Kiyim buyumlarini tuzatish ishlari
So’kilgan choklarni tuzatish
Download 0.83 Mb.
|
Документ Microsoft Word
So’kilgan choklarni tuzatish.
Tikilgan ipning sifatsizligi yoki uzoq vaqt kiyilishga sababli kiyimlaringiz choklarining ayrim joylari so’kilishi mumkin. Bunday kiyimda yurish xunuk va noqulaydir. Shuning uchun kiyimingizdagi bunday nuqsonlarni uzingiz bartaraf etishingiz lozim. Odatda baxya choklari, etak va yeng choklari, qoplama cho’ntakning choklari ko’proq so’kiladi. Quyida berilgan instruksion kartada so’kilgan choklarni tuzatishning tartibi bayon qilingan. So’kilgan choklarni tuzatish bo’yicha instruksion karta Asboblar va ashyolar: ish qutichasi, namuna uchun ulchamn 15x15 sm (ikki bulak) va 10x10 sm (bir bulak) gazlama. Ishni bajarish tartibi va operasiyalar eskizi Namunani tayyorlash 1. Ulchami 15x15 sm ikki bo’lak gazlamani bir-biriga choklab tikish va o’rtasini biroz ochiq qoldirish. 2. Namunaning bir tomonidagi chetini buklab bostirib tikish va o’rtasidan chokni biroz so’kish. 3. Ulchami 10x10 sm gazlama bulagidan cho’ntak zagotovkasini tayyorlash va ko’klash. Burchaklarini to’g’rilab, qilish. 4. Cho’ntakni namunaning ikkinchi yarmiga qo’yib ko’klash va bir burchagini ozgina qoldirib choklab tikish. 5. Namunaning chetlarini choklab, qaychi bilan «zigzag» qilib qirqish. So’kilgan choklarni tuzatish 6. Yopishgan iplarni olib tashlash va choklarni dazmollash. 7. Chok so’kilgan joyni ko’klash, so’ng ikki tomondan eski chokka 1,5 - 2 sm o’tkazib tikish. Chokning uchlarini mustahkamlash (80-rasm, a, b).
80-rasm. Etakning so’kilgan chokini tuzatish: a - etakning so’kilgan choki; b - etakning so’kilgan chokini tikish. Etakning so’kilgan joyini tuzatish. 1. Uzilgan iplarni olib tashlash va gazlamaning buklangan chetini oldingi chok kengligani saqlab tikish. 2. Chokning so’kilgan qismini ko’rinmas baxya bilan tikish va ikki tomondan saqlangan chokka 1,5 - 2 sm o’tkazish (80-rasm, a, b). 3. Eski chok iplarining uchini gazlamaning teskari tomoniga o’tkazib mahkamlash. 4. Cho’ntakni eski chokning urnidan ko’klash va eski chok ustiga 1,5 - 2 sm o’tkazib tikish. Chokning uchini mustahkamlash. 5. Namunani petlya chok bilan yamash. Qoplama cho’ntakning so’kilgan chokini tuzatish: a- cho’ntakni belgilash va ko’klash; b- cho’ntakni petlya chok bilan tikish. O’zini-o’zi nazorat qilish. Yangi chokni eski chok iziga mosligini, qul choklari va mashina choklarining sifatini, nam va issiq ishlov berish qanday bajarilgannini tekshiring. Ushbu mashg’ulotdagi amaliy ishlar yuqoridagi instruksion kartaga muvofiq so’kilgan choklarni mashq qilishdan iborat bo’lishi kerak. Agar kiyimlarning choki so’tilgan bo’lsa uni tikish mumkin bo’ladi. Mehnatning xavfsizligi uchun: Kiyimlarni tuzatish ishlarini bajarishda quyidagi xafsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak. 1. Furniturani qo’lda qadashda ignani qulga sanchilishidan ehtiyot bo’lishi kerak. 2.O’ng qo’l barmoqlariga igna kirib ketmasligi uchun angishvona taqib olish kerak. 3. Qaychi, pichoq kabi asboblardan foydalanishda qo’lni kesib ketishidan yoki tushib ketab oyoqni jarahatlashdan ehtiyot bo’lishi kerak. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Kiyim chokini so’kilish sabsblarini ayting. 2. So’kilshan baxya chokini tuzatish qanday bajarilishini tushuntiring va ko’rsating. 3. Etak choklarini tuzatish usullarini tushuntiring va ko’rsating. 4. Qoplama cho’ntakning so’kilgan chokini tuzatish usullarini tushuntiring va ko’rsating. 5. So’kilgan choklarning tuzatish ishlarining sifati qanday tekshirilishini gapirib bering. 6. Buyumning so’kilgan choklarini tuzatish ishlarini bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini tushuntiring.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling