A. Smit va hozirgi zamon. D. Rikardo taʻlimotining ahamiyati Reja 1A. Smitning iqtisodiy qarashlari D. Rikardo ta’limotining tarixiy ahamiyati


Download 90.41 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi90.41 Kb.
#1538087
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiyot

XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot — merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati ikgisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko‘proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul aylanmasi) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g‘oyalardan keskin farq qiladi

Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqgisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. 

XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof qolda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqgisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida iqgisodiy ta’limot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak

90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmokda («o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida (1991yil 31 avgust) iqtisodiy-ijtimoiy sohada bir qancha ta’limotlar yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular asosida qator yutuqlarga erishildi.


Download 90.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling