A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Nima uchun baholash kerak?


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Nima uchun baholash kerak? 
- O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; 
- Keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini aniqlash 
uchun; 
- Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun; 
- Talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun; 
- Yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; 
- O‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun; 
- Yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; 
- Ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun; 
- Talabalarni yutuqlariga qiziqtiirish uchun


305 
- Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-
onalarga ma’lumot berish uchun. 
Nimani baholash kerak? 
- nazariy bilimlarni; 
- amaliy ko‘nikma va malakalarni
- xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni 
Qachon baholash kerak? 
- Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash); 
- Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash); 
- Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). 
Baholashning asosiy xususiyatlari: 
- Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik; 
- Muntazam o‘tkazib borish; 
- Pedagogik, psixologik va xuquqiy tamoyillarga asoslanganlik; 
- Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganida kognitiv 
o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va 
malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar 
baholanayotganida esa –affektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari 
aniqlanadi. 
Reyting tizimining maqsad va vazifalari. Reyting tizimi o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari hamda, mehnat ta’limi davlat ta’lim 
standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, Kadrlar tayyorlash milliy dastur talablaridan 
kelib chiqqan holda o‘quvchilarning bilimini haqqoniy baholash, ulardan fanlarni 
o‘zlashtirish bo‘yicha qiziqishlarni oshirish va ularning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni rivojlantirish o‘qitish jarayonida
reyting tizimini qo‘llashning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Reyting tizimi 
quyidagi vazifalarni halqilish uchun kiritiladi: - davlat ta’lim standartlari 
talablariga mos holda barcha o‘quv fanlari o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim, 
ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar tolmonidan o‘zlashtirish darajasini ob’ektiv 


306 
baholash; - o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ijobiy intilish ehtiyojini 
shakllantirish, ularda o‘zaro bellashuvga qiziqish uyg‘otish; - o‘quvchilarni 
mustaqilishlashga o‘rgatish; - o‘quvchilarni doimiy baholash va baholarni 
taqqoslab borish; - o‘quv muassasalari o‘qituvchilari ishlab chiqarish ta’lim 
ustalari pedagoik faoliyatini to‘g‘ri baholash; - o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini 
oldindan rejalashtirish, o‘quv jarayoniga zaruriy o‘zgarishlar kiritish; - 
Respublikaning turli xududlaridagi o‘quv muassasalari natijalarini tahlil qilish, 
taqqoslash va chora tadbirlar ishlab chiqish; - O‘quvchilarning mehnat va 
tarbiyaviy intizomini yaxshilash, ularning fanlar bo‘yicha uzluksiz tayyorgarligini 
amalga oshirish. Reyting tizimini nazorat turlari Reyting tizimida o‘quv rejasig 
akiritilgan har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim sifatini baholash 
uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy nazorat (JN); Oraliq nazorat 
(ON); Yakuniy nazorat (YaN). Joriy nazorat (JN) – og‘zaki so‘rov, kollokviumlar,
seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari,
uy vazifasi va hokazo, ya’ni siz o‘z amaliyotingizda qo‘llaydigan barcha so‘rov 
turlarini o‘z ichiga oladi. Joriy nazorat (JN) da o‘tkaziladigan so‘rov turlarini 
quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilashni tavsiya etiladi: 133 Test so‘rovlar 
(T), og‘zaki so‘rov (O), laboratoriya ishi (L), masala echish (M), uy vazifasi (U), 
kurs loyihasi (KL), yozmaish (Yo), kartochka so‘rovi (KC), texnikaviy diktant 
(TD), amaliy ish (A), va xokazo. Joriy nazorat o‘quv dasturini bir yoki bir nechta 
mavzularini o‘rgangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazorat (ON)- o‘quv fanining
alohida maqsadga qaratilgan katta va tugallangan hajmidan keyin o‘tkaziladi. Bu 
o‘quv dasturini bir yoki bir nechta bo‘limi bo‘lishi mumkin. ON semestr 
davomida 2-4 marta o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yakuniy nazoratga (YaN) 
– yakuniy nazorat (YaN) semestr davomida o‘tilgan barcha bob va mavzularga
taalluqli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazorat semestr yakunida 
test asosida o‘tkaziladi. ON va YaN o‘tkazishning ob’ektivligini ta’minlovchi
nazoratni asosiy shakli-test sinovlari o‘tkazishdir. Test sinovlarini o‘tkazishda
quyidagilarga e’tibor berish zarur, ya’ni o‘quv materialini o‘zlashtirish
natijalarini ob’ektiv baholash uchun sharoitlar yaratish; ko‘pvariantli test 


307 
savollarini ishlab chiqish; bir-biridan ko‘chira olmasligini ta’minlash; har bir
o‘quvchini individual test savollari bilan ta’minlash. ON sonini, mazmunini va
o‘tkazish vaqtini o‘qituvchi taqvim mavzular rejaga mos holdabelgilaydi. ON 
o‘tkazilish haqida o‘quvchilar bir hafta oldin ogohlantiriladi. ON va YaN 
doirasida bittasi yoki bir nechtasi bo‘yicha tanlab olinib tashkqi
nazorato‘tkazilishimumkin. Nazorat qilish ta’lim muassasa rahbarlari tomonidan
o‘tkaziladi. Tashqi nazoratning maqsadi ta’lim standartida ko‘rsatilgan mos 
darajada o‘quvchilar o‘zlashtirishining ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda bir xildagi 
fanlar bo‘yicha (kasblar) bu ko‘rsatkichlarni taqqoslash. O‘quvchilarning 
qiziqishini uyg‘otish uchun o‘tkazilgan nazorat natijasini dars mobaynida bevosita 
o‘quvchilar ishtirokida ko‘rib chiqish va tahlil qilish yaxshi natija beradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling