8
MODUL I. KASBIY TA`LIM METODIKASI FANINING TARIXI,
MAZMUNI, PREDMETI, METODI VA FAOLIYAT MAZMUNI.
MODULNING UMUMIY MAQSADI:
kasbiy ta`lim
metodikasi fanining
tarkibiy
tuzilishi, asosiy tarmoqlari, maqsad va vazifalariga
oid nazariy bilim
berish, boshqa fanlar bilan aloqadorligi va fanga oid dastlabki ko‘nikmalarni
shakllantirish, talabalarga «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»da o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limiga qo‘yilgan talablar haqida fikr
yuritish, kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar
tayyorlash mazmuni, kasb ta’limi
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim tizimining uzviyligi va o‘zaro bog‘liqligi, o‘quv
moddiy bazasining tashkil etilishi (o‘quv materiallari va moslamalar bilan
ta’minlanishi) va boshqa fanlarga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish
.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
-
ta’limiy maqsad
: talabalarga kasbiy ta`lim
metodikasi fani va uning
nazariy asoslariga oid
bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‘zlashtirishi orqali
kasbiy kompetentligini oshirish;
-
tarbiyaviy maqsad
: talabalarda fanning o‘ziga xos xususiyatlari haqida
dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga
qiziqishlarini orttirish, kasbiy
mahoratni shakllantirish;
-
rivojlantiruvchi maqsad
: talabalarning kasbiy yetuklik darajasini, kasbiy
dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
MAVZU 1. “KASBIY TA`LIM METODIKASI” FANINING MAZMUNI,
PREDMETI VA METODI.
O’quv maqsadi
Fanning tarihi, predmeti, maqsad va vazifalari
to’g’risida nazariy bilimlar berish, asosiy mazmuni,
boshqa fanlar bilan aloqadorligiga oid mavzuni
nazariy jihatdan o’rganish