o’quv jarayonida, amaliy ishlarda, ilmiy tadqiqot ishlarida, yer tuzish, geodeziya, kadastr, yerdan foydalanish va qishloq xо‘jaligining boshqa mutaxassisliklari uchun mо‘ljallangan. Respublikamizning bir qancha oliy o’quv yurtlarida geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisliklari kadrlar tayyorlanmoqda, ular uz sohalarida ushbu lug’atdan foydalanishlari mumkin. “Yer tuzish terminlari bо‘yicha ruscha-о‘zbekcha-inglizcha lug‘at” o’quv qo’llanmalar umuman chop etilmagan. Yuqoridagi mutaxassisliklar uchun ushbu dastlabki o’quv-uslubiy qo’llanma tayyorlanganligi diqqatga sazovordir. O’quv-uslubiy qo’llanma lotin alifbosida tushunarli ravon yozilgan bo’lib, 3000 dan ortiq so’zni o’z ichiga olgan. Tayyorlangan o’quv-uslubiy qo’llanmadan talabalardan tashqari magistralar, tayanch doktorantlar, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari ham foydalanishni e’tiborga oladigan bo’lsak, bunday o’quv-uslubiy qo’llanma juda zarur. O’quv-uslubiy qo’llanma ba’zi bir kamchiliklardan ham xoli emas: 1.Lug’atda ba’zi grammatik xotolar bor, ularni tuzatish kerak; 2.Alfavit bo’yicha tartibga keltirish kerak. Albatta, dastlabki o’quv-uslubiy qo’llanma bo’lgani uchun yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklar bo’lishi mumkin. Lekin ular tuzatilsa bo’ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, o’quv-uslubiy qo’llanmani nashrga tavsiya qilaman. Biz uchun eng zaruri bunday o’quv-uslubiy qo’llanmaning yaratilayotganligidir. “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Gidromelioratsiya fakulteti dekani, texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktori, dotsent F.R. Hamidov Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling