Elektr energiyani olish
Download 0.55 Mb.
|
Maruza matni ELEKTRO TEXNIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchan tokni esa: i=dq/dt (1.2)
1831 yilda Maykl Faradey kashf etgan elektromagnit induksiyasi hodisasi, elektrotexnikani darajada yuksalishiga sabab bo‘ldi. XIX asr elektrotexnikaning misli ko‘rilmagan darajada yuksalishiga olib keldi. Mashhur olim Maksbell o‘zining elektromagnit maydon nazariyasini Faradey kashfiyoti asosida ishlab chiqdi. G. Gers elektromagnit to‘lqinlar ustida samarali ishlar qildi. Rus olimi A.S. Popov radioni ixtiro etdi. Elektrotexnika - elektr va magnit maydonlar bilan bog‘liq hodi- sal arni tahlil qilish va ulardan ishlab chiqarish va turmush zaru- riyatlari uchun amalda foydalanish bilan shug‘ullanadi. Elektrotexnikaning amalda qo‘llanish sohalari biri-biriga bog‘liq quyidagi to‘rtta yo‘nalishdan iborat: Elektr energiyani olish. Elektr energiyani masofaga uzatish. Elektromagnit energiyani o‘zgartirish. Elektr energiyadan foydalanish. Elektr energiyadan oqilona foydalanish, uni ishlab chiqarish tannarhi oshib borayotgan bir vaqtda, korxonalar uchun texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish omillaridan biriga aylandi. Shuning uchun noelektr yo‘nalish bakalavrlari elektr zanjirlarni tuzish va ularni hisoblash usullarini bilishi, turli elektr jihozlarning tuzilishi va ishlash asoslari bilan yaqindan tanish bo‘lishi, bu jihozlarning texnik tafsiflarini tasavvur etishlari zarur. Fanni o‘rganish chog‘ida talabalar quyidagilarni: fizika kursidagi elektr va magnit bo‘limlarni, hamda matematika kursidagi-chiziqli algebraik tenglamalarini echish usullari, chiziqli differensial tenglamalar nazariyasi, vektor tahlili kabi bo‘limlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. «Elektrotexnika va elektronika asoslari» fanini o‘qitishdan maq s ad - elektrotexnikada qollaniluvchi kattaliklar va ularning birlikmalarini, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari qo- nuniyatl arini va hisoblash usullarini, magnit zanjirlari va elektromagnit qurilmalarini, elektr o‘lchovlarini, elektr mashinalari va transformatorlarni, yarim o‘tkazgich asboblar va ularning to‘g‘rilagich qurilmalarida tutgan o‘rni, elektronikaning zamona- viy yo‘nalishlarini haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirishga qaratilgandir. Fanning asosiy vazifasi elektrotexnika, elektr o‘lchashlar, elektr mashinalar, elektron qurilmalar va yarim o‘tkazgich asboblar va ularning to‘g‘rilagich qurilmalari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar olish, bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Asosan temir yo‘l transporti sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutahassis- lar, lokomativlarning elektr jihozlari, transport vositalarining elektr energiyasi bilan ta’minlash, yordamchi elektr qurilmalarni harakatga keltirish vazifalarini ham bilishi lozim. Bu o‘z navbatida elektr jihozlariga nisbatan alohida talablar bajarilishini taqozo etadi. Yordamchi elektr qurilmalarni harakatga keltirish vazifalarini ham amalga oshiradi. Shuning uchun ushbu fan elektr harakat tarkibini harakatlanishida texnologik tizimning ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Zamonaviy tezyurar elektr harakat tarkiblarida elektron qurilmalarining ishlashini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Texnika taraqqiyoti elektr mashinalarining yaratilishi og‘ir sanoatning yuksalishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida mashina- sozlik va transport harakat tarkibining tortuv motorlarini takomil- lashishiga olib keldi. Hozir O‘zbekistonda elektr mashinalari, trans- formatorlar, kabellar, turli apparatlar, elektron uskunalar va boshqa elektr jihozlarini ishlab chiqarilmoqda. Elektrotexnikaning taraqqiuoti elektr va magnit hodisalari haqi- da bilimimizning ortib borishiga asoslangan. Harakat o‘zgarishi- dagi ayrim hodisa turlaridan biri ham elektr va magnit hodisalari hisoblanadi. Moddaning tuzilishi, atomning tarkibi, elementar zarrachalarning ayrim xususiyatlari elektr va magnit hodisalariga bog‘liq bo‘ladi. Elektromagnit hodisalari sodir bo‘lib turgan muhitdagi ayrim tur materiya elektromagnit maydoni deb ataladi. Muhitda elektromagnit maydoni uzluksiz tarqalgan. Elektr va magnit hodisalari bir-birlari bilan chambarchas bog‘langan. Elektromagnit maydoni elektrlangan boshqa zarrachalarga ta’sir etadi. Materiya yoki jismlarning o‘z elektromagnit maydoni bilan yoki tashqi elektromagnit maydoni bilan o‘zaro ta’sir eta olish hususiyatini elektr zaryadi yoki qisqacha elektr deb ataymiz. Elektromagnit maydoni elektrlangan harakatsiz jismlarga va zarrachalarga kuch bilan ta’sir etsa uni elektr maydoni deb atay- miz. Agar elektromagnit maydoni harakatdagi elektrlangan zarrachalarga kuch bilan ta’sir etsa uni magnit maydoni deyiladi. Murakkab elektromagnit hodisaga bir yoqlama qarash yoki abstrakt fikr etishimiz natijasida ayrim elektr yoki magnit hodisalari, maydonlari haqidagi tushunchalar pay do bo‘lgan. Haqiqatda esa tabiatda faqat elektromagnit hodisalari, elektromagnit maydonigina bor. Elektr energiya manbai, iste’molchi va ularni o‘zaro birlashti- ruvchi o‘tkazgichlar majmuasi elektr zanjiri deb ataladi. Elektr toki - zaryadlangan zarrachlar (elektron yoki ionlar)ning bir tomonga tartibli harakatiga aytiladi. O‘zgarmas tok - qiymati va yo‘nalishi o‘zgarmas bo‘lgan tokdir. rasm. Oddiy o‘zgarmas tok zanjiri va grafigi O‘zgaruvchan tokni esa: i=dq/dt (1.2) 1.2-rasm. O‘zgaruvchan tokning grafigi Elektr zanjirdagi elektromagnit jarayonlar EYuK, tok, kuchla- nish, qarshilik (o‘tkazuvchanlik), induktivlik, sig‘im tushunchalari bilan ifodalanadi. Har qanday tur energiyani elektr energiyaga aylantirishda EYuK hosil bo‘ladi. Berk zanjirda EYuK ta’sirida I tok hosil bo‘ladi. Elektr zanjirlar tarmoqlanmagan va tarmoqlangan bo‘ladi. Agar berk zanjirning barcha qismlaridan bitta tok o‘tsa, u holda bunday zanjir tarmoqlanmagan bo‘ladi (1.3, a - rasm). a) b) Elektr energiya manbai, iste’molchi va ularni o‘zaro birlashti- ruvchi o‘tkazgichlar majmuasi elektr zanjiri deb ataladi. Elektr toki - zaryadlangan zarrachlar (elektron yoki ionlar)ning bir tomonga tartibli harakatiga aytiladi. O‘zgarmas tok - qiymati va yo‘nalishi o‘zgarmas bo‘lgan tokdir. Kattaligi va yo‘nalishiga qarab o‘zgarmas tok quyidagicha ifodalanadi: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling