Kirish Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad


Download 19.48 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi19.48 Kb.
#152774
Bog'liq
Kirish Maruza 1


Kirish

Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarni tanlagan ixtisosliklari, hamda kelgusida ular ishlaydigan tarmoqning kelajagi bilan tanishtirishdir. Undan tashqari fanning maqsadi talabalarni institut sharoitlariga hamda institutni faol hayotiga tezroq o‘tishiga ko‘maklashishdir.

Fanning vazifasi- talabalarda kelajakda egallaydigan ixtisosligiga qiziqish uyg‘otish va ularni institutda yaxshi o‘qishga yo‘naltirish. Fanning asosiy maqsadlaridan biri- talabalarga oliy texnik ta’limni asosiy vazifasi va maqsadini, mutahassislarni tarmoqda tutgan o‘rnini tushuntirishdir.
Mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari takomillashtirilib, tuzilmasi yangilanmoqda. Rahbarlarga zamon talablariga mos faoliyatni yo‘lga qo‘yish, investitsiyalar jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, eksport hajmini oshirish va jug‘rofiyasini kengaytirish vazifalari yuklanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati ham qayta tashkil etilib, yangi tuzilmasi tasdiqlandi va rahbariyati yangilandi. Uzum plantatsiyalarini ko‘paytirish va vinochilikni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.

Lekin mavjud holat raqamlar bilan tahlil qilinganda, tarmoqda o‘sish deyarli kuzatilmayotgani ayon bo‘ladi. Masalan, tarmoqdagi 62 ishlab chiqaruvchi subyekt 2018 yil birinchi yarmida 951 milliard so‘mlik vino va alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan. Bu ko‘rsatkich mamlakat sanoatining atigi 1 foizini tashkil etadi. Yurtimizda sanoat 11 foizga o‘sgan bo‘lsa, mazkur tarmoqda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,9 foizdan iborat.

Aroq, vino, spirt, shampan vinosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi tushib ketgan. Joriy yilning birinchi yarmiga oid ko‘rsatkichlar 2017 yilning shu davriga nisbatan solishtirganda ham ancha kam. Oqibatda mahsulot ishlab chiqarish prognozlari bajarilmagan. Bu muammoni bartaraf etish uchun tarmoq rahbarlari quvvatdan foydalanish darajasini keskin tushirib yuborgan zavodlarni alohida o‘rganib, tegishli choralar ko‘rishi kerak. Ilgari tarmoq zavodlari o‘z quvvatining asosiy qismini yashirin ishlab chiqarishga yo‘naltirgan holatlar ham bo‘lgan. “Ikkinchi liniya” deb atalgan bu illatning yana yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Ishlab chiqarishda mahsulotlar turlari miqdorining mutanosibligiga e’tibor berilmayapti. So‘nggi 10 yilda ishlab chiqarilayotgan uzum vinosi aroq va likyorga nisbatan 2,5-3 barobar kamayib ketgan. Chunki birlamchi vino ishlab chiqarish korxonalari 200 ming tonna uzumni qayta ishlab, 14 million dekalitr vinomaterial tayyorlash quvvatiga ega bo‘lsa-da, xomashyo kamligi sababli bu quvvatlarning atigi 15 foizidan foydalanilmoqda. Vinomaterial tayyorlovchi korxonalarning faqat 25 foizi modernizatsiya qilingan bo‘lib, qolganlarida hamon o‘tgan asrning 90-yillarida o‘rnatilgan uskunalar ishlatilmoqda. Shu bois qariyb 4 million dekalitr tayyor qadoqlangan vino mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 25 korxona 57 foiz quvvat bilan ishlamoqda.

Buning asosiy sababi vinobop tokzorlar maydoni va hosildorligi keskin kamayib ketganidadir. Mamlakatimizda 73 ming gektar tokzor mavjud. Uning 10 ming gektarida vinobop uzum yetishtiriladi. Shundan “O‘zsharobsanoat” korxonalariga tegishli tokzorlar 4,3 ming gektarni tashkil etadi. Bu miqdor bilan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qoplab bo‘lmaydi. Shu bois joriy yil fevral oyida “O‘zsharobsanoat” korxonalariga 2021 yilgacha vinobop tokzorlarni 10 ming gektarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan edi.

Hosil, ya’ni xomashyo kamligiga “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi agrofirmalarning sustkashligi va loqaydligi ham sabab bo‘lmoqda. 21 agrofirmaga qarashli yer maydonlarining faqat 1,1 ming gektari tokzor bo‘lib, qolgan 1,3 ming gektari umuman o‘zlashtirilmagan. Bu firmalar 2017-yilni 3 milliard so‘m zarar bilan yakunlagan.

Shularni hisobga olib, mutasaddilarga uzumchilikni va uzumni qayta ishlashni keskin rivojlantirish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlar tashkil etish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.

Dasturni tayyorlashda vinobop tokzorlar va zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish uchun vinochilik korxonalariga 10 ming emas, 20 ming gektar yer maydoni ajratib berish choralarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, aroq zavodlariga litsenziya berish shartlari qatoriga vinobop tokzorlar barpo etish va tayyor vino mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish talabini kiritish, “O‘zsharobsanoat” tizimidagi agrofirmalar faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, o‘zlashtirilmagan yoki samarali foydalanilmayotgan yer maydonlarini vinobop tokzorlar tashkil etish uchun klaster usulida xususiy mulkdorlarga berish yuzasidan manzilli choralar ishlab chiqish zarur.

Yangi tashkil etiladigan tokzorlar hosilga kirishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Uni bekor o‘tkazmasdan turli mevalardan vino, sirka va sidr tayyorlashni yo‘lga qo‘yish darkor. Shunda mamlakatimizda mevaning bir qismi qayta ishlanmasdan nest-nobud bo‘lishining ham oldi olinadi. “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati xorijiy tajriba va ichki imkoniyatlarni o‘rganib, yangi tayyorlanadigan dasturga mevalardan vino va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy yilning o‘zida tashkil etish va keyingi yillarda kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qo‘shishi lozim.

Yangi dasturga tarmoq eksportini keskin oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ham kiritish kerakligi qayd etildi. Negaki, mamlakatimizning aroq-likyor mahsulotlariga xorijda talab katta emas, tarmoq eksportining asosiy qismini vinomateriallar tashkil etadi. Birinchi yarim yillikda esa eksport hajmi atigi 9,6 million dollarni yoki rejaning 85 foizini tashkil qilgan.

Ma’lumki, O‘zbekistonda jahon talablari darajasidagi vino ishlab chiqarish imkonini beradigan Pino nuar, Shardone, Sovinon-blan kabi uzum navlari yetishtirilmaydi. O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi ularning ko‘chatlarini import qilishni taqiqlagan. Chunki bu fillaksera, ya’ni tok ko‘chatlarini quritib yuboradigan zararkunanda hasharot tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun mazkur navlar ko‘chatini emas, qalamchasini keltirib, qat’iy karantin sharoitida ko‘chatxonada o‘stirib, ko‘paytirish kerak. Shundan kelib chiqib, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga vinochilik rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, sertifikatlangan uzum navlari qalamchalarini olib kelish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

Yig‘ilishda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish ishlari ham talab darajasida emasligi qayd etildi. “O‘zsharobsanoat” tizimidagi aksariyat korxonalarda uskunalar eskirganiga, vinochilik va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish investitsiya kiritish uchun eng qulay tarmoqlardan biri ekaniga qaramay, ayni paytda o‘zlashtirilayotgan investitsiyalarning atigi 0,5 foizi shu sohaga to‘g‘ri keladi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 2 marta ko‘p – umumiy qiymati 59 million dollarlik 31 tarmoq loyihasi amalga oshirilayapti, lekin ularning qariyb yarmi yil yakuniga qadar ishga tushishi dargumon.

Shuningdek, sustkashlik va loqaydlik tufayli tarmoq korxonalari tomonidan sohaga oid bo‘lmagan yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan 101 million dollarlik 21 loyihaga umuman xorijiy investitsiya jalb qilinmagan. Ularning 15 tasi bu yil foydalanishga topshirilmasdan qolishi mumkin.

Mutasaddilar shularni hisobga olgan holda, ikki oy muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokida vinochilikni rivojlantirish va aroq-likyor mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha kamida 300 million dollarlik loyihalar ro‘yxatini shakllantirib, 2019-2022yillarga oid investitsiya dasturlari doirasida ularning amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashi zarur.

Yana bir muhim masala alkogol mahsulotlarini yashirin ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish bilan bog‘liq. Buning uchun axborot texnologiyalarini keng joriy etish lozim. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatiga 2019-yil 1-iyungacha “ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi” zanjiri bo‘yicha alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish imkonini beradigan elektron tizimni ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi.

Tarmoq rahbarlarining alkogol mahsulotlarini sotish monopoliyasini bosqichma-bosqich tugatib, ularni xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi muhokama qilinar ekan, bunda turli qing‘irliklar kelib chiqishi, xususan, “ikkinchi liniya” paydo bo‘lishi, foydani yashirishning yangi sxemalari yuzaga kelishining oldini olish masalasini, bu taklif alkogol mahsulotlari savdosidan davlat byudjetiga tushadigan aksiz va qo‘shimcha qiymat solig‘i hajmlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini, umuman, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarning hisob-kitobi qay tarzda tartibga solinishini chuqur o‘rganish zarurligi ta’kidlandi. Bu xususda Bosh prokuratura va Davlat soliq qo‘mitasi tegishli xulosa berishi kerak.

Yig‘ilishda mamlakatimiz hududiga alkogol va etil spirti mahsulotlari noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishining oldini olish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Davlat bojxona qo‘mitasi huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga bu muammoni bartaraf etish yuzasidan tezkor tadbirlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Uzum sharobi - yangi yoki qurigan (40% dan ko'p bo'lmagan shakar) uzumning sharbatini yoki pulpasini spirtli fermentatsiyalash yo'li bilan olingan mahsulot. Barcha uzum vinolari navga bo'linadi, bitta uzum navidan ishlab chiqariladi va aralashtiriladi, navlar aralashmasidan tayyorlanadi.

36 gektar maydonda Malbec, Syrah, Tempranillo, Merlot va Cabernet Sauvignon uzumzorlari mavjud. Xarakterli, xushbo'y va xushbo'y hidli sharoblar. Sangriya so'zi turli xil ma'no yoki ma'nolarga ega. Ikkinchisi oenologik amaliyotga nisbatan muhim ahamiyatga ega. Qanday qilib?



Qizil vinolarni ishlab chiqishda "makeratsiya" deb nomlangan jarayon amalga oshiriladi. Ushbu atama uzumning qattiq qismlari bilan somon yoki sharbat o'rtasidagi uzoq muddatli aloqani anglatadi. Uzumning terilari va urug'laridagi turli xil moddalarning, spirtli fermentatsiyadan keyin sharobga aylanadigan zarurat darajasiga ko'chishiga erishildi. Viniflash uchun ishlatiladigan uzumlarda fenolik birikmalar: antosiyaninlar, flavonollar, flavanollar va taninlar terida va uzum urug'larida joylashgan. Faqatgina terida mavjud bo'lgan moddalar, masalan antosiyaninlar, atrofdagi suyuqlikka tez tarqaladi, ammo urug'lar tarkibidagi taninlar kabi birikmalar urug'lar egallagan mumsimon qoplamadan o'tishi kerak va shundan keyingina kerak bo'lganda eriydi. ularning tarkibidagi sharbat tarkibida olingan xamirturush tomonidan ishlab chiqarilgan etil spirtining mavjudligi fermentatsiyani davom ettirish uchun zarurdir.

Sharobning afzalliklari qadim zamonlardan beri ma'lum bo'lgan. Misr davlatining shifokorlari, Fors shifokorlari, qadimgi Yunoniston va Rim davlati sharobni davo deb bilgan. Dastlabki o'rta asrlarda, sharobni davolash Lotin madaniyati bilan bir qatorda G'arbiy Evropa mamlakatlariga kirib bordi.
Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling