Sh. M. Mirziyoev
Download 25.96 Kb.
|
Farzandlarimizning qobiliyatini ro
"Farzandlarimizning qobiliyatini ro'yobga chiqarishga bolalikdan e'tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko 'plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug 'beklar etishib chiqadi. Men bunga ishonaman " Sh.M.Mirziyoev Oilada bolalarni tarbiyalash shakllari. Reja; O’zbekistonda oilada bola tarbiyasiga qaratilgan e’tibor. Bola tarbiyasi buyuk olimlar fikricha. Bolalarning ma'naviy barkamol va jismoniy sog'lom ulg’ayish uchun. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 64-moddasiga binoan "Ota-onalar o 'z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur"ligi hamda O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 51-moddasi (Voyaga etmagan ta'lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari)da shunday deyilgan: "Voyaga yetmagan ta'lim oluvchilar ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o'qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma'naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas'uldir. Zero, bola tarbiyasi - murakkab jarayon. Tarbiyaning asosiy o'chog'i esa oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmay, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma'lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Tabiiyki, bolaning ilk tarbiyasiga javob beradigan ota-ona hisoblanadi. Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to'g'risida yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an'ana va mavjud ijobiy odatlarni o'zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega. Ibn Sinoning oilaviy tarbiya to'g'risidagi fikrlarining mazmuni va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so'zlaridan bilib olish mumkin: "Bola xulqini mo''tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak, bunga bolani qattiq g'azablanish, qo'rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolaning xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko 'zidan uzoqlashtirishga doim tayyor bo'lib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan, bolaning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, bola eng yosh chog'idanoq xushhulq bo'lib o'sadi va bora-bora unga bu xushxulqlik odat bo'lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi, chunki yomon xulq odatga aylanib ketsa,u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g'azab kuchni qizdiradi, qayg'u kuchni ozdiradi, xafalik beg'amlikka moyil qiladi. Xulqning mo''tadilligi natijasida ham nafs, ham badan sog 'lom bo 'ladi". Beruniy ota-onalar va xushxulq tarbiyachilar obro'sining bola tarbiyasiga ko'rsatadigan kuchi haqida ham fikr yuritadi. Ota-ona oilada, bolaning ko'z oldida o'z obro'siga ega bo'lsa, tarbiya samarali natija beradi, deya ta'kidlaydi buyuk alloma. Obro' tabiatan berilmaydi, sun'iy ravishda yaratilmaydi, unga qo'rquv va qo'rqitish, zo'rlik bilan erishilmaydi, balki u ota-onaga nisbatan mehr va oqibatdan kelib chiqadi. Oilada bolani tarbiyalashda turli-tuman xatoliklar mavjud bo'lib, ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning xukmdorlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazoratga olinsa, bu uning xulqidagi mustaqil harakat qilish xislati shakllanmasdan yo'qqa chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Oilada ota-ona tomonidan yo'l qo'yiladagan xatoliklardan biri - bolani erka o'stirish, uning barcha talab va istaklarini so'zsiz bajarishdir. Ota-onalar ba'zan bolalarning imkoniyatlariga etarli darajada baho berishmaydi va ularning vazifalarini o'zlari amalga oshirishadi. Oqibatda bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga mas'uliyat hissi rivojlanmay qoladi. U o'ziga mos ishni tanlab olib, oxiriga etkaza olmaydi va irodasiz bo'lib qoladi. Inson kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tashqi muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti, mikro muhit kiradi. Inson kamolotida mikromuhit, ya'ni oila sharoiti katta ta'sir kuchiga ega. CHunki bola ko'z ochib ota-onasi, qarindosh - urug'ini ko'radi. Uning intensiv jismoniy va psixologik rivojlanadigan davri oila ta'sirida shakllanadi. Oilaning hayot tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir oilada tarbiya berishning o'ziga xos va mos bir qator muhim qonun -qoidalari borki, unga qat'iy amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bu qonun-qoidalarni nisbiy ravishda umumiy deyish mumkin, chunki har bir bola - betakror ijtimoiy mavjudot, ularning o'ziga xos shaxsiyati, ruhiyati va xulq-atvori bor. SHu bois shunga qarab muomala qilish darkor. SHuning uchun tarbiyada ota-onaning mas'uliyati, obro'-e'tibori muhimdir. Ota-onalar majlisining vazifalaridan biri esa ana shu tarbiya jarayonida ota-onalarga yordam berish, ular orasida tajriba almashish imnoniyatlarini yaratishdan iborat. Maktablarda ota-onalar tibbiyot xodimlari, psixologlar hamda pedagoglar bilan birga tashviqot ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar bilan suhbatlashish va ularga konsultatsiya berishda sanitariya - oqartuv ishlarining muhim shaklidir. SHu bilan birga "ko'chma jild (papka) lar" ning tayyorlab borilishi, har bir bolaning ma'lum bir rivojlanish xususiyatlarini aniqlashda yordam beradi. Har bir bolaning o'zi bir olam. Bola tarbiyasi to'g'ri yo'lga qo'yishda barchamiz mas'ulmiz. Ota-onaning farzandlari oldida bajarishi kerak bo'lgan muhim vazifalaridan biri, ularni hayotga tayyorlash va kasb-hunar tanlashlariga ko'maklashishdan iboratdir. Har bir ota o'z farzandini tarbiyalab voyaga etkazish bilan mamlakatimizni rivojlantirish ishiga hissa qo'shayotganini tushuntirib etishlari muhimdir. Har bir ota-ona farzandining kasbiy qobiliyati, qiziqishi va layoqatidan, maktab amaliyotchi psixologi tomonidan berilgan tavsiyadan xabardor bo'lishi, farzandining tanlagan kasbiy qarorini qo'llab-quvvatlab, ularning tanlagan kasblari orqali hayotda o'z o'rinlarini topib ketishlariga ko'maklashishlari va ishonch bildirishi kerak. Agar ota farzandining kasbiy qaroriga ishonch bildirmasdan, o'zi istagan akademik litsey va kasb-hunar kollejiga yo'naltirsa, hayot sinovlari oldida ularni ojiz qilib qo'yishini anglashi lozim. Ota-onalar farzandlarining qiziqishi va layoqatlariga to'siqlik qilmasligi ixtiyoriy kasb-hunar tanlashiga yo'l berishi, o'z-o'zini boshqarishi va kasbiy qobiliyatini namoyon etishiga imkon yaratish lozim. Faqat bu yo'nalishda farzandi uchun hamfikr bo'lishi tavsiya etiladi. Har bir ota-ona farzandining o'qishi, nimalarga qiziqishini, qanday mashg'ulotlar bilan shug'ullanishini, uning o'rtoqlari kimligini bilishi, ota va o'g'il, ona va kiz o'rtasida do'stona oilaviy suhbatlar o'tkazilishi lozim. Ayniqsa, psixolog maslahati ota-onalar uchun hozirgi kunda muhim ahamiyatga egadir. Ota-onaga hurmat, ular oldida umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo'lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlar oila muhitida shakllanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun, avvalo, har qaysi xonadondagi ma'naviy muhitni o'zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish lozim. O'zbek xalqi azaldan o'zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Farzandga mehr qo'yish, ularning qornini to'q, ustini but qilish bilan bolalarimizni yoshlik chog'idan boshlab milliy tarbiya, ahloq- odob, yuksak ma'naviyat, o'z iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari asosida kasb- hunarga to'g'ri yo'naltirish oiladagi dolzarb masaladir. Ushbu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bo'lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning insoniy burchimizga aylanishi zarur. SHu bois mustaqillik sharofati bilan oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o'zgarishlar bilan uyg'unlikda rivojlantirishga, uning nufuzini oshirishga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishi sifatida doimiy e'tibor berilmoqda. Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq istaklarini bilish uchun, awalo, «Temur tuzuklari»ni varaqlaylik. Uning dastlabki sahifalaridayoq shunday fikmi uqish mumkin: «Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». Bu hikmatda bobomizning sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat tayanchi bo‘la oladi, degan mushohadasi mujassamlashgan, deb o‘ylayman. Boshqa bir o‘rinda Sohibqiron qat’iylik, sabrchidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat sohibi bo‘lgan inson har qanday mashaqqatli ishni amalga oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi. 30 Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabiralarini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘llarda chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ulami onalarining ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida o'tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar. «Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! — derdi Amir Temur. — Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin. Aig'umoq ila qilich ulaming jonajon do‘sti, mardlik ularga ustoz bo‘lsin!» Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tarbiyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo'lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan, murg'aklikdan hukmfarmonlik va bahodirlikdan saboq olgan — Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu jadaldayam va dorulsaltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi. Ota-onalarning vazifalari: Xuddi bola fikri kabi bola hissiyoti ham zo‘rlik qilmasdan boshqarilmog‘i lozim. K. D. USHINSKIY Bolani so‘kishsa, urishsa va turli yo‘llar bilan xafa qilishsa, u murg‘akligidanoq o‘zini yolg‘iz seza boshlaydi. D. I. PISAREV Men or-nomus va erkinlikni hurmat qilish ruhida o‘stirilayotgan yosh qalbni tarbiyalashdagi har qanday zo‘rlikni qoralayman. Qattiqqo‘llik va majburiylikda qandaydir tobelik belgilari bor, men aql, ehtiyotkorlik va mahorat bilan erishib bo‘lmagan maqsadga kuch bilan aslo erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. M. MONTEN Axloqiy ta’sir kuchi har qanday kuchdan ustundir. N. V. GOGOL Bolalarning ma'naviy barkamol va jismoniy sog'lom bo'lishlari uchun: ■ oilada sog'lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olgan holda farzandlarda ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish; ■ farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish, ularning ma'rifatli va ma'naviyati yuksak kishilar bo'lib etishishlarini ta'minlash; ■ bolalarning qiziqishi, iqtidori va extiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish; ■ ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish, istiqlol g'oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; ■ bolalarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish va ularning qo'shimcha ta'lim olishlariga shart-sharoit yaratish; ■ oilada farzandni komil inson qilib tarbiyalashda ota-ona sifatida uzlarining bilim darajasini oshirishga erishish; ■ bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish; ■ oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo'nalishlarini uyg'un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta'minlash; ■ bolalarga sanitariya-gigienik, ekologik bilim va ko'nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish; ■ ota-ona sifatida ta'lim muassasalari va mahalla oldida o'z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgarlikni xis kilish; ■ farzandni oilaviy hayotga tarbiyalashda ular ongiga ajdodlardan o'tib kelayotgan boy ma'naviy meros, axloq-odob, urf-odat va an'analarni bugungi kun bilan uyg'unlashtirgan holda singdirib borish; ■ jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart- sharoit yaratish; ■ oilada bir-birlarini doimiy ravishda o'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik, tibbiy qo'llab-quvvatlash, oilaviy dam olishni to'g'ri tashkil etish; ■ oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot madaniyatiga o'rgatish; ■ oilada ota-ona va farzand o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni mustahkamlashda turli mavzuda suhbatlar o'tkazish; ■ radio to'lqinlari, televidenieda berilayotgan kuy va qo'shiqlar, internet tarmog'idan olinayotgan ma'lumotlar, disk, telefonlardagi ma'lumot, tasvirlarni saralab, bolalarga taqdim etish; ■ oilada bolaning maktabdan tashqari turli xil ta'lim muassasalaridagi (musiqa va san'at, sport maktablari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari, mahallalar qoshidagi turli to'garaklar markazlari) to'garak mashg'ulotlariga jalb etish. Ota-onalar va maktab o 'rtasida samarali hamkorlik qilishning tamoyillari Ota - onalar va pedagog - maktab o'rtasida bo'ladigan muloqotning kelishilgan usulini boshidan belgilab olish kerak. Yaqin aloqalarni saqlab turish uchun, o'zaro kelishgan holda davomli uchrashuvlar tashkil qilish. Oilalardagi madaniy xilma-xillikni xurmat qilib, dars, mashg'ulotlar va maktab tadbirlari orqali xilma-xillikni targ'ib qilish. Oila va bolaning kuchli tomonlariga diqqatni qaratish. Ota-onalar va o'qituvchi o'rtasida bola va oilaga tegishli axborot almashilganda, qatiy ishonchga amal qilish. Hamkorlik qilishda ishonch juda muhim hisoblanadi. Bolaga ota-onasining tashqi ko'rinishi, ularning ayrim fazilatlari va kasalliklari irsiy meros bo'lib o'tishi mumkin. Ammo bolaning rivojlanishi atrof muhit va tarbiyaning kuchli ta'siri ostida bo'ladi. Motsart uch yoshligida birinchi konsertini berganda, ko'p kishilar "U tug'ma daxo" deyishgandi. Ammo Motsart yoshligining taxlili shuni ko'rsatadiki, uning otasi o'g'liga nisbatan juda e'tiborli bo'lib, uning kelajakda ko'zga ko'rinarli musiqachi bo'lib etishishini juda istagan. Garchi Motsartning musiqiy qobiliyati barvaqt namoyon bo'lgan bo'lsa ham, u tug'ma daxo bo'lmaganligi haqiqatga yaqinroq. Uning qobiliyati yoshligidan zarur muhitni yaratgani va a'lo ta'lim-tarbiya ta'sirida rivojlandi. Aksincha, bolaning tabiiy qobiliyatlari rivojlantirishga ko'mak bermaydigan muhitda yashashi uning muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatini kamaytiradi. Tarbiyaning asosiy o'chog'i esa oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmay, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma'lumki, shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatda tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Tabiiyki, bolaning ilk tarbiyasiga ota-ona hisoblanadi. Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to'g'risida yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlarni berish lozim. Bolalarning oiladagi an'ana va mavjud ijobiy odatlarni o'zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega. Bolaga qachondan tarbiya berishni boshlash kerak? Bolangiz sizni gapingizni tushunadigan bo`lganida tarbiya berishni boshlang. Ba`zi bolalar 9-10 oylik bo`lganlarida onasining gapini tushunadi. O`sha paytdan nima mumkin nima mumkin emasligini aytib boshlang. Har safar fikringizda qat`iy turing. Bir narsa mumkin emasmi, har safar bolangiz shu narsaga tegmasligiga e`tibor bering. Bir safar mumkin emas bo`lsa, ammo keyingi safar ish bilan ovora bo`lib, bolaning quloqsizligiga e`tiborsiz bo`lmang. Hech qachon jaxl va nafrat bilan jazolamang. Bolangiz sizning nafratingizni sezadi. Jazolashdan oldin o`zingizni qo`lga oling. Bolani jaxl bilan emas sevgi bilan jazolash kerak. Uning qilgan ishidan jaxlingiz chiqqani uchun emas, uning xatosini to`g`rilash uchun jazolang. Har doim bergan jazoingizda me`yor bo`lsin. Shu me`yorga amal qiling. Shunda bolangiz ota yoki onasi o`zini tuta biladigan inson ekanini ko`radi. Tasodifiy xatolar uchun bolani jazolamang. Qush uyasida ko`rganini qiladi. Shuning uchun yaxshi o`rnak bo`lishga harakat qiling. Eng yaxshi ona yoki eng yaxshi ota bo`ling. Oila va uy bolalaringizni eng sevimli maskani bo`lsin. Siz buni qila olasiz. Shunday qilyapsiz deb o`ylaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar; 1. KarimovI.A., Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori, T., 1997; 2. Sh.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 3.Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud axloq, T., 1992; 4. professor O.HASANBOYEVA.va Jamoa. Oila pedagogikasi. Т., «Aloqachi», 2007, 5. Gʻaybullayev N. R. va boshqa, Pedagogika, T., 1999. Download 25.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling