A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Birinchi hafta: 
1.1. Guruh rahbari (muhandis - pedagog)ning tarbiyaviy ishlar rejasini 
o`rganish; 
1.2. O`quvchilar guruhini o`rganish; 
1.3. O`quvchilar jamoasi bilan tarbiyaviy ish masalasini aniqlash; 
1.4. Jamoa bilan belgilangan tadbirlarni tanlash. 
Ikkinchi va keyingi haftalar: 
2.1. Guruh jamoasi bilan ishlash
2.2. Guruh rahbari, muhandis-pedagog bilan doimiy hamkorlikda bo`lish; 
2.3. O`quvchilarni tarbiyalashda jamoatchilikni jalb qilish
2.4. O`quvchilar ishtirokida turli tadbirlar o`tkazish (suhbat, baxs, anjuman, 
guruh majlisi va boshq.); 
2.5. Guruh o`quvchilarining ota-onalari bilan ishlash: 

amaliyotchi talaba tomonidan o`quvchilarning oilada tarbiyalanishining 
aniq shart - sharoitlarini o`rganish; 

guruhda ota - onalar majlisini o`tkazish; 

ota - onalar o`quvini o`tkazish. 
Amaliyot jarayonida talaba guruh rahbari sifatida tarbiyaviy ishlarni tashkil 
qilishga doir quyidagi amaliy topshiriqlarni oladi: 

guruh rahbari ishi bilan tanishish, o`quvchilar jamoasini o`rganish; 

o`qituvchi va muhandis - pedagogga guruh bilan ishlashda yordam 
berish; 

1-2 tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tayyorlash va o`tkazish.
Tarbiyaviy tadbirlarni o`tkazishda hamma talabalar qatnashishlari shart. 
Tarbiyaviy ishda amaliyotchi - talaba uning mavzusi, maqsadi, tarbiyaviy 
ahamiyatini va uning o`rnini ochib beradi. Qatnashgan talabalar o`tkazilgan 
mashg`ulotni tahlil qilib, uning ijobiy va salbiy tomonlarini yoritib beradilar. 
Hisobotga quyidagi tarbiyaviy ishlar kiritilishi lozim: 


294 
1. Ikkita tarbiyaviy soat stsenariysi
2. Bitta guruh yig`ilish bayoni; 
3. Bir yillik tarbiyaviy ishlar rejasi (muhandis - pedagog, guruh rahbarining 6 
oylik ish rejasidan foydalanishi lozim); 
4. Muhandis - pedagog tomonidan tasdiqlangan kundalik; 
5. Ikkita tarbiyaviy soat tahlili (4-ilovaga qarang); 
6. Al’bom (unda amaliyot davrida kilingan ishlar natijalari o`z aksini topishi 
shart). 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling