A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


KIRISH  Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Sh.M. Mirziyoyev


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

KIRISH 
Yoshlar bugungi va ertangi
kunimizning hal qiluvchi kuchidir.
Sh.M. Mirziyoyev 
O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlaninshning o`ziga xos yo`lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va 
mazmunini qayta tashkil etishni dolzarb vazifa qilib qo`ydi. Bugungi kunda ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion 
loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy 
sheriklarni jalb etish, “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining muhim 
vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat 
jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi. 
Hukumatimiz tomonidan tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori sifatli, 
zamonaviy va raqobatbardosh yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga 
yo‘naltirilgan ta’lim yo‘nalishlarini takomillashtirish, shuningdek, sanoatning 
ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu 
asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish 
maqsadida tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, 
yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab 
chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan vazifalar belgilandi. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar 
faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinib, zamonaviy texnologiya asosida barpo etish, 
mazkur korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, oliy ta’lim tizimi 
bitiruvchilarini doimiy ish o‘rni bilan ta’minlashga e’tibor qaratildi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va ehtiyojlar monitoringi yengil sanoat 
korxonalarida zamon talablariga mos keladigan, malakali mutaxassislarga bo‘lgan 
talabning oshayotganligini ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida yengil sanoat sohasi 



bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida kafedra tegishli ta’lim 
yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining DTS, malaka talablari, o‘quv 
rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan to‘liq 
ta’minlangan, ularda kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab 
chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi inobatga olingan.
Bu jarayon ta’lim muassasalarida tegishli yo`nalishdagi mutaxassislik 
fanlarini o`qitish va ishlab chiqarish ta`limi (mutaxassislik fanlari bo`yicha 
laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, mashinalarni boshqarishga o`rgatish, o`quv 
va ishlab chiqarish amaliyoti)ni yuqori metodik saviyada o`tish orqali amalga 
oshiriladi. Mashg`ulotlarning qayd etilgan tashkiliy shakllari talabalarni tanlagan 
mutaxassisliklari bo`yicha amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan kasbiy ta`lim natijasida nazariy 
bilim, ko`nikma va malakalar tizimi shakllantiriladi, ishlab chiqarish ta`limi 
jarayonida esa, talabalar asosan, amaliy kasbiy ko`nikma va malakalarni 
egallaydilar. Bu ikkala mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan kasb va 
malakaga ega bo`lgan mutaxassisni tayyorlash ta`minlanadi. 
Zamonaviy mutaxassis o`z kasbiy faoliyati sohasidagi yangiliklarni egallab 
borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo`nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni 
yechish yo`llarini ko`ra bilishi lozim. Bunday talablar darajasidagi mutaxassisni 
tarbiyalash uchun ta’lim muassasalarida kasbiy ta`lim metodikasini amalga 
oshirishning samarali shakllari, faol metodlari hamda zamonaviy vositalari 
majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy-metodik jihatdan asoslash lozim bo`ladi. 
Ta’lim muassasalarida malakali mutaxassis tayyorlash ishlari quyidagi 
talablarga javob berishi lozim: 
- mutaxassislik bo`yicha davlat ta`lim standartida belgilangan bilim, ko`nikma 
va malakalarni shakllantirishga qaratilganligi; 
- ta`lim mazmunida ko`zlangan ta`lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos 
kelishi; 



- malakali mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari 
(nazariy mashg`ulotlar, laboratoriya-amaliy mashg`ulotlar, ishlab chiqarish 
amaliyoti) o`zaro bog`liq holda uzviy tashkillashtirilishi; 
- kasbiy ta`lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti 
darajasi talablariga javob berishi. 
Bu talablarni bajarishda kasbiy ta`lim metodikasining o`rni beqiyosdir. 
Chunki, kasbiy ta`lim metodikasining asosiy vazifasi - bo`lajak malakali 
mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida amaliy faoliyat ko`rsatishga 
tayyorlashdan iborat. U esa, o`z navbatida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq 
etishga o`rgatish, zarur bo`lgan kasbiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, o`z 
mutaxassisliklari uchun xos bo`lgan ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish
tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat ko`rsatishga o`rgatishdan 
iborat. 
Kasbiy ta`lim metodikasi deganda birorta kasb, yoki mutaxassislik bo`yicha 
nazariy va amaliy o`qitish tushuniladi. Lekin, hozirgi kunda bu atama bir 
tomonlama bo`lib, ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiyaning 
nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. 
Kasbiy ta`lim metodikasini o`qitish jarayonida mutaxassisliklar bo`yicha 
kasbiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun ma`lum texnologik, tashkiliy-
iqtisodiy, nazariy, texnikaviy bilimlar beriladi. U o`z mohiyatiga ko`ra nazariy 
ta`lim va amaliy mehnat jarayonlarining sintezidir. Bu holat unga har tomonlama 
majmuaviy yondoshuvni talab etadi. 
Har qanday ta`lim jarayoni o`zaro bir-birini taqozo etuvchi o`qitish – o`qish 
faoliyatini ko`zda tutadi. Bunda, maxsus ixtisoslik fanlari bo`yicha mashg`ulotlarni 
tashkil qilishda talaba faoliyati ikki tomonlama harakterga ega, ya`ni nazariy 
bilimlarni o`zlashtirish hamda ularni qo`llashning amaliy ko`nikma hamda 
malakalarini o`zlashtirish. Ular ta`lim jarayonida birlashadi va bir butun pedagogik 
jarayonni tashkil etadi. Ushbu xususiyat ta`lim berish jarayoni va metodlariga ham 
taaluqlidir.



Ta’lim muassasalarida o`qitish jarayoni mustaqil va o`zaro bog`langan 
nazariy va amaliy qismlarga bo`linadi. Amaliy mashg`ulotni yuqori metodik 
saviyada o`tish uchun maxsus fanlarning nazariy qismi talab darajasida o`qitilishi 
lozim. Ma`lum sohada mutaxassis tayyorlashda talabalarning ishlab chiqarish 
mehnatiga oid nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish 
muhim masalalardan biridir.
Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tish sharoitida tobora keng 
ko`lam olayotgan yangi texnika va ilg`or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy 
etish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bundan kelib chiqqan holda bo`lajak kasb 
ta`limi o`qituvchilari uchun zamonaviy talablar darajasiga o`quv-uslubiy 
qo`llanmalar 
yaratish 
talabalarning 
kasbiy 
ko`nikma 
va 
malakalarini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur darslikda ham bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarining ishlab 
chiqarish ta`limi metodikasi borasidagi nazariy bilimlarini puxta egallashlariga 
ko`maklashish, amaliy bilim va ko`nikmalarini rivojlantirishga puxta zamin 
tayyorlashga qaratilgan. 
Shuningdek, darslik oliy ta`lim muassasalari talabalari va professor– 
o`qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, soha tadqiqotchilari, 
doktorantlar uchun qiziqarli manba bo`lib qoladi deb ishonamiz. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling