A. Smit va hozirgi zamon. D. Rikardo taʻlimotining ahamiyati Reja 1A. Smitning iqtisodiy qarashlari D. Rikardo ta’limotining tarixiy ahamiyati


Download 90.41 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi90.41 Kb.
#1538087
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiyot

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‘or boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o‘rganishmoqda.

Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi. Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynal-milallik (internatsionalizm) ko‘chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi.

Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asos-chilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan. G‘arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la o‘rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.

Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya-jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqgisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan


Download 90.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling