A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
O’quv maqsadi Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatni qiyosiy taxlili, ishlab chiqarish texnologiyasiga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish 194 Mehnatni boshqarishda zamonaviy o`quvchiga 1- va 2-funksiyalar doirasidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir. O`quvchilarning kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv jarayoni ta’lim tizimining uzviy davomi deb hisoblash mumkin. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv yordamida inson hayotiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarishga moslashuvning ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa, texnikani taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblanadi. Bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi mupakkab muammolar qatorida ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ta’limni modernizasiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv muammosi yanada yorqin va aniq namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak kichik mutaxassislar tayyorlashning mazmuni kasbiy, amaliy, psixologik, metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv bilan boyib bormoqda. Bugungi ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatga moslashuv "ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi ijtimoiy tizim elementi" sifatida yondashadiki, buning natijasida kasbiy moslashuv vujudga keladi. Kasbiy moslashuv deganda shunday dunyoqarash mavjudki, ijtimoiy shaxs, jamiyat ehtiyojini qondirish maqsadida harakat qiluvchi insonning mohiyat kuchi rivojlanishi yo‘llari va natijalarining tarixiy aniq tizimi tushuniladi. "Ishlab chiqarishga moslashuv" tushunchasini oydinlashtirishda inson faoliyatining natijasi sifatidagi talqinini tushunishgina emas, balki uning tashuvchisi sifatida insonning o‘ziga urg‘u beriladi, muayyan moddiy-ma’naviy qadriyatlar esa, subyekt kasb-hunarni rivojlantirishning vositasi va usullari sifatida qaraladi. Shu jihatdan olganda moslashuv atamasini "individning meyoriy rivojlanishi" sifatida tushunish mumkin. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatga moslashuv ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: 195 birinchidan, inson tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarga ishtiroki natijasi, ikkinchidan, - inson shaxsining haqiqiy boyliklari. Inson kuchi-qudrati mehnat faoliyati, ong, axloqiy ijtimoiy munosabatlarning yaxlit tizimi bilan belgilanadi, jamiyatning birinchi tahliliy kesimiga muvofiq, bir tomondan, ijtimoiy turmush, bazis bilan va ikkinchi tomondan ijtimoiy ong va usquna bilan belgilanar ekan, - an’anaviy ravishda jamiyatning moddiy va ma’naviy tayyorgarligi ilgari suriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv o‘z navbatida sifat jihatlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Faoliyat, umuman olganda – bu jonli tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorligi asosidagi adaptiv yo‘naltirilgan faolligidir. Inson faoliyatiga kelganda esa, uni odamlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyati sifatida belgilash mumkin. Moslashuv esa - mana shu faoliyat usulining o‘zginasidir. Haqiqatdan ham istalgan ishlab chiqarishga moslashuv, u ijtimoiy faoliyat bo‘ladimi, individual faoliyat bo‘ladimi, qanday bo‘lmasin faoliyatni taqozo etadi, biroq har qanday faoliyatni emas, balki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, texnikaviy sohalaridagi ijobiy o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi "faoliyat usuli"nigina ishlab chirarishga moslashuv sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarishda ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat moslashuvini rivojlantirish usuli sifatidagi faoliyat, eng avvalo, ma’naviy, kasbiy-ijodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Mana shu faoliyat davomida madaniy qadriyatlar yaratiladi. Aynan ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv insonning aktiv faoliyati shaklida ijtimoiy rivojlanish va inson shaxsi shakllanishining omiliga aylanadi. Chunki, shaxs faqat ma’naviy faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxsning chinakam ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatining ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida ko‘plab ta’limiy sifatlar, shu jumladan qadriyatlar bipgalikda, jamuljam namoyon bo‘lgan taqdirdagina so‘z yuritish mumkin. O‘zligini anglash faoliyati shaxsning yuksak faolligi ko‘rsatkichlaridan biri ekanligini qo‘shimcha qilmoqchimiz. Busiz shaxsning mustahkam qadr-qimmatli yo‘nalishlarini va yangicha tafakkurni tarbiyalash mumkin emas. O‘zligini anglash faoliyatning umumiy darajasi, qadriyatlarni 196 tushunishdagi muayyan birlik kishilarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari uchun ham shart-sharoit yaratadi, mezonlarning umumiyligini belgilab beradi. Ana shu mezonlar yordamida shaxs o‘zini, o‘z fazilatlari va nuqsonlarini baholaydi, tegishlicha jamiyatdagi munosabatlar shakllanadi, o‘zaro ishonch va ijodiy faoliyat uchun qulay muhit yaratiladi. Shunday qilib, o‘zini anglash faoliyati – bu inson tomonidan o‘z turmush tarzini, aniq hayotiy vaziyatlardagi hatti-harakatlarini erkin tanlashining, u yoki bu ijtimoiy masalalarni hal etish chog‘ida o‘z nuqtai nazarini aniqlashning ma’naviy shart-sharoitidir. Shaxs faoliyati ma’naviy ishlab chiqarish sohasi bilan belgilangan holda ham ongning, ham o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi va namoyon bo‘lishini, shuningdek tafakkur faoliyatini qamrab oladi. Kasbiy faoliyat meyorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning maxsus uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Kasb-kor faoliyati va unga moslashuv meyorlari kasb-hunar faoliyati va muomala jarayonida dunyoqarash tusini kasb etib, odatiy faoliyat meyorlari va kasb-kor tafakkuri meyorlarining o‘zaro munosabati muammolari orqali shakllanadi. Kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuvini shakllantirishning asosiy sharti, bizning fikrimizcha, unda ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatining moslashuvga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishgina emas, balki uning o‘z "mendan" iborat kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuvini idrok etishga tayyorligi ham hisoblanadi. O‘quvchi ijodiyoti muammolarini tadqiq etuvchi Drager kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvning quyidagi prinsiplarini ko‘rsatadi: - ijodiy tafakkur va harakat birligi; - ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi; - onglilik va intellektuallik birligi. Ijodiy fikrlash muammoni ko‘ra bilishdan, vazifa bilan uni hal etishning mavjud bo‘lmagan yo‘li o‘rtasidagi, tan olingan ijtimoiy, yoki individual zaruriyat bilan uni amalga oshirishning mavjud bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni anglashdan boshlanadi. 197 Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat moslashuvi haqida yuqorida keltirilgan aniqlashlarni tahlil qilish uning ijtimoiy tomonlarining asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ular quyidagilardir: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling