A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Nima uchun baholash kerak?
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nimani baholash kerak - nazariy bilimlarni; - amaliy ko‘nikma va malakalarni; - xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni Qachon baholash kerak
- Baholashning asosiy xususiyatlari
Nima uchun baholash kerak?
- O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; - Keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; - Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun; - Talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun; - Yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; - O‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun; - Yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; - Ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun; - Talabalarni yutuqlariga qiziqtiirish uchun; 305 - Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota- onalarga ma’lumot berish uchun. Nimani baholash kerak? - nazariy bilimlarni; - amaliy ko‘nikma va malakalarni; - xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni Qachon baholash kerak? - Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash); - Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash); - Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). Baholashning asosiy xususiyatlari: - Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik; - Muntazam o‘tkazib borish; - Pedagogik, psixologik va xuquqiy tamoyillarga asoslanganlik; - Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik. Yuqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganida kognitiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq-atvor va shaxsiy fazilatlar baholanayotganida esa –affektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Reyting tizimining maqsad va vazifalari. Reyting tizimi o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari hamda, mehnat ta’limi davlat ta’lim standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, Kadrlar tayyorlash milliy dastur talablaridan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning bilimini haqqoniy baholash, ulardan fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha qiziqishlarni oshirish va ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni rivojlantirish o‘qitish jarayonida reyting tizimini qo‘llashning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Reyting tizimi quyidagi vazifalarni halqilish uchun kiritiladi: - davlat ta’lim standartlari talablariga mos holda barcha o‘quv fanlari o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar tolmonidan o‘zlashtirish darajasini ob’ektiv 306 baholash; - o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ijobiy intilish ehtiyojini shakllantirish, ularda o‘zaro bellashuvga qiziqish uyg‘otish; - o‘quvchilarni mustaqilishlashga o‘rgatish; - o‘quvchilarni doimiy baholash va baholarni taqqoslab borish; - o‘quv muassasalari o‘qituvchilari ishlab chiqarish ta’lim ustalari pedagoik faoliyatini to‘g‘ri baholash; - o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini oldindan rejalashtirish, o‘quv jarayoniga zaruriy o‘zgarishlar kiritish; - Respublikaning turli xududlaridagi o‘quv muassasalari natijalarini tahlil qilish, taqqoslash va chora tadbirlar ishlab chiqish; - O‘quvchilarning mehnat va tarbiyaviy intizomini yaxshilash, ularning fanlar bo‘yicha uzluksiz tayyorgarligini amalga oshirish. Reyting tizimini nazorat turlari Reyting tizimida o‘quv rejasig akiritilgan har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim sifatini baholash uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy nazorat (JN); Oraliq nazorat (ON); Yakuniy nazorat (YaN). Joriy nazorat (JN) – og‘zaki so‘rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni siz o‘z amaliyotingizda qo‘llaydigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi. Joriy nazorat (JN) da o‘tkaziladigan so‘rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan belgilashni tavsiya etiladi: 133 Test so‘rovlar (T), og‘zaki so‘rov (O), laboratoriya ishi (L), masala echish (M), uy vazifasi (U), kurs loyihasi (KL), yozmaish (Yo), kartochka so‘rovi (KC), texnikaviy diktant (TD), amaliy ish (A), va xokazo. Joriy nazorat o‘quv dasturini bir yoki bir nechta mavzularini o‘rgangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazorat (ON)- o‘quv fanining alohida maqsadga qaratilgan katta va tugallangan hajmidan keyin o‘tkaziladi. Bu o‘quv dasturini bir yoki bir nechta bo‘limi bo‘lishi mumkin. ON semestr davomida 2-4 marta o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yakuniy nazoratga (YaN) – yakuniy nazorat (YaN) semestr davomida o‘tilgan barcha bob va mavzularga taalluqli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazorat semestr yakunida test asosida o‘tkaziladi. ON va YaN o‘tkazishning ob’ektivligini ta’minlovchi nazoratni asosiy shakli-test sinovlari o‘tkazishdir. Test sinovlarini o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish zarur, ya’ni o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini ob’ektiv baholash uchun sharoitlar yaratish; ko‘pvariantli test 307 savollarini ishlab chiqish; bir-biridan ko‘chira olmasligini ta’minlash; har bir o‘quvchini individual test savollari bilan ta’minlash. ON sonini, mazmunini va o‘tkazish vaqtini o‘qituvchi taqvim mavzular rejaga mos holdabelgilaydi. ON o‘tkazilish haqida o‘quvchilar bir hafta oldin ogohlantiriladi. ON va YaN doirasida bittasi yoki bir nechtasi bo‘yicha tanlab olinib tashkqi nazorato‘tkazilishimumkin. Nazorat qilish ta’lim muassasa rahbarlari tomonidan o‘tkaziladi. Tashqi nazoratning maqsadi ta’lim standartida ko‘rsatilgan mos darajada o‘quvchilar o‘zlashtirishining ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda bir xildagi fanlar bo‘yicha (kasblar) bu ko‘rsatkichlarni taqqoslash. O‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘tkazilgan nazorat natijasini dars mobaynida bevosita o‘quvchilar ishtirokida ko‘rib chiqish va tahlil qilish yaxshi natija beradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling