A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Kasb – hunar kollejida
ta’lim va tarbiya berishning asosiy qonuniyatlarini 
amalga oshirilishida nimalarga e`tibor berilishi lozim?
2. Ishlab chiqarish ta’lim ustasi talabalarning mexnat faoliyatini rivojlantirish 
bilan bir qatorda nimalarga e`tibor berishi lozim? 
3. “Usta-talaba” tizimidagi o‘zaro munosabatlar haqida nimalarni bilasiz? 
Misollar keltiring. 
4. Tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyalari mavjud. Bunga qanday misollar 
keltirishingiz mumkin? 
5. Qiziqish 
mehnat faoliyati sifatida talabalarni ma’lum yo‘nalishda 
harakatlanishlariga majbur qiladi. Bunga o`z fikringizni bayon eting.
6. Tarbiyaviy ishda kasbiy dunyoqarashni shakllantirish qanday ahamiyatga ega? 
7. Tarbiyaviy faoliyat deganda nimani tushunasiz? O`z fikringizni bildiring. 


291 
22.3. Pedagogik amaliyotga qo‘yiladigan talablar, pedagogik amaliyot 
bo‘yicha xujjatlar va ularni rasmiylashtirish, pedagogik 
amaliyotni yakunlash. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Amaliyot jarayoni, o`quv va tarbiyaviy ishlar, mutaxassis-uslubchilar,
moslashish haftasi, zaruriy hujjatlar, tekshirish va nazorat qilish.
Pedagogik amaliyot jarayonida talabalar o`qituvchining asosiy ishini 
bajaradilar, guruh rahbariga yordamchi bo`lib xizmat qiladilar, o`quv muassasining 
hamma o`quv uslubiy va tashkiliy uslubiy ishlarida to`liq qatnashadilar, psixologik 
- pedagogik kuzatish va tekshiruv ishlarini olib boradilar, jamoaning ob`ektiv 
ishida qatnashadilar (amaliyot dasturi va o`quv muassasi ma`muriyatining 
ko`rsatmasiga asosan). 
O`quv va tarbiyaviy ishlar bilan tanishtirish maqsadida amaliyotchi-talaba 
o`quv guruhiga biriktiladi. YOrdamchi rahbar sifatida har bir talabaga quyidagi 
mutaxassis-uslubchilar birikitiladi: 
a) institutning o`qituvchi-uslubchisi, pedagogikadan, psixologiyadan 
o`qituvchi;
b) fan o`qituvchisi (kasb-hunar kollejidan);
c) talaba biriktiriladigan guruhning rahbari, kuratori; 
d) kasb-hunar kollejining muhandis-pedagogi. 
Pedagogik amaliyotning umumiy rahbarlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 
a) institutdan – fakultet dekani (talabalarning qaysi kollejga borishini
ularning taqsimlanishini aniqlaydi, shuning bilan birga uslubchi va talabalarning 
ishlarini nazorat qilib boradi); 
b) kollej direktori yoki uning o`rinbosari (talabalarni kollej bo`yicha 
guruhlarga taqsimlaydi, ularga rahbarlik qiluvchi uslubshunoslarni tayinlaydi
talabalarning ish faoliyati va intizomini nazorat qilib boradi). 
Amaliyotning birinchi haftasi talabalar uchun moslashish haftasi bo`lib 
hisoblanadi. Talaba o`quv yurti, uning an’analari, pedagogik kollektiv bilan 


292 
tanishadi. Ma’muriyat va o`qituvchilar tomonidan talabalar bajarishi lozim bo`lgan 
topshiriqlar va vazifalar belgilanadi. 
Birinchi hafta davomida talaba o`ziga biriktirilgan o`quv guruhi bilan 
tanishadi. O`qituvchi va muhandis-pedagogning ish dasturlarini o`rganadi va 
ularning darslariga qatnashib tahlil qiladi. Kuzatish va tahlillar qisqa xulosalar 
shaklida kundalikda yozib boriladi. SHu davr ichida talaba o`ziga biriktirilgan 
rahbar - uslubchilar yordamida amaliyot jarayonida bajaradigan ishlarining rejasini 
tuzadi va tasdiqlatadi. 
Barcha hisobot uchun birinchi kundan boshlab tayyorlab borilishi lozim. 
Amaliyotning oxirgi haftasi davomida amaliyotchi-talaba o`zining 
individual ish rejasi bo`yicha bajargan ishlariga yakun yasashga kirishadi va 
hujjatlarni rasmiylashtiradi. II-pedagogik amaliyot davomida talaba har haftada 3-4 
soat, jami bo`lib 14-18 soat dars o`tkazishlari shart. 
Amaliyotchi talabaning ishini tekshirish va nazorat qilib borish kollej va 
institut tomonidan biriktirilgan rahbarlar zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot 
davomida har bir kollej yoki akademik litseyda talabalar orasidan sardor 
tayinlanadi. Uning zimmasiga talabalarning davomatini olib borish, talabalar 
burchagini tashkil qilish (uslubshunos - o`qituvchi bilan hamkorlikda) yuklatiladi. 
Talaba o`quv ishlari (amaliy va nazariy mashg`ulotlar)ni olib borar ekan, u 
tarbiyachi vazifasini ham bajaradi va tarbiyaviy ishlarda faol qatnashadi. 
Amaliyotchi - talaba guruh rahbari sifatida siyosiy, axloqiy, mehnat, iqtisodiy
estetik, jismoniy va ekologik muammolar bo`yicha darsdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni rejalashtiradi va tashkil qiladi. Amaliyotchi tarbiyaviy ishlarni o`quvchilar 
guruhining rivojlanganlik darajasi va ularning yosh va individual xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda olib boradi, shunga muvofiq holda turli tarbiya metodlari va 
ularning shakllarini qo`llaydi. 
Ikkinchi pedagogik amaliyotning xususiyati shundan iboratki, bunda 
talabalar «o`qituvchi - tarbiyachi» sifatida kasbiy faoliyatning real muammolari 
doirasiga kiritiladi, «o`qituvchi - tarbiyachi» ishlarining real mazmuni va hajmi 
bilan tanishtiriladi. 


293 
Amaliyotchi - talabaning kollejda tarbiyaviy ishlar bo`yicha asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling