A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.2. Ishlab chiqarish texnologiyasi, shartnoma tuzishning me’yoriy- xuquqiy asoslari, o‘quvchilar mexnatini rag‘batlantirish yo‘llari Tayanch so‘z va iboralar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Nima uchun fan-texnika taraqqiyoti davrida o`quvchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi? 2. Ishlab-chiqarish jarayonida inson, asosan nechta asosiy funksiyani bajaradi? 3. O`quvchilarning kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv jarayoni ta’lim tizimining uzviy davomi deb hisoblash mumkinmi? Misollar bilan isbotlang. 4. Bugungi ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatga moslashuv qandayamalga oshirilmoqda? Misollar keltiring. 5. "Ishlab chiqarishga moslashuv" tushunchasini oydinlashtirishda inson faoliyatining natijasi sifatidagi talqinini misollar bilan tushuntirib bering. 6. Faoliyat deganda nimani tushunamiz? 7. Shaxsning chinakam ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatining ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 8. Kasbiy faoliyat meyorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning maxsus uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Siz nima deysiz? O`zfikringizni bildiring. 9. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat moslashuvining asosiy belgilarini ajratib ko‘rsating. 14.2. Ishlab chiqarish texnologiyasi, shartnoma tuzishning me’yoriy- xuquqiy asoslari, o‘quvchilar mexnatini rag‘batlantirish yo‘llari Tayanch so‘z va iboralar: Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, zamonaviy ishchi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ishlab chiqarish amaliyoti, ijtimoiy hamkorlik, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar sohasidagi hamkorlik, shartnomalarning ob’yektlari, kengashlar faoliyati, mehnat bozorini baholash. 199 Oxirigi yillarda turli xil stanoklarda ishlay oluvchi, uni tamirlay oluvchi, mahsulot sifatini yuqori qilish uchun lozim asboblar orasidan qulayini tanlay olib ishlatadigan ishchilarga talab ortib bormoqda. Ushbu ishchilar mehnat qilish jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi kerak. Bunday ishchilar, ya’ni, tamirlovchilar eski tushuncha bo‘yicha oliy bajaruvchi emas. Ushbu ishchilar bajaruvchanlik bilan bir qatorda yangi texnologiyaning rivojlanishi va ishlab-chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi: - pnevmatika, dinamika, elektrotexnikani, fizikani hech bo‘lmaganda o‘rta maktab ta’lim oluvchisi darajasida bilishlari kerak; - yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak; - metall va nometall materiallarning nomlanishi va xususiyatlarini bilishlari kerak; - kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak; - avtomatik liniyada ishlovchi har xil tipdagi stanoklarda ishlagani uchun ularning ishga tayyorgarligi hamda ularning rejalashtirilganligini bilishlari kerak. Ular shunday holatlarga tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ular yuqori malakali bo‘lishlari kerak; - jamoa uchun sharoit yaratib berish, tamirlash ishini qisqa vaqtda tugallashlari kerak; - ular ijtimriy -iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak; - brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak; - ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari kerak; - ular qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib ishlash lozim bo‘lganda ishlab keta olishlari shart; - ishchilarning bajaruvchanlik funksiyasi kamayib, aqliy mehnati ulushlari ortishi kerak; 200 - ishchilar mehnatida aqliy mehnat va fizik funksiyaning organik birikmasi, ya’ni, hisoblash, to‘g‘rilash, analitik va nazorat funksiyalarini bajaruvchi, texnik jarayonni o‘lchovchi va tekshiruvchi, avtomatlashtiruvchi asboblar yordamida boshqara ola bilishlari lozim; - yuqori malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay olishlari kerak; - madaniyat, texnika va fanning rivojlanishida mehnat umumdorligining oshishi; - umumiy faoliyati va ishlab-chiqarish holatlariga moslashuvchanlik; - o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi ish faoliyati malakasining oshishini taminlab berish. Yuqori malakali ishchilar zamonaviy ishlab-chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ularning rasionalizatorlik va ijodkorlik xususiyatlari asqotadi. Bunday ishchilarning paydo bo‘lishi shundan darak beradiki, insonning ishlab- chiqarish va texnik jarayondagi rivojlanishi, bilimlarining kengayishi, chuqurlashishi va malakasining oshib borishini taqozo etadi. Ijtimoiy hamkorlik – deganda jamiyat, yoki malum ommaning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga oid faoliyat bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘mak berish tushiniladi. Ijtimoiy muloqot ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishning asosiy mexanizmi hisoblanib, u ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy-marifiy, texnik- texnologik va shu kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Hayotiy tajribalar va tahlillarimiz ijtimoiy hamkorlik bevosita kasb-hunar ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, hamkorlikni teng huquqliligi, manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling