A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
Mavzuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»da o‘rta mahsus kasb-
hunar ta’limiga qo‘yilgan talablar, kasb-hunar 
kollejlarida mutaxassislar tayyorlash mazmuniga 
oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish

 oid nazariy jihatdan o’rganish 
 


26 
yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga 
oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga 
zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab 
beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari:
Kasb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, 
O`zbekistonda esa, 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. 
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar 
uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunini aniqlash)? 
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini 
aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini 
kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun 
chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, 
o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak 
o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. 
Zamonaviy ta`limda bu, eng avvalo, talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, 
aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Kasbiy ta`lim 
Ishlab 
chiqarish
SHaxs
Uzluksiz
ta`lim
Davlat
va 
jamiyat
Fan


27 
metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu 
fanlarning 
metodologiyalariga 
asoslanadi va 
ta`lim-tarbiyaning 
umumiy 
tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika 
tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi 
fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita 
foydalanadi.
 
Ma`lumki, metodika bu - metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir 
harakatni amalga oshirishdir. 
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar 
tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib 
chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: 
- o`quvchilarda kompyuter savodxonligini rivojlantirish;
- o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari 
haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini 
ta`minlash;
- o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot 
jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion 
texnologiyalarning rolini ochib berish;
- hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini 
shakllantirish.
YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida 
hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq 
holda amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari 
asoslarini mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va 
kasbiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.
O`quvchilarni 
to`g`ri 
va 
chuqur 
xulosalar 
chiqarishga, 
mantiqiy 
mushohadalar qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va 
ijodiy yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata 
olishlariga imkon beradi. 


28 
Hozirgi paytda oliy ta'lim muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus 
fanlar o`qitish metodikasi, o`qitish jarayonida pedagogik va axborot 
texnologiyalarini qo`llash, o`quv uslubiy ta'minot muammolariga qaratilgan bir 
necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar 
kollejlari tizimini takomillashtirish hamda ularning o`quv tarbiya jarayoniga 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarni 
tadbiq 
etish 
maqsadida 
xorijiy 
mamlakatlarning etuk mutaxasislari va malakali pedagoglari ishtirokida 
seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar o`tkazildmoqda
.
Kasbiy ta`lim metodikasi bir necha bo`limlarga bo`linib, bu bo`limlarda 
muxim masalalarini, ya'ni kasb-hunar ta'limi yo`nalishlari, mexnat pedagogikasi, 
kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. Shuningdek ularda, kasb–
hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar ta'limi
nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o`rganiladi. Har bir o`quv fani o`qitish 
sohasi, o`rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tahshkiliy ko`rinishi 
haqidagi fan ma'lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling