O’yma cho’ntak xaltachasini tuzatish.
Jihozlar: asbob-anjomlarti solingan quticha, o’lchami 20X15 sm va 8X10 sm gazlamalar qalin qog’oz.
Ishni bajarish tartibi:
1. Namunani tayyorlash: cho’ntak xaltachasini tikish va uning bir tomonida 2-2,5 sm cha teshik hosil qilish.
2. Yamoq solish: yirtiq joyni tayyorlash, yamoqni tayyorlash, yamash. Yamoqni tikishdan oldin cho’ntak xaltachasiga bir necha marta buklangan qalin qog’oz solinadi.
Ishni qo’l choklari bilan bajariladi, keyin nam-issiq ishlov beriladi.
O’zini o’zi nazorat qilish; solingan yamoq buyum gazlamasini tortib qolmaganini; yamoq va buyumdagi bo’ylama iplar o’zaro mosligini; qo’l choklari tartibli bajarilganini; nam-issiq ishlovning sifatini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |