A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


 Kasb – hunar ta’limida ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

23.1. Kasb – hunar ta’limida ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat 
qilishning maqsad va vazifalari, kasb – hunar ta’limida o‘quv 
mashg‘ulotlarni nazorat qilish, kasb – hunar ta’limida tarbiya 
jarayonini nazorat qilish. 
Tayanch so‘z va iboralar:
Qonun-qoida, kasb ta`limi, ilmiy texnikaning asosi, EHM, texnologiya, 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ta`lim prinsiplari, kasbiy faoliyat, o`qitish 
metodikasi, metod va usullar, o`qitishning tashkiliy ko`rinishlari.
Talabalar o‘qish jarayonida bilim ko‘nikma va malakalarni egallab 
oladilar. Bilimlarda ob’ektiv dunyo umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. 
Bilimlarni o‘zlashtirish faktlar, tushunchalar va qonuniyatlarni o‘rganishni 
nazarda tutadi. 
Bilimlarning ta’sirchanligi, ularni bemalol egallab, ularning 
o‘zgaruvchanligi, ulardan turli sharoitlarda, jumladan, yangi bilimlarni egallash 
uchun foydalana bilish bilimlarning to‘laligi va chuqurligining muhim 
ko‘rsatkichidir. 
Ko‘nikma-kishining ma’lum bir harakatlarni ongli ravishda bajarish 
qobiliyatidir,bu qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. 
Bilimlar bajarilayotgan harakatning nazariy asosi hisoblanadi.Bilimlar tufayli
harakatlarning ayrim bosqichlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo‘ladi. 
Ko‘nikmalar-bu amaldagi bilimlardir. 
Malaka-mashq qilish yo‘li bilan hosil bo‘ladigan ish-harakatdir.Mashq 
qilish natijasida yurish,o‘qish,yozish,og‘zaki hisoblash,xilma-xil mehnat 
jarayonlarini bajarish malakalari hosil qilinadi. Talaba harakatni bajarishning 
muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni ongning nazoratisiz avtomatik 
ravishda bajaradi. Lekin boshlang‘ich bosqichda harakat doimo ongli suratda 
bajariladi. Masalan, tikuv mashinasiga ip taqish ketma-ketligini tasavvur qilish
kerakli ip va ignani tanlash lozim. Agar talaba ipni taqishni bir necha marta 
takrorlagandan so‘ng, harakat odatdagi bir harakatga aylansa, u ongning zohiriy 
ishtirokisiz bajariladi. Yangi tikuv mashinasiga iplarni taqish, gazlamani tepki 


298 
ostiga o‘rnatish va mashinasi ishga tushirish ishlarini ko‘p marta takrorlash har 
doim bu harakatlarning ketma-ketligini o‘ylab ko‘rishdan ozod qiladi. 
Tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayon o‘zgarganda ya’ni 
tikilayotgan kiyimga qo‘yiladigan texnologik talabga qarab, iplar rangi, turi,
ignalar, tepkilar tanlanadi. Bunda tikuvchining ongi ishga kirishadi. 
Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materilalari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma 
va malakalar xosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki 
o‘quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga 
rahbarlik qilish hamdir. 
Umuman pedagogik, shu jumladan, kasb-hunar ta'limi jarayonining qonunlari 
ta'lim-tarbiya va o’quvchi shaxsini rivojlantirish jarayonida ob'ektiv ravishda 
mavjud aloqadorlik va o’zaro munosabatlarda o’z ifodasini topadi. Rus pedagog 
olimi L.D.Stolyarenko va uning maslakdoshlari tomonidan quyidagi ta'lim 
qonuniyatlari e'tirof etilgan bo’lib, ular bevosita kasb-hunar ta'limiga ham
tegishlidir: 
- kasb-hunar ta'limi jarayonining tizim shaklida yaxlit va uzviy aloqador 
hamda ma'lum o’zaro munosabatda bo’lgan komponentlardan iborat ekanligi; 
- ta'limning tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, metodlari, vosita va 
natijalarining ijtimoiy tuzumga bog’liqligi, ya'ni: ijtimoiy munosabatlar, 
jamiyatning mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyoji va talablari, fan-texnika 
taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari, madaniyat kabilarni pedagogik 
jarayonning barcha tashkil etuvchi komponentlarini shakllantirishga ta'siri; 
- ta'limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi tavsifga ega ekanligi; 
- ta'lim natijalarining o’quvchilarning ongli, faol o’quv-bilish faoliyatlariga 
bog’liqligi; 
- kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik va ishlab chiqarish 
qonuniyatlarining hisobga olinishi, ularning birligi va o’zaro aloqadorligi; 
- kasbiy tayyorgarlik jarayonining o’zaro bog’liq nazariy va amaliy ta'lim 
integratsiyasidan iboratligi; 


299 
- kasbiy tayyorgarlik jarayonida o’quvchilarning yakkama-yakka (individual) 
va jamoaviy faoliyatlarining tashkil etilishi kabilar. 
Uzluksiz ta'lim, shu jumladan, kasb-hunar ta'limi quyidagi pedagogik 
qonuniyatlarga asoslanadi: 
- kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi (muhandis-pedagog) va 
o’quvchilar hamda o’rganilayotgan ob'ektlarning o’zaro ta'siri; 
- kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning ongliligi, mustaqilligi va 
faolligi; 
- kasbiy ta'lim-tarbiya jarayonida uning ishtirokchilari (o’qituvchi va 
o’quvchilari) maqsadlarining bir-biriga mushtarakligi; 
- kasbiy ta'lim-tarbiya ishi natijalarining o’quvchilar ongli, faol o’quv-bilish 
faoliyatiga bog’liqligi; 
- kasbiy ta'lim-tarbiya, ya'ni pedagogik jarayonni tashkil etuvchi maqsad, 
mazmun, metod, vosita, shakl, natija va ishtirokchilar orasida o’zaro bog’liqlik 
hamda munosabatlarning mavjudligi; 
- kasbiy ta'lim maqsadi, uning mazmuni va metodlari, metod va mazmuni 
maqsadga erishilganlik darajasini belgilashi; 
- kasbiy ta'lim mazmuni (o’quv materiali)ning vaqt, o’quvchilar yoshi, 
tayyorgarlik darajasi va boshqa individual xususiyatlariga mos holda tashkil 
etilganda maqbul o’zlashtirilishi; 
- kasbiy ish-harakat usullari (ko’nikma va malakalar)ning asosi hisoblangan 
bilimlar mohiyatini anglagan holda ish-harakat operatsiyalarini takror bajarish 
orqali shakllanishi; 
- o’quv materialini puxta o’zlashtirilishi avval o’zlashtirganlariga tayanganligi 
va muntazam ravishda takrorlanganligiga bog’liqligi; 
- o’quv materialining maqsadga muvofiq holda shakllantirilganligi va 
o’quvchilarga etkazilishi;
- o’zlashtirish sifat va darajasining o’quvchilar imkoniyatlari, qiziqishi, 
idroki, tafakkuri, xotirasi, qobiliyati, o’qituvchi tomonidan uning ahamiyatli 
jihatlarini yoritilishi kabilarga bog’liqligi; 


300 
- o’quv materialini o’zlashtirish maromi va puxtaligini o’qituvchi tomonidan 
aniq, lo’nda hamda qiziqarli etkazilishiga bog’liqligi; 
- o’quvchining aqliy rivojlanganligi, o’zlashtirgan bilim, ish-harakat usullari, 
hayotiy tajribalariga bog’liqligi; 
- kasb-hunar ta'limining muvaffaqiyati, tezligi va natijalarining o’quvchilar 
individual xususiyatlariga bog’liqligi; 
- o’quvchilarda mustaqil ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish va 
rivojlantirishning ular oldiga muhim ahamiyatga ega hayotiy dolzarb muammolar 
yechimini topish vazifasining qo’yilganligiga bog’liqligi kabilar. Kasb-hunar 
ta'limi jarayonida ishlab chiqarishning quyidagi qonuniyatlari hisobga olinishi 
zarur: 
- ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari tavsifiga 
mosligi; 
- mulkchilik munosabatlari; 
- mehnat harakteridagi o’zgarishlar; 
- talab va ehtiyojning ishlab chiqarish darajasidan yuqoriligi; 
- mehnatga yarasha taqsimot; 
- ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarishga nisbatan o’sishi; 
- rejali, proportsional rivojlanish; 
- moddiy ne'matlar yaratuvchi odamlar o’zlarining ongi, xulq-atvori va . his-
tuyg’ularini qayta ishlab chiqishi; 
- yirik mashinasozlik sanoatining uzluksiz ortib borishi; 
- ishlab chiqarish jarayonlarini tabaqalashtirish va integratsiya-lashtirish; 
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish; 
- ishlab chiqarishni majmuaviy mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va 
robotlashtirish; 
- ishlab chiqarishning intellektuallashuvi; 
- mexnat resurslarining o’zaro taqsimlanish sur'atini ortishi; 
- xo’jalik hisoblari, o’zini-o’zi mablag’ bilan ta'minlash; 
- sanoat sohasi bilan mashg’ul mutaxassislar sonini qisqarishi


301 
- mehnatni jamoaviy tashkil etishning ortishi, demokratiyalash o’zini 
boshqarish va shu kabilar. 
Insonparvarlashtirish - ta'lim muassasalarida o’rganiladigan o’quv predmetlari 
mazmuniga inson omili, uning qadr-qiymati, shani, or-nomusi, huquq va 
burchlarini hurmatlash g’oyalarini singdirish zarurligini nazarda tutadi. 
Insoniylashtirish prinsipi - ob'ektiv olamdagi barcha ne'matlar, shart-sharoit, 
inson kamoloti, kishilik jamiyati farovonligi, tinchligi uchun xizmat qilishi 
haqidagi g’oyani ilgari suradi. Mazkur g’oya, hozirgi zamon va istiqbol talablari 
pedagogik jarayonga yakka hokimlik (avtoritor) tarzda yondoshmay, uni
ishtirokchilarining ham korligi asosida tashkil etib amalga oshirish zarurligini 
asoslaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling