Kiyim buyumlarini tuzatish ishlari
Download 0.83 Mb.
|
Документ Microsoft Word
KIYIM BUYUMLARINI TUZATISH ISHLARI Kiyimlarni tuzatish Har xil furnituralarni almashtirish, kiyimlarni yaxshi holatda saqlash, urintirmaslik va ozoda kiyish uchun ularga vaqti-vaqtida qarab turish, tuzatish kerak; kerakli yamoqlar yopishtirish, uzilgan tugmalarni, ilgaklarni qadab olish, so’kilgan choklarni tikib quyish lozim. Kiyim furniturasiga tugmalar, ilgaklar, knopkalar, molniyalar, tuqalar kiradi. Furnitura kiyim gazlamasining turiga, ko’rinishiga, uning fasoniga qarab tanlanadi. Hozirgi tikuvchilik buyumlarida ko’proq molniya va knopkalar qullanmoqda. Ilgaklar kiyimni ko’proq tortilib turadigan joylariga qadaladi.
78-rasm. Ilgak va knopkalarni qadash. Tugmalar kiyimni qadash va chiroyli qilish uchun qo’llanadi. Furnitura kiyimning razmeri, shakli va rangiga qarab ham tanlanadi. Tugmalar teshikli va teshiksiz bo’ladi. Ularni asosiy materialining rangiga yoki kiyimning pardoziga qarab tanlanadi. Tugmalar yupqa gazlamadan tikilgan kiyimlarga yopishib turadigan qilib, qalin gazlamadan tikilgan kiyimlarga 1-2 mm kutarilib turadigan qilib qadaladi. Tugmalar mustahkam turishi uchun ularni kiyimning teskari tomonidan gazlama qistirma yoki kichik tugma quyib ham qadaladi. Tugmalarni qadash uchun 40 yoki 50-iplarni ikki qavat qilib ishlatiladi va bunda 90-ignadan foydalaniladi. Ilgak va xalqalar bir xil ulchamdagi metallardan tayyorlanadi. Ularni qadash uchun esa gazlama rangiga mos 50 yoki 60-iplardan foydalaniladi. Ilgak xalqalar mustahkamroq turishi uchun ularning quloqlari orasini ochiqroq qilib qadaladi. Ilgaklarni uch joyidan va xalkalarni turt joyidan qadaladi, bunda uch-to’rttadan chok qilinadi (78-rasm). Ilgak va xalqaning qadalgan joylarini gazlama bilan berkitish mumkii. Ortiqcha kuch tushmaydigan joylarga kichkina ilgaklar qadaladi va ularning xalqasi ipdan yasaladi. Knopkalar ortiqcha tortishmaydigan joylarga qadaladi. Ularning rangi iloji boricha gazlamaning rangidan farqlanmaydigan bo’lishi lozim. Knopka ikki qismdan: boshcha va prujinali qoplagichdan iborat bo’ladi, ularni ichki tomondan gazlamaning ikki qatlamiga qadaladi. Knopkaning boshchasi ilgakning yuqorigi yarmida turadi va kiyimning ustidan kurinmaydigan choklar bilan qadaladi. Bunda kiyimning ichki tomonidan knopka ostiga pishiq gazlamadan qistirma quyish mumkin. Knopkani qadashda uning teshiklaridan turt-beshtadan chok o’tkaziladi. Oldin knopkaning boshchasi va keyin qoplagichi qadaladi. Agar furnitura ishdan chiqsa, ya’ni tugma yorilsa, tuqa siyqalanib ketsa, ularni almashtirish kerak. Eskirgan tugma, tuqa, ilgak va hokazolarni lezva yoki maxsus moslama bilan qirqib olinadi. Bunda qaychidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki u kiyimni qirqib yuborishi mumkin. Furniturani tikish bo’yicha amaliy ishlarni quyidagi instruksion kartada ifodalangan tartibda bajarsa ham bo’ladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling