A sakkokiy c sayyid Qosimiy


Download 35.93 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi35.93 Kb.
#1598031
Bog'liq
test


CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 22/3- guruh talabasi Xamrayeva Sevinchning O`zbek adabiyoti tarixi fanidan bajargan mustaqil ishi
1. “Majma` ul-axbor”, “Gulshani roz”, “Haqiqatnoma”, “Sadoqatnoma” dostonlari muallifi kim?
A)Sakkokiy C) Sayyid Qosimiy
B) Gadoiy D) Haydar Xorazmiy
A) “Majma` ul-axbor” B) “Haqiqatnoma”

C) “Gulshani roz” D) “Sadoqatnoma”



2. Sayyid Qosimiyning birinchi dostoni qaysi?
A) “Majma` ul-axbor” B) “Haqiqatnoma”
C) “Gulshani roz” D) “Sadoqatnoma”
3. Sayyid Qosimiyning Nizomiyning “Maxzan ul-asror” va Haydar Xorazmiyning shu nomdagi dostonlariga javob tariqasida yozilgan dostoni qaysi?
A) “Sadoqatnoma” B) “Haqiqatnoma”
C) “Gulshani roz” D) “Majma` ul- axbor”
4. Sayyid Qosimiyning qaysi asari pok, vafodor ayol timsolini madh etadi?
A) “Ilohiynoma” B) “Sadoqatnoma”
C) “Gulshani roz” D) “Majma` ul-axbor”
5. Atoyining nasab jihatidan Ahmad Yassaviyga juda yaqinligi haqida qaysi asarda yozilgan?
A) “Majolis un-nafois” B) “Nasoyim ul-muhabbat”
C) “Boburnoma” D) To`g`ri javob yoq
6. Atoyining devonida shoirning nechta g`azali jamlangan?
A) 240 B) 230 C) 250 D) 260
7. Ko`z uchidin qiyo-qiyo sheva bila boqishlaring,
Jon tamurin qiyor uchun tig`mu yo nazarmudur? Baytda qanday she`riy san`at qo`llangan?
A) Tajohil ul-orif B) Tashxis C) Talmeh D) Tashbeh
8. Navoiyga qadar XIV asr oxiri XV asr boshlarida mukammal devon tartib etgan shoir kim?
A) Gadoiy B) Sakkokiy C) Lutfiy D) Hofiz Xorazmiy
9. “Mavlono Lutfiy- o`z zamonasining malik ul- kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo`q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko`proq erdi va turkcha devoni ham mashhurdur va mutaazir ul-javob matla`lari bor”. Yuqoridagu Lutfiy haqidagi ta`rif Navoiyning qaysi asarida berilgan?
A) “Majolis un-nafois” B) “Nasoyim ul- muhabbat”
C) “Munshaot” D) To`g`ri javob yo`q
10. Lutfiyning “Oftob” radifli g`azali necha bayt?
A) 5 B) 9 C) 7 D) to`g`ri javob yo`q
11. “To`rt ulus tarixi” kimning asari?
A) M.Ulug`bek B) Amir Temur
C) Husayn Boyqaro D) Ahmad Taroziy
12. “To`rt ulus tarixi” asari necha bobdan iborat?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
13. “To`rt ulus tarixi” asarining nechinchi bobida Chig`atoy ulusining Chingizxon zamonidan Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishigacha bo`lgan voqealar hikoya qilinadi?
A) 3 B) 7 C) 4 D) 6
14. “Funun ul-balog`a” asari kimniki?
A) Shayx Ahmad Taroziy B) Yusuf Amiriy
C) Yaqiniy D) Ahmadiy
15. O`zbek tilida adabiyotshunoslikka, ya`ni poetikaga oid birinchi asar qaysi?
A) “Tarjumon ul-balog`a” B) “Hadoyiq us-sehr”
C) “Funun ul-balog`a” D) “ Al-Mu’jam”
16. “Funun ul-balog`a” asari necha qismdan iborat?
A) Muqaddima va 2 qism
B) Muqaddima va 3 qism
C) Muqaddima va 4 qism
D) Muqaddima va 5 qism
17. “Latofatnoma” kimning asari?
A) Sayyid Ahmad B) Xo`jandiy
C) Yusuf Amiriy D) Yaqiniy
18. “Latofatnoma” asari kimga bag`ishlangan?
A) Amir Temurga B) Sulton Mahmudga
C) Boysung`ur Mirzo D) Shohrux Mirzo
19. Sayfi Saroyi nechanchi asrda yashab ijod etgan?
A) XIV asrda B)XIII asrda
C) XV asrda D) XVI asrda
20. 1321-yili Qamishli qishlog`ida tug`ilib, 1396-yili Misrda vafot etgan ijodkor?
A) Fazlulloh Hamadoniy B) Sayfi Saroyi
C)Ahmad Taroziy D) Mahmud ibn Ali as-Saroyi
21. “Suhayl va Guldursun” kimning asari?
A) F.Hamadoniy B) Sayfi Saroyi
C) Ahmad Taroziy D) Mahmud ibn Ali as-Saroyi
22. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarining necha nusxasi mavjud?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
23. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq” asarining necha bobida Dod Spohsolor bekka hamdlar aytadi?
A) Ikkinchi bobida B) To`rtinchi bobida
C) Uchinchi bobida D) Beshinchi bobida
24. Lutfiyning g`azallarining soni nechta?
A) 372 B) 362 C) 352 D) 342
25. “O`q va yoy” kimning munozarasi?
A) Yaqiniy B) Ahmadiy C) Haydar Xorazmiy D) Yusuf Amiriy
26. “Sozlar munozarasi” asari muallifi?
A) Yaqiniy B) Yusuf Amiriy
C) Ahmadiy D) Haydar Xorazmiy
27. “ Chog`ir va Bang” munozarasi kimniki?
A) Haydar Xorazmiy B) Ahmadiy
C) Yusuf Amiriy D) Yaqiniy
28. Kim “Hokim oyim” madrasasida ta`lim olgan?
A) Muqimiy B) Furqat
C)Kamiy D) Is`hoqxon Ibrat
29. Muhammad Yusufga qaysi she’riy to’plami uchun Yoshlar mukofoti berilgan?
A) “Tanish teraklar” B) “Erka kiyik”
C) “Uyqudagi qiz” D) “Ko`nglimda bir yor”
30. Muhammad Yusufning dastlabki kitobi qanday nomlanadi?
A) “Ko’nglimda bir yor” B) “Tanish teraklar”
C) “Uyqudagi qiz” D) “Erka kiyik”
31. Ko’hna toshbeshikdan
Boshlangan olam,
Senga iddaolar
Qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam-
Vatan,
Kimligingni
Bilmay sevaman! Misralar muallifi kim?
A)Muhammad Yusuf B) Zulfiya C) Erkin Vohidov D) Abdulla Oripov
32. A. Qahhor O’tkir Hoshimovning qaysi qaysi asariga iliq munosabat bildirgan?
A) “Dunyoning ishlari” B) “Ikki eshik orasi”
C) “Nur borki, soya bor” D) “Cho`l havosi”
33. Qaysi qatorda O`tkir Hoshimovning qissasi berilgan?
A) “Ikki eshik orasi” B) “Nur borki, soya bor’
C) “Cho`l havosi” D) “ Muhabbat”
34. O’.Hoshimov qaysi asarida iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug` maqsadlardan marhum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy- ma`naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi?
A) “Ikki eshik orasi” B) “Nur borki, soya bor”
C) “Bahor qaytmaydi” D) “Cho`l havosi”
35. O’tkir Hoshimovning birinchi romani qaysi?
A) “Nur borki, soya bor” B) “Dunyoning ishlari”
C) “Tushda kechgan umrlar” D) “Ikki eshik orasi”
36. O’. Hoshimov qaysi qissasida hajviyot tig`ini hayotdagi martabali kishilarga, katta rahbarlarga, xususan, raislarga qaratadi?
A) “Bahor qaytmaydi” B) “Dunyoning ishlari”
C) “Nur borki, soya bor” D) “Ikki karra ikki- besh”
37. O’zbek adaabiyotidagi birinchi fantastic qissa?
A)”Zaharli g`ubor” B)”Hikmat afandining o’limi”
C)”Somon yo`li elchilari” D) “Tiriklik suvi”
38. “Tohir Malikning Mirzakalon xotirasiga bag’ishlab yozgan asari qaysi?
A)”Zaharli g`ubor” B) “Ozod inson haqida qo`shiq”
C) “Somon yo`li elchilari” D) “Hikmat afandining o`limi”
39. “Murdalar gapirmaydi”, “Yomonlikdan yiroq bo`ling, “Tilingni asra”, “Voy,onajonim” asarlari kimniki?
A) Tohir Malik B) Abdulla Oripov
C) O`tkir Hoshimov D) ERkin Vohidov
40. Tog`ay Murodning ilk asari qaysi?
A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Oydinda yurgan odamlar”
C) “Momo yer qo’shig`i” D) “Ot kishnagan oqshom”
41. Tog`ay Murod qaysi asari uchun Abdulla qodiriy nomidagi davlat mikofotiga sazovor bo`ladi?
A) “Otamdan qolgan dalalar” B) “Ot kishnagan oqshom”
C) “YUlduzlar mangu yonadi” D) “Oydinda yurgan odamlar”
42. J.Londonning “boyning qizi” va Tompsonning “Yovvoyi yo`rg’a” asarlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A) O’tkir Hoshimov B) Abdulla Oripov
C) Tog’ay Murod D) Erkin Vohidov
43. “Oq otli”, “To`lqinlar”, “O’n sakkizga kirmagan kim bor” qissalari muallifi kim?
A) O’. Hoshimov B) Erkin Vohidov
C) Shukur Xolmirzayev D) Tog`ay Murod
44. A.Oripovning birinchi to`plami qanday nomlanadi?
A) “Tuyg`ular” B) “Studentlar”
C) “Mitti yulduz” D) “Tortiq”
45. A. Oripovning “Sohibqiron” asarining janri?
A) she’riy drama B) Doston
C) qissa D) roman
46. E. Vohidov qanday oilada tug`ilgan?
A) dehqon B) novvoy C) o`qituvchi D) shifokor
47. E. Vohidovning she’ riy dramasi berilgan qatorni begilang?
A)”Oltin devor” B) “Orzu chashmasi” C) “Nido”
D) “Palatkada yozilgan doston”
48. Rauf Parfi qaysi she’riy to`plami uchun Hamid Olimjon nomidagi O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik mukofoti bilan taqdirlanadi?
A) “Tasvir” B) “Sukunat”C) Xotirot” D) “Sabr daraxti”
49. Bayron, (”Manfred”), Nozim Hikmatning 9Inson ko`rinishi”), Karlo Kaladzening (“Dengiz bo’yidagi o’ylari”) asarlarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A) E. Vohidov B) Rauf Parfi C)A.Oripov D) O’. Hoshimov
50. Men kuyinib sevaman, netay,
Men kuyininb so`zlamay, xolos. Misralar muallifi kim?
A) E.Vohidov B) A.Oripov C) Rauf parfi D) Zulfiya
51. Yaralari ochiq shoir kim?
A) Rauf Parfi B) E. Vohidov C) A.Oripov D) Zulfiya
52. O.Yoqubovning dastlabki yirik asari?
A) ”Tengdoshlar” B) “Tortiq” C) “Studentlar” d) “Tuyg`ular”
53. O. Yoqubovning romani qaysi qatorda berilgan?
A) “Ikki muhabbat” B) “Bir felyeton qissasi”
C) “Qanot juft bo`ladi” D) “Er boshiga ish tushsa”
54. O.Yoqubovning qaysi asarida shifokorlar, me’morlar, ishchilar hayoti tasviri bilan birga ijtimoiy va axloqiy muammolar o`rtaga tushgan?
A) “Ikki muhabbat” B) “Qanot juft bo’ladi”
C) “Bir felyeton qissasi” D) “Er boshiga ish tushsa”
55. O.Yoqubovning qaysi asarida 1945- yilgi yapon militiarizmiga qarshi kurash voqealari aks etgan?
A) “Izlayman” B) “Ikki muhabbat” C) “Qanot juft bo`ladi”
D) “Bir felyeton qissasi”
56. O.yoqubovning qaysi asarida ikki buyuk siymo Beruniy va Ibn Sino hayoti qalamga olinadi?
A) “Izlayman” B) “Qanot juft bo’ladi” C) “Ko`hna dunyo”
D) “Bir felyeton qissasi”
57. “Ko’hna dunyo” asarining janri?
A) roman B) qissa C) doston D) she’riy drama
58. O.Yoqubovning qaysi asarida adolatning nohaqlik, , tubanlik ustidan go’lib kelishi ko’rsatilgan?
A) “Diyonat” B) “Adolat manzili” C) “Oqqushlar, oppoq qushlar”
D) “Ko’hna dunyo”
59. O. Yoqubov qaysi asarida turg’unlik davri illatlarini ro’yi rost ko’rsatib bergan?
A) “Diyonat” B) “Izlayman” C) “Oqqushlar, oppoq qushlar”
D) “Ko’hna dunyo”
60. O.Yoqubovning qaysi asarida milli mustaqillik yo’lidagi kurash hamda adolatning g’olib va qutlug’ yo’li ulug’lanadi?
A) “Diyonat” B) “Izlayman” C) “Oqqushlar, oppoq qushlar”
D) “Adolat manzili”
61. O. Yoqubovning pyesasi qaysi qatorda berilgan?
A) “Ko’hna dunyo” B) “Izlayman” C) “Chin muhabbat” D) “Ko’hna dunyo”
62. P. Qodirov ijodining ilk debochasi?
A) “Qadrim” B) “ Tuyg’ular” C) “Studentlar” D) “Qushcha”
63. Pirimqul Qodirovning romani berilgan qatorni belgilang?
A) “Avlodlar dovoni” B) “Olov” C) “Meros” D) “Kayf”
64. P.Qodirov qaysi asari uchun 1981-yilda davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?
A) “Avlodlar dovoni” B) “Olmos kamar” C) “Qadrim” D) “Yulduzli tunlar
65. Zulfiyaning birinchi she’ri qanday nomlanadi?
A) “Salom senga” B) “Hayot varaqlari” C) “Qizlar qo’shig’I” D) “Men ish qizi”
66. “Semurg’, “Zaynab va Omon” dostonlari muallifi kim?
A) H.Olimjon B) Zulfiya C) S.Ahmad D) Saida Zunnova
67. Zulfiyaning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A) “Qizim senga” B) “Men ish qizi” C) “Qizlar qo’shig’I”
D) “Hayot varaqlari”
68. Said Ahmadning hikoyasi berilgan qatorni belgilang?
A) “Er yurak” B) “Xazina” C) “Muhabbat” D)”Er yurak”
69. Said Ahmadning birinchi hikoyalar to’plami qanday nomlanadi?
A) “Tortiq” B) “Tuyg’ular” C) “Studentlar” D) “ “Er yurak”
70. S.Ahmadning “Qadrdon, dalalar” asarining janri ?
A) roman B) doston C) hikoya D)qissa
71. Kim Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabda ta’lim oladi?
A) H.Olimjon B) S.Ahmad C) A. Oripov D) E. Vohidov
72. H. Olimjonning ilk she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A) “Tuyg’ular” B) “Ko’klam” C) “Tortiq” D) “Oygul bilan Baxtiyor”
73. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi kimniki?
A) S. Ahmad B)H. Olimjon C) E.Vohidov D) M. Shayxzoda
74. “O’zbek she’riyatining bobo dehqoni” Kim?
A) H.Olimjon B) Rauf Parfi C) Mirtemir D) Sh. Xolmirzayev
75. “Alpomish” nomidagi maktabda kim tahsil oladi?
A) H. Olimjon B) Rauf Parfi C) Mirtemir D) Sh. Xolmirzayev
76. Mirtemirning birinchi she’ri?
A) “Tuyg’ular” B) “Tortiq” C) “Studentlar” D) “Tanburim tovushi”
77. Mirtemirning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A) “Tanburim tovushi” B) “Shu’lalar qo’ynida” C) “Tortiq” D) “Tuyg’ular”
78. Mirtemir qaysi asarida inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab beradi?
A) “Suv qizi” B) “Surat” C) “Izlayman” D) “Zafar”
79. “To’y”, “Ikki vaysaqi” balladalari kimniki?
A) G’.G’ulom B) A.Qahhor C) S.Ahmad D) H.Olimjon
80. Oybekning birinchi she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A) “Tortiq” B) “Dinamo” C) “Zafar” B) “Tuyg’ular”
81. “Dilbar-davr qizi” asarining janri?
A) doston B) roman C) qissa D) hikoya
82. Oybekning qaysi asarida IKkinchi jahon urushu voqealari aks etgan?
A) “Dilbar-davr qizi” B) “Ulug’ yo’l”
C) “Oltin vodiydan shabadalar” D) “Quyosh qoraymas”
83. Yor ketdi, ko’zim buloog’I qoldi,
Siynamda tirik firog’I qoldi
Ishq xotirasi kabi sochimning
Yoshlikda ko’paygan oqi qoldi. Misralar muallifi kim?
A) S.Ahmad B) A.Oripov C) Oybek D) Mirtemir
84. “Baxtsiz kuyov”, “Hech kim bilmasin” kabi sahna asarlari muallifi kim?
A) S.Ahmad B)M.Shayxzoda C) A.Qodiriy D) Mirtemir
85. A.Qodiriyning “Padarkush” asari ta’sirida yozilgan asari?
A) “Juvonboz” B) “Millatimga” C) “To’y” D) “Baxtsiz kuyov”
86. “Nihon” taxallusi bilan she’rlar yoza boshlagan ijodkor?
A) A. Qodiriy B) Niyoziy C) Fitrat D) Muqimiy
87. “zaharli hayot” dramasining muallifi?
A) A.Qodiriy B) Fitrat C) Muqimiy D) Niyoziy
88. Hamza qaysi asari bilan o’zbek adabiyotida komediya janriga asos soldi?
A) “Istibdod qurbonlari” B) “Zaharli hayot”
C) “Milliy ashulalar to’plami” D) “Maysaraning ishi”
89. Kim Mirarab madrasasida ta’lim oladi?
A) Fitrat B) Niyoziy C) A. Qodiriy D) Muqimiy
90. Kim o’z she’rlarini “Shavkat” taxallusi bilan yozadi?
A) Kamiy B) Sidqiy C) So’fizoda D)A.Avloniy
91. Kim “Jamiyati xayriya” ochib yetim bolalarni o’qitadi?
A) A.Qodiriy B)Niyoziy C) Kamiy D) A.Avloniy
92. “Advokatlik osonmi”, “Pinak” komediyalari muallifi kim?
A) A.Qodiriy B) Niyoziy C) A.Avloniy D) Kamiy
93. A.Avloniy qaysi asarida bir qator ko’knori va qimorbozlar obrazini yaratib, ma’naviy turmushning tuban bir holga kelib qolganligini ko`rsatadi?
A) “Pinak” B) “Portugaliya inqilobi”
C) “Advokatlik osonmi” D) “Biz va siz”
94. Haqorat qilingan kishilar qolib,
Topib boy so’zi munda zo’r e’tibor,
Qachon kambag’alning so’zi o’tar?
Agar bo’lsa aqchang- so’zing zulfi qor. Misralar muallifi kim?
A) Kamiy B) Sidqiy C) Muqimiy D) So’fizoda
95. Kim mustamlaka tuzum ustidan “Dunyo qurilg’on dor ekan!” deya hukm chiqaradi?
A) Muqimiy B) Sidqiy C) So’fiozda D) Kamiy
96. Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa imloyu savodim. Misralar muallifi kim?
A) Furqat B) Sidqiy C) Muqimiy D) So’fizoda
97. “Mezon ul-avzon” kimning asari?
A) Kamiy B) Sidqiy C) Is’hoqxon Ibrat D) Muqimiy
A) “Lug’ati sitta al-sina” B) “Mezon ul-zamon”
C) “Jome us-xutut” D) Tarixi Farg’ona
99. Kim o’zbek dramachiligini boshlab bergan?
A) Ibrat B) Kamiy C) Sidqiy D) Behbudiy
100. Hamza necha yoshida devon tuzgan?
A)25 B) 20 C) 28 D) 26

. Hamza necha yoshida devon tuzgan?


98. Ibratning teran fikrli moziyshunos salohiyatini namoyon etadigan asari?

Test javoblari


1. C 21.B 41.A 61.C 81.A
2.A 22.A 42.C 62.C 82.D
3.D 23.C 43.C 63.A 83.C
4.A 24. A 44.D 64.D 84.C
5.B 25. A 45.A 65.C 85.D
6.D 26.C 46.B 66.C 86.B
7.A 27.C 47.A 67.D 87.D
8. A 28. A 48.D 68.B 88.C
9. A 29. C 49.B 69.A 89.A
10.B 30. B 50.C 70.D 90.B
11.A 31. A 51. A 71.A 91.D
12.C 32.D 52.A 72.B 92.C
13.A 33. C 53.D 73.D 93. B
14.A 34. C 54.B 74.C 94.C
15.C 35.A 55.A 75.C 95.A
16.D 36.D 56.C 76.D 96.A
17.B 37.B 57.A 77.B 97.C
18.B 38.B 58.A 78.B 98.D
19.A 39.A 59.B 79.A 99.D
20.B 40.D 60.D 80.D 100.A
Download 35.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling