Sana: Sinf : 8 b mavzu
Download 44.23 Kb.
|
10 Izotoplar. Izobarlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- III. YANGI MAVZU BAYONI
- IV. Mustahkamlash : V. Baholash: VI. Uyga vazifa
Sana: Sinf : 8 B Mavzu: Izotoplar. Izobarlar. Darsning maqsadi : a)ta’limiy: O‘quvchilarga yadro zaryadi bir xil, massalari turlicha bo‘lgan atomlar ya’ni izotoplar haqida ilmiy tushunchalar berish bilan o‘quvchilarda ko‘zga ko‘rinmaydigan mikro olam to‘g‘risidagi bilim- larini kengaytirish. b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish. s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish. g) DTS – talablari. Dars turi: Yangi bilim berish Dars uslubi: Ananaviy Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter. Darsning borishi : Tashkiliy qism Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari. II. Otgan mavzuni so’rash: Tartib raqami 35 bo‘lgan brom (Br) ning atom massasi 80. Atom yadrosida neytronlar soni nechta? Geliy va radon elementlari yadrosidagi protonlar va neytronlar sonini hisoblang. Magniy, kremniy va rux elementlarining qaysi birining yadrosida neytronlar soni protonlardan ko‘p? 1955 yilda amerikalik olim G.Siborg 101-tartib raqamidagi ele- mentni kashf qildi va bu atom massasi 258 ga teng elementga Mendeleyeviy deb nom qo‘ydi. Mendeleyeviy yadrosidagi proton- lar va neytronlar sonini hisoblang. III. YANGI MAVZU BAYONI Rejaning 1, 2, va 3- bo‘limlaridagi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar oldingi darslarda o‘rgangan, shuning uchun bu bo‘limlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazib, yangi darsning asosiy tushunchalarini o‘rganishga tayyorgarlik ko‘radilar. So‘ngra o‘quvchilarga «Nima uchun kimyoviy elementlarning nis- biy atom massalari kasr sonda?» degan savol bilan murojaat qilinadi. Bu savolga javobni dars davomida bilib oladilar. Xlorning atom massasi – 35,453, kislorodning atom massasi – 15,9994, vodorodning atom massasi – 1,00787 va hokazo. Tabiatda massasi 35,453 ga teng bo‘lgan xlor atomlari uchramaydi. Tabiatda xlorning atom massasi 35 va 37 bo‘lgan ikki turdagi atomlari mavjud bo‘lib, tabiiy xlor ana shu atomlar aralashmasidan iborat. Tabiiy kislorodning nisbiy atom massalari 16, 17 va 18 bo‘lgan atom turlari ning aralashmasidan iborat bo‘lib, unda atomlar son nisbatlari quyi dagicha: Kimyoviy element — bu yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turi bo‘lib, uning yadrodagi neytronlar soni har-xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham atomning zaryadi bir xil bo‘lsada, massasi turlicha bo‘ladi. Yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar kimyoviy elementlar deyi- ladi. Kimyoviy elementning yadro zaryadi bir xil bo‘lsada, atom mas- salari turlicha bo‘lishi mumkin. Yadrosida protonlar soni bir xil, ammo atom massalari bilan farq- lanuvchi atom turlari izotoplar deyiladi. IV. Mustahkamlash: V. Baholash: VI. Uyga vazifa: 2-5 topshoriqlar. Download 44.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling