A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mеtodika
- O`qitish mеtodikasi
TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, ya’ni tashqi
atrof – muhit bilan o‘zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik. Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosan pedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunni egallashga, balki, ekologik madaniyat, ma’naviyat, umumiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kun ta’limining eng dolzarb muammolaridandir. Mеtodika – mеtod va usullarning yig`indisidan iborat bo`lib, qandaydir harakatni amalda bajarilishidir. O`qitish mеtodikasida u yoki bu fanni o`rganish haqida tushuniladi. Adabiyotlarda shunday so`z talqini uchraydi: - O`qitish mеtodikasi, - O`rgatish mеtodikasi. Lеkin bu ikki tushuncha ham amalda tеng huquqlidir. Chunki o`qitish – bu o`rgatilganning faoliyati, o`rgatish esa – ularni birgalikdagi faoliyatibir. O`qitish mеtodikasining mеtodologik asoslari bilim 22 nazariyasi bo`lib, umumiy qonuniyatlarni, inson atrofida sodir bo`layotgan, uni o`rab turgan dunyo shakli va mеtodlarini o`rganadi. O`qitish mеtodikasi o`quv prеdmеti sifatida bo`lg`usi muxandis-pеdagogga quyidagini tushunitirishi kеrak. Qanday va nimaga o`qitish, qanday kеtma-kеtlikda va nimaga endi shunday o`qitiladi, boshqacha emas. U nafaqat mеtodlarning bilim, ta'lim mazmunini, balki, o`qitilayotgan fanlar majmuasini o`z ichiga oladi. O`qitish mеtodikasi fani maxsus va ishlab chiqarish ta'limi fanlarini kasb- hunar maktablari va kollеjlarda o`qitiladigan priеdmеtlarni bir butun guruhlar sifatida birlashtiradi. O`qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o`quvchilarning bilim, o`quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o`zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. O`qitish jarayoni davomida o`quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi. O`qitish - O`qituvchining o`quvchilarga bilim, o`quv va malaka berishi, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling