Kiyim buyumlarini tuzatish ishlari


Kiyimga furnitura qadash bo’yicha texnologik karta


Download 0.83 Mb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#192645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kiyimga furnitura qadash bo’yicha texnologik karta.

Asboblar va ashyolar: ish qutichasi, namuna uchun ulchami 15x20 sm (ikki bulak) gazlama, furnitura (ikki dona tugma, ikki dona ilgak, metall petlya, knopka).

Ishni bajarish tartibi va operasiyalar eskizi

Namunani tayyorlash

1. Har qaysi gazlama namunasining bittadan buylama yonining chetlari buklanadi va choklab quyiladi.

2. Tikilgan chetlari ichkari tomonga 5-7 sm buklanadi va chetlari tikiladi.

3. Buklangan chetidan 1,5-2 sm oraliqda tugmalar qadaladigan joyning o’rtasi topiladi (nazorat chiziqlari o’tkaziladi).Shunda guyo ikkita tokcha tosil bo’ladi: ung va chap tokchalar.

4. Ung tokchani chap tokchaning ustiga quyib,nazorat chiziqlari ustma-ust qilinadi va pastki chetlarigacha kuklanadi.

5. Namunalarning buyini teng olti bulakka bo’libi, furnitura va petlyalarning urni belgilanadi.

Petlyalarni tayyorlash va tugmalarni qadash (79-rasm).



79-rasm. Petlyalarni tayyorlash va tugmalarni qadash. Ilgaklarni qadash

1. Tugmaning diametrini ulchab, ung tokchadan petlya ochiladi,

2. Chap tokchaga tugmani burttirib qadaladi.

3. Ikkinchi belgi chizig’iga dekorativ tugma qadaladi.

4. Ung tokchaga ichkari tomondan (uchinchi va turtinchi belgiga) ikkita ilgak qadaladi.

5. Chap tokchaga (uchinchi belgi ustiga metall petlya qadash) va turtinchi belgiga ipdan petlya qilinadi.Ilgaklar taqilganda tokchalarning nazorat chiziqlari ustma ust turishi kerak.

6. Ilgaklarning quloqlari va petlyalar gazlama bilan yopiladi va mayda qiya choklar bilan tikiladi. Namuna gazlamalardagi va gazlama parchalaridagi buylama iplarning yunalishlari uzaro mos bo’lishi kerak.

Knopkalarni qadash:

1. Ung tokchaga (beshinchi belgi chizig’iga) knopkannng boshchasi qadaladi.

2. Chap tokchaga knopkaning qoplamasya qadaladi.

3. Bajarilgan ishning sifatini tekshirish va namunani albomga joylash.

Uzini uzi nazorat qilish

Barcha turdagi furnitura qadalganda nazorat chiziqlarining mos kelishi, gazlamaning chok bilan tortishib qolmasligini, choklar gazlamaning ustidan kurinmasligini, petlyaning yurmasi to’g’ri va tartibli bajarilganini tekshiring.

Kiyimga furniturani qadashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

1. Tugmalar, knopkalar, ilgaklar mustahkam qadalishi, choklar esa simmetrik va to’g’ri bo’lishi lozim.

2. Tugmalar tayyorlangan petlyalardan bemalol utishi kerak.

3. Petlyalar bilan qadalgan tugmalarning oralig’i bir xil bo’lishi shart.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Kiyimlar furniturasi deganda nimani tushunasiz? Ularning har birini ta’riflang.

2. Turli gazlamalardan tikilgan kiyimlarga tugmalar qadashning qanday usullari bor?

3. Kiyimlarga furnitura qadashda ip va ignaning qanday xillaridan foydalaniladi?

Instruksion kartaga qarab:

1. Ilgak va petlyalar qadashning usullarini tushuntiring hamda ko’rsating.

2. Knopkalar qadashning usullarini tuщuntiring va ko’rsatib bering.

3. Ishdan chiqqan furniturani almashtirish usullarini tushuntiring va ko’rsating.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling