Javob: 2-Topshiriq Blits-so'rov savollariga javob bering
Download 38.1 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blits-sorov savollariga javob bering
- Rene Dekart
1-Topshiriq Erkin yozish. Talabalarga besh daqiqa ichida “Dinshunoslikning dolzarb masalalari” bo'yicha o'z xayollaringizga kelgan barcha narsalarni to'xtamasdan yozing. Besh daqiqa tugaganidan so'ng yozganlaringizni audio yoki video shaklda o'qib bering. JAVOB: 2-Topshiriq Blits-so'rov savollariga javob bering 1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Dinshunoslik fanining rivojiga o'z hissasini qo'shgan O'rta Osiyo olimlaridan kimlarni bilasiz? 3. Dinshunoslik fanini o'qitishdagi zamonaviy G'arb metodologiyasi haqida nimalarni bilasiz? JAVOB: .Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad kishilarda dinning kelib chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. Dinshunoslikning vazifasi – kishilarda din to’g’risida bilim berish orqali dinshunoslik doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga, insonni kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir. Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir. Muayayn jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sostiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi 2 asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sostioliyasi tez rivojlandi. Bulardan tashqari dinshunoslikningin antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi kabi tarmoqlari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishda foydalanish mumkin. Dinshunoslik fani rivojiga O`zbekistondan juda ko`plab olimlar o`z hissalarini qo`shishgan. Jumladan, Imom Ismoil al-Buxoriy , Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Burhonuddin Marg`inoniy, Abu Abdurahmon an-Nasoiy singari ko`plab olimlar Dinshunoslik tarixida o`zlarining umurbboqiy hissalarini qo`shishgan. Yevropada dinni kompleks tarzda o‘rganuvchi «Dinshunoslik» alohida fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bunda dinshunoslardan nemis filosofi Maks Myuller (1823-1900), fransuz pozitivist-filosofi va sotsiologi Emil Dyurkheym(1858-1917), ingliz etnologi va dinshunosi Eduard Bernett Taylor(1832—1917), ingliz filosofi, pozitivist va evolutsiya tarafdori Gerbert Spenser (1820—1903), fransuz filosofi va sotsiologi, pozitivizm asoschisi Ogyust Kont (1898—1957), M.Veber (1864—1920), Sh. de Sosey (1848—1920) kabi Yevropa olimlarining din bo‘yicha yozgan asarlari bu fanga asos bo'lib xizmat qildi. Dinning boshlang‘ich elementi mif, dinning vazifasi esa mif qahramonlarining haqiqatini aniqlash deb hisobladi. Dinshunoslik sohasida mifologik maktab XIX asrning oxirgi choragiga qadar hukmronlik qildi. Naturalistik qarashlarning ta’siri keyinroq ham, masalan, Frezer asarida («The Worship of Nature»,L., 1926) o‘z aksini topdi. Naturalistik qarash turlaridan biri dinning astral nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra diniy obraz va miflarda samoviy jismlarning harakati o‘z aksini topgan. Bu nazariyaga XVIII asrda asos solingan bo‘lib, XX asr boshlarida ham uning yetarlicha tarafdorlari bor edi (G.Vinkler, E.Shtuken, A.Nemoyevskiy). Dinshunoslik taraqqiyotining yangi bosqichi dinning ilk shakllarini o‘rganuvchi ingliz antropologik maktabining ishlari bilan bog‘liq. Bu tadqiqotlar E.Taylorni 1867-yilda animizm konsepsiyasiga olib keldi. Taylor, shuningdek Spenser va Lebbok dinga «insonning elementar tajribalarini (uyqu, o‘lim va hokazo) noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida vujudga kelgan ibtidoiy odam aqliy faoliyatining mevasi bo‘lgan ibtidoiy gnoseologiya» sifatida qaradilar. Taylorning fikriga ko‘ra, kult diniy qarashlardan hosil bo‘lgan narsa bo‘lib, keyinroq paydo bo'lgan. D in tarixi evolutsiyasi tushunchasini qo‘llab Taylor va Spenser «dindan avvalgi davr» bor deb hisoblaydilar. Animistik qarashlarda esa keyinroq 17 undan barcha mavjud dinlar kelib chiqqan dinning minimum iniko‘rdilar. Keng, etnografik materialga asoslangan animizm teoriyasi XIX asrning oxirgi choragida dinni o‘rganishda hukmronlik qildi. Rossiyada uning eng yirik namoyondasi L.Ya.Shternberg edi. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida bir qator mualliflar anim izm ni tanqid qilib chiqdilar. Zamonaviy G ‘arb falsafasi kartezianchilik yoki analitik geometriya rivojiga katta hissa qo‘shgan fransuz faylasufi Rene Dekart (1596—1650) faoliyati bilan bog‘liq. Dekart voqelik tahlili va shaxsiy mavjudlikning asosi sifatida o‘ylash va fikrlashni keltirib, «Shuning uchun menmanki, chunki men o‘ylamoqdaman» (Cogito ergo sum) degan fikri bilan mashhur bo‘lib ketgan. Dekart o‘ylayotganRene Dekart ligini o‘zining mavjudligi dalili o‘laroq tah’kidlaydi va dunyo haqidagi tushunchalari rivojlanishi uchun sistematik tafakkur uslubidan foydalanishni afzal ko‘radi. Uning ko‘rsatgan xizmatlari orasida yana biri, u xudoning mavjudligini asoslash uchun o‘z uslubidan (eng ishonchli deya ta’kidlaydi) foydalanishni taklif qiladi. Haqiqatni topish uchun asosiy vosita sifatida ratsional tafakkurdan foydalanish uslubi zamonaviy G ‘arb falsafiy an’anasining poydevoriga aylandi. Dekartga qadar e’tiqod va aql o‘rtasidagi tafovutni hal qiladigan alohida ilmiy-mantiqiy 42 yondashuv mavjud bolmagan edi. G ‘arb falsafasida mantiq va tafakkur rolining oshishiga turtki bo‘lgan yana bir ma’rifatparvarlardan biri Immanuel Kant (1724—1804) edi. Kant tushunchanva fahm-idrokimiz ongimiz orqali shakllanishini isbotlab berdi. Inson aqli bizning dunyo haqidagi barcha hissiy tajribalarimizni filtrlaydi va haqiqatni tanishga bo‘lgan imkoniyatlarimizni cheklaydi. Download 38.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling