Kiyim buyumlarini tuzatish ishlari


Buyumning yirtilgan etagini tuzatish


Download 0.83 Mb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#192645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Buyumning yirtilgan etagini tuzatish.

Jihozlar: asbob-anjomlar solingan quticha, o’lchami 20X15 sm gazlama.

Ishni bajarish tartibi:

1. Namunaning bir chetini buklama chok bilan yopib tikish va to’g’ri chok bilan yo’rmash.

2. Gazlamaning bukilganjoyidabir nechtayuza qirqimlar qilish; shunda kiyimning yirtilgan etagida shokila hosil bo’ladi.

3. Choklarni so’kish va gazlamaning chetlari dazmollash.

Gazlamani o’ngini ichiga qilib, eski bukiklari bo’yicha tahlash va yo’rmab ko’klash.

4. Gazlamaning yirtilgan joyidan 0,3 - 0,4 sm masofada bukik bo’ylab mashina choki yurgizish.

5. Chokni kesik tomonga qilib dazmollash.

6. Asosiy gazlamadan magiz (jink) xosil bo’ladigan qilib bukib, buklama chok bilan yopib tikish.Chokni yashirin yoki ayqash qaviqlar bilan tagidan tikib chiqish.

7. Namunaning tikilgan etagini dazmollash.

O’zini o’zi nazorat qilish: buklama chokning kengligi baravarligini, buyumning o’ngidan iplar chiqib qolmaganini, qo’l choklarining batartibligini; nam-issiq ishlovning sifatini tekshirish.

8. Namunani albomga tikib qo’yish. Shimning pochasiga jiyak tikish. Jihozlar: asbob-anjomlar solingan quticha, namuna uchun o’lchami 20X15 sm gazlama; shim jiyagi (20 sm).

Ishni bajarish tartibi:

1. Namunaning bir chetini (20 sm) buklama chok bilan yopib tikib, to’g’ri qaviqlar bilan yo’rmab chiqish va dazmollash.

2. Chokiniso’kish, gazlamaningbukigibo’yicha ip o’tkazish va so’kilgan chetlarini dazmollash.

3. Shimning pochasiga tikiladigan jiyakni namunaning o’ngiga qo’yish, bunda jiyakning qalin tomoni namunaning yuqori (chekka) kesimidan chiqib turishi kerak. Jiyakni qadab qo’yish va ko’klab chiqish.

4. Jiyakni ikkita chok bilan tikish.

5. Gazlamaning chetini qo’yilgan ip bo’yicha qayirib, bukilgan joydan ko’klab chiqish. Jiyakning cheti gazlamaning bukigidan chiqib turishi kerak. Pastki chetini buklama chok bilan yopib tikish. Chokni ayqash yoki yashirin qaviqlar bilan tagidan tikib chiqish.

6. Vaqtinchalik ko’klash qaviqlarni sug’urib tashlab, tayyor chokni dazmollash.

O’zini o’zi nazorat qilish: buklama choklarning kengligi bir xilligini va jiyakning gazlama bukigidan chiqib turishini; choklarning tekisligini; qo’l choklarining batartibligi va, to’g’riligini, nam-issiqlik ishlovining sifatini tekshirish.

7. Namunani albomga tikib qo’yish.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Ustki kiyimda eng ko’p uchraydigan qanday nuqsonlarni bilasiz?

2. Cho’ntak xaltachasi teshilgan bo’lsa, uni qanday qilib tuzatish (yamash) kerak?

3. Cho’ntak xaltachasining teshigini yamashga tayyorlash hamda teshikka yamoq tayyorlash va uni qo’l choklari bilan ko’klab tikish tartibini tushuntiring.

4. Shimning pochasiga jiyak tikish tartibini tushuntiring.

Kiyimni extiyotkorlik bilan kiyilsa hamda o’z vaqtida, o’z o’rnida kiyilsa, u uzoq chidaydi va yangadek ko’rinadi. Shuning uchun uyda, maktabda, sport mashg’ulotlarida va xizmatda kiyiladigan kiyimlarni avaylab, o’z vaqtida joyiga qo’yib saqlash maqsadga muvofiqdir.

Kiyimlarni saqlash qoidasi:

Kiyimlarni iflos qilma.

Qo’lingni yuvayotganda yengingni shimarib ol.

Uy yumushlarini bajarishda fartuk va yenglikni kiyib ol.

Maktabdan kelgach, formangni yechib, uy kiyimingni kiyib, formami veshalkaga ilibqo’y.

Yerga o’tirma, stulda yoki o’tirish uchun mo’ljallangan toza joyda utir. Kiyimingni har kuni chutkalab tozala.

Kiyimingning xamma joyi toza va butun bo’lsin:

a) tugmasi uzilgan bo’lsa, qadab ol;

b) ilgagi uzilgan bo’lsa,chatib qo’y;

v) so’kilgan choklarini o’z vaqtida tik;

g) kiyimingda yirtiq bo’lsa, o’zing yama;

d) kiyimingni o’zing dazmolla;

Topshiriq: o’quvchining bir kunlik, ya’ni bir sutkada bajaradigan ishi hakida xisobot yozish.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling