A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Fanning asosiy mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur fan mutaxassislik
- Talaba ozining
1.2. Fanning asosiy mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Tayanch so‘z va iboralar: Ta`lim, ta’lim faoliyati, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim mohiyati, kasb ta’limi texnologiyasi, didaktika, metodika, o‘qitish metodikasi, metod, metodologiya, ta’limiy kenglik, mahorat, baxolash, kasb. Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o'sib kelayotgan yosh avlodda intellektual qobiliyatlar va kasbiy bilimlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Bunday kelib chikkan holda kasbiy ta`lim metodikasi fani bo'lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta'lim berish metodikasi, oliy ta'lim tizimida o'qitish shakllari hamda o'qitishning ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalariga oid bilim va ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. 18 Kasbiy ta'lim metodikasi fani "Pedagogika" fanining tarmog'i sifatida mazmuni quyidagicha amalga oshiriladi: • kasbiy ta'lim vazifalarini asoslash, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish; • o`quv materiali mazmunini asoslash; • oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish; • bo'lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash. Mazkur fan mutaxassislik fanlarini o'qitish metodlariga bag'ishlangan bo'lib, u talabalarga tanlangan soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid chuqur nazariy bilimlar berishga yo'naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning mazmunida o'qitish usullariga oid umumiy ma'lumotlar, ta'lim jarayonining tashkiliy-pedagogik sharoitlariga ham e'tibor qaratilgan. Talaba o'zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni boshqarishga oid bilim va ko'nikmalarni to'laqonli o'zlashtirgan bo'lishi bilan birga ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish kobiliyatlariga ham ega bo'lishi lozim. Talaba ilmiy-pedagogik yo'nalishda ish olib borishi uchun pedagogika- psixologiya fanlarini va mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasini bilishi zarur. Talaba ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini, o'qituvchi kasbiga oid pedagogik va kommunikativ kobiliyatlarni, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratni, ishchi o'quv dasturi va o'quv rejalari tuzishni, fan bo'yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimini bilishi lozim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling