1-Mavzu: Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o’rni Mavzu rejasi
Download 15.74 Kb.
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning borishi: 1-topshiriq. «Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur» mavzusida erkin yozish topshirig‘i.
- 2-topshiriq.Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o‘zlashtirishga doir muqobilini tanlab olish testi.
- 3-topshiriq. Mavzuga oid 10 ta test tuzing. NAZORAT SAVOLLARI
- Foydalanilgan adabiyotlar
1-Mavzu: Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o’rni Mavzu rejasi: 1.Pеdagogika - ijtimoiy fan sifatida. 2.Pеdagogika fanining tuzilishi. Pеdagogik jarayon. 3.Pеdagogikaning mеtodologik muammolari.Pеdagogikaning mеtodologik asoslari. Pеdagogning mеtodologik madaniyati. 4.Pеdagogik tadqiqot mеtodlarining o‘ziga xosligi. Pеdagogika fanining ilmiy-tadqiqot mеtodlari va ularningtavsifi. Mashg’ulotning borishi: 1-topshiriq. «Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?» mavzusida erkin yozish topshirig‘i. Topshiriq: «Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringazni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting. Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma: 1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi. 2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi. 3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi. 2-topshiriq.Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o‘zlashtirishga doir muqobilini tanlab olish testi. 1.Tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. 2.Muayyan aniq maqsad hamda ijti-moiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. 3.Ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. 4.Hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus tarbiyaviy xatti-harakatlar ta’sirida inson rivojlanishining muhim shakli. 5.Tarbiyalanuvchining psixikasi va jismoniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va qonuniy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi. A)ma’lumot V)ta’lim S) rivojlanish D) ma’lumot S) shakllanish 3-topshiriq. Mavzuga oid 10 ta test tuzing. NAZORAT SAVOLLARI: Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi? Pedagogika fani nimani o‘rganadi? Pedagogika fanining obyekti nima? Pedagogika fanining obyektini belgalashda xilma-xil yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday? Pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi? Pedagogikaning tahliliy funksiyasi qanday vazifalarni bajaradi? Pedagogikaning prognostik funksiyalariga nimalar kiradi? 8.Pedagogikaning tashkiliy funksiyasi o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi? 9.Pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz? 10.Metodologiya nima? 11.Zamonaviy sharoitda pedagogic yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlardan foydalanilmoqda? 12.Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Abdullaeva SH., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy Ta’lim muassasalari uchun o’quv qo’llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b. 2.Xodjaev B.X., Umumiy pedagogika. Darslik.–Toshkent, “Sano-standart”, 2017 y.434 b. 3.Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika//darslik. –T.: 2016 y. - 538 b. 4.Umarova M. Teoriya i istoriya pedagogiki. Uchebnoe posobie. – T.: “Izdatelg’skopoligrafichkskiy dom imeni CHulpana”, 2018 g., -348 b Download 15.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling