Elektr energiyani olish


Download 0.55 Mb.
bet6/14
Sana28.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1236018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maruza matni ELEKTRO TEXNIKA

Gaz razryadli asboblar - elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok toʻgʻrilagichlari — simobli toʻgʻrilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va boʻlgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi oʻta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorugʻlik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. G. r. a.ning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga oʻrnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz razryadli yorugʻlik manbalari, gaz lazer va b. asboblar alohida guruhni tashkil qilad
Elektrvakuum asboblar — elektromagnit energiyani generatsiyalash (hosil qilish), kuchaytirish va oʻzgartirish uchun moʻljallangan, ish boʻshligʻidan havosi soʻrib olingan va atrofdagi atmosferadan qattiq qobiq bilan himoyalangan qurilmalar. Choʻgʻlanma lampalar, elektronvakuum asboblar, gaz razryadli elektron asboblar (ion asboblar), elektrvakuum diod va boshqalar asboblar Elektrvakuum asboblar a. jumlasiga kiradi. Elektronvakuum asboblar (triodlar, tetrodlar, pentodlar, kineskoplar va boshqalar) da elektronlar oqimi vakuumdan oʻtadi, gaz razryadli elektron asboblar (simobli ventillar, gaz razryadli indikatorlar va boshqalar) da elektronlar oqimi gazdan oʻtadi; elektrvakuum diodlar oʻrniga foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) katta boʻlgan yarimoʻtkazgichli diodlar ishlatilmoqda. Elektrvakuum asboblara. uyroʻzgorda, biologiya, fizika va kimyoda, sanoat tarmoqlarida qoʻllanadi.

To‘g‘ri kuchlanish UD DO bo‘lganda dioddan o‘tadigan tok
nolga yaqin bo‘ladi, UD >UDO uchun diodni rd = AUD/AId qarshilik bilan approksimatsiyalash mumkin. Shunday qilib ochiq holatdagi diod quyidagi tenglamalar bilan tavsiflanadi
UD = UDO + rdID (7.1)
Yopiq holatdagi diodning qarshiligi cheksiz va undan o‘tayotgan tok nolga teng deb qabul qilinadi.
Odatda kuch diodlari statik, yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy va dinamik parametrlari bilan xarakterlanadi. Diodning dinamik parametrlari uning ochilish va yopilish vaqtida aniqlanadi (7.5a-rasm). To‘g‘ri burchak shaklidagi kuchlanishlar manbasidan ta’minlanuvchi, aktiv yuklamaga ishlovchi yarim davrli to‘g‘ri- lagichni sinash sxemasi 7.5 b-rasmda ko‘rsatilgan.
Grafiklardan (7.5,a - rasm) quvvat isroflari diod ochilayotgan va yopilayotgan vaqtda keskin ortishini ko‘rish mumkin. Isroflarni kamaytirish va diodning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun maxsus dinamik jarayonlarni shakllantirish sxemalari - snabberlar (snubbers) qo‘llaniladi. Snabberning eng sodda sxemasi bo‘lib ketma ket ulangan qarshilik va kondensatordan tashkil topgan zanjir hisoblanadi. Ushbu sxema diodning anod va katodiga parallel ulanadi (7.5,b-rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan).
Selenli diod dumaloq disklar (shaybalar) yoki to‘g‘ri burchakli plastinkalar ko‘rinishida yasalgan to‘g‘irlagich plastinkalardan yig‘iladi. Bu plastinkalarni ketma-ket yoki parallel ulab, talab qilingan quvvatli to‘g‘irlagich elementi hosil qilinadi (7.6 - rasm).
Germaniyli diodning asosi bo‘lib germaniy monokristallidan kesilgan, qalinligi taxminan 0,3 mm li plastinka xizmat qiladi, u elektronli elektr o‘tkazuvchanlikka ega, ya’ni unda beshinchi guruh elementlaridan biri (odatda surma yoki mishyak) aralashgan. Plastinka yuzasi diod tokiga bog‘liq, u qancha katta bo‘lsa, plastinka shuncha katta bo‘ladi. Shu plastinkaga uchinchi guruh elementi - indiy bo‘lakchasi qo‘yiladi (7.7 - rasm) va u vakuum pechida germaniy bilan eritiladi. Bunday termik ishlov vaqtida termodiffuziya natijasida indiy atomlari germaniy plastinkasiga
Germaniyli ventillarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: birinchidan, ular temperatura o‘zgarishiga sezgir-55-60°S dan yuqori temperaturada ularda elektr parametrlarining qaytmas o‘z- garishi sodir bo‘ladi; ikkinchidan, ichki qarshiliklariking farqi tufayli ketma-ket ulashda bu ventillar kuchlanishni teng taqsim- lamaydi va ventillarning xususiy kuchlanishlarini tenglashtirish uchun rezistorlar orqali shuntlashga to‘g‘ri keladi, bu esa fik ni va qurilmaning to‘g‘rilash koeffitsientini kamaytiradi.
Kremniyli diodning asosiy qismi elektronli elektr o‘tkazuv- chanlikka ega bo‘lgan yupqa kremniy plastinkasidir. Bu plas­tinka alyuminiy bo‘lagi bilan - uchinchi guruh elementi bilan qotishtiriladi: alyuminiy atomlarini kremniy ichiga o‘tishi, unda teshikli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlam vujudga keltiradi, plastinkada esa r - n o‘tish hosil bo‘ladi.
Agar selenli va germaniyli diodlar solishtirilsa, u holda germaniyli yuqori f.i.k. ga, kichik o‘lchamga ega, lekin selenli diodlar arzon bo‘lgani uchun sanoatda selenli ven-tillar ishlab chiqarilishi davom etmoqda. Ular nisbatan kichik quvvat kerak bo‘lganda, foydali ish koeffitsientlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganda o‘rnatiladi. Selenli ventilning massasi (armaturasi bilan birga) 1 Vt to‘g‘rilangan quvvatga o‘rtacha 15-18 g ni tashkil qiladi.
Bitta selenli element 12—36 V ga uzoq muddat chidaydi. Shunga e’tibor berish kerakki, ventilning teshilish kuchlanishi (selenli uchun 50—80 V) bilan davomli ruxsat etilgan kuchlanishni farq qilish kerak.
Ko‘p hollarda selenli ventilning maxsus kamchiligi—shaklini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Agar bunday ventil uzoq vaqt ishlatilmagan bo‘lsa, unda u kuchlanishga ulanishi bilan normal to‘g‘rilamaydi, balki ma’lum vaqtdan keyin ishlaydi. Elektr o‘lchash qurilmalari va avtomatika uchun ventilning bunday ishlashi to‘g‘ri kelmaydi.
Kremniyli ventillar germaniylikka nisbatan ancha katta to‘g‘ri qarshilikka eta, lekin ularning teskari qarshi-liklari ham katta. Bundan tashqari, kremniyli



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling