№ 3. LABORATORIYA ISHI
BIR FAZALI TRANSFORMATORNI
TEKSHIRISH
1. ISHDAN MAQSAD
Aktiv qarshilik bilan yuklangan bir fazali transformatorni tekshirish
2. ISHNI BAJARISH UCHUN KO‘RSATMALAR
Ishni bajarishga «Elektr mashinalari» kursining [2] «Trans-formatorlar» bo‘limi o‘rganilgandan so‘ng kirishiladi. Qo‘shimcha adabiyot sifatida [1,3] lardan foyda-lanish tavsiya etiladi.
3. ISHNING MAZMUNI
3.1. Bir fazali transformatorning salt yurish va qisqa tutashuv tajribalari yorda-mida almashtirish sxemasining ko‘rsatkichlarini aniqlash.
3.2. Bir fazali transformatorning yuklama va ishchi tasniflarini olish.
4. VIRTUAL LABORATORIYA QURILMASINI IFODALASH
Virtual laboratoriya qurilmasi 6.1-rasmda keltirilgan.
Model quyidagilardan tarkib topgan:
-
Power System Blockset/Electrical Sources kutubxonasidan E1 o‘zgaruvchan kuchlanish manbasi;
-
Power System Blockset/Measurement kutubxonasidan V1, V2 kuchlanish o‘lchagichlar va transformatorning birlamchi va ikkilamchi zanjirlaridagi I1, I2 tok o‘lchagichlar;
-
Tekshirilayotgan transformator (Linear Transformer) va Power System Blockset/Elements kutubxonasidan yuklama (R Load);
-
Power System Blockset/Extras/Measurement kutubxonasidan transforma-torning birlamchi va ikkilamchi zanjirlaridagi aktiv va reaktiv quvvat o‘lchagichlar (R1, Q1; P2, Q2);
-
V1, V2, I1, I2 qiymatlarni o‘lchovchi foydalanuvchilar bloki (Powergui);
-
-
O‘lchangan quvvatlarni miqdoriy ko‘rsatish uchun Display1, Display2 blok-lari xamda ikkilamchi zanjirdagi tok va kuchlanish shakllarini kuzatish uchun Scope bloki (ular Simulink/Sinks bosh kutubxonasining bloklaridir).
Do'stlaringiz bilan baham: |