Kiyim buyumlarini tuzatish ishlari


Kiyim-kechakni yamash va ularga qarash


Download 0.83 Mb.
bet4/8
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#192645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kiyim-kechakni yamash va ularga qarash.

Har biringiz metall va yog’ochni ishlash usullarini, dastgohlar, elektr asboblari va boshqa mashinalarning tuzilishi hamda ishlash prinsipini bilishdan tashqari, hayotda va turmushda mohir, har narsaga o’quvli bo’lishingiz xam kerak. Masalan, har biringiz kiyimlaringizga qarab yurishingiz, kirini yuvib, tozalab, dazmollashingiz, ular ishdan chiqsa, nuqsonlarini mustaqil holda yo’qota bilishingiz kerak. Kiyimlaringizda, ko’pincha shim yoki ko’rtkangizda cho’ntaklar va shimning pochalari ishdan chiqadi. Ustki kiyimda ko’proq o’yma cho’ntaklar qilinadi. Bunda kiyimning ustida faqat qo’l kirishi uchun ochilgan teshik ko’rinadi. Uning ichki tomoniga cho’ntak xaltachasi tikiladi. Agar xaltacha yirtilsa (matosi sitilsa yoki teshilsa), unga yamoq solish kerak. Yamoqni (teshik atrofidagi titilgan gazlamani yopish uchun) qoplama qilgan ma’qul. Uni cho’ntak xaltachasining ichiga (gazlamaning o’ngiga) qo’l choki bilan tikiladi. Tikish qulay bo’lishi uchun xaltacha ichiga bir necha marta buklangan qalin qog’oz qo’yiladi. Ko’rtka, kostyum, paltoning astari ham eskirib yirtilishi mumkin. Astar gazlamasi titiladi, teshiladi.Uni tuzatishda astar teshigi atrofidagi gazlamaning titilgan joyi yana kattalashmasligi uchun qoplama yamoqdan foydalanish ma’qul. Yamoqni tikuv mashinasida tikish mumkin, lekin bu noqulay bo’lsa (yeng astarini yamashda), uni qo’l choki bilan xam tiksa bo’ladi. Odatda yamoq yuzasi silliq mato: sarja, satindan solinadi. Bu gazlamalar chuziluvchan bo’lib, ularni qirqish ham qiyin (sirg’alib ketaveradi), qirqilgan joylari tez titilib ketadi va cho’zilib koladi. Bunday gazlamalar bilan ishlashda extiyotkor va batartib bo’lish kerak. Yamoq uchun gazlama tanlashda uning to’qilish guli, shuningdek, arqoq ipining yo’nalishini hisobga olish lozim. Ko’ylak va yubkaning etagi, ayniqsa shimning pochasi notekis gajim bo’lib yirtiladi. Buning oldini olish va shimning pochasini mustahkamlash uchun bir yoq cheti buklangan (eni 12-16 mm) maxsus shim jiyagi qo’llanadi. Uni buklangan cheti shimning pochasidan chiqib turadigan qilib tikiladi. Shunda avval jiyak titiladi va uni almashtiriladi. Kiyimning etagini tuzatish uchun titilgan (g’ijimlangan) zehini chokning ichiga olish kerak. Etak qanchalik ko’p titilgan bo’lsa, chokni shunchalik enli qilish kerak. Natijada kiyim kalta bo’lib qoladi, Shu sababli kiyimni tuzatish kerak bo’lsa, buni iloji boricha barvaqt bajarish lozim.



Amaliy ishlar.

Qo’yida ushbu mashg’ulotga mo’ljallangan amaliy ishlar bo’yicha yo’l-yo’riqlar va operasiyalarning bajaralishini aks ettiruvchi rasmlar berildi. Shular asosida amaliy ishlarning boshqacha xillarini ham bajarish kiyimlarni tuzatish bo’yicha olgan bilimlaringizni boyitadi va o’zlashtirgan malakalaringizni takomillashtiradi.




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling