A soliq turi b pochta bekati c yer egaligining bir turi d imtiyoz turi
Download 114.57 Kb.
|
7-sinf yangi test
041-Madaniy hayot (17) Savollar va javobi 1. Mashhur nasta'liq xatini kashf qilgan shaxsni aniqlang. Mirali Tabriziy 2. Husayn Boyqaroning "Bog'i Jahonoro" bog'idagi saroy devoridagi bitiklarni chizgan mashhur xattot kim bo'lgan edi? Sultonali Mashhadiy 3. "Sulton ul-xattotin", "Qiblat ul-quttob" nomlari bilan shuhrat qozongan shaxsni aniqlang. Sultonali Mashhadiy 4. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda maxsus saroy kutubxonalari tashkil qilingan edi? Samarqand va Hirotda 5. Temuriylar davrida kutubxona ishlariga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang. kitobdor 6. 1429 yilda Hirotda qaysi asar qayta ko'chirilib, 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan edi? "Shohnoma" 7. Temuriylar davrida Hirotda kim ajoyib kutubxona yaratib unga boshchilik qilgan edi? Boysung'ur mirzo 8. Alisher Navoiyning hassaga tayangan va o'ychan holda tasvirini yaratib qoldirgan rassomni aniqlang. Mahmud Muzahhib 9. XV asrda musavvirlikning Hirot maktabiga asos solgan shaxsni aniqlang. Kamolliddin Behzod 10. Temuriylar davrini yoritgan "Zafarnoma" asarining muallifi kim edi? Sharafiddin Ali Yazdiy 11. O'z zamondoshlari tomonidan Moniyi Soniy deb ulug'langan musavvirni aniqlang. Kamolliddin Behzod 12. Quyidagi kuylardan qay biri Ulug'bek tomonidan yaratilmagan? Isfahoniy 13. "Isfahoniy" kuyini kim ijod qilgan edi? Alisher Navoiy 14. Musiqa nazariyasiga oid asarlar yaratgan allomalarni aniqlang. Jomiy va Binoiy 15. Temuriylar davrida lavha yasovchi usta qanday nomlangan? lavvoh 16. Temuriylar davrida muqovasozlik qanday nomlangan? sahhoflik 17. Arab mumtoz xati uslublaridan biri bo'lgan va 5/6 qismi egri, 1/6 qismi to'g'ri chiziqlar bilan yoziladigan yozuvni aniqlang. nasta'liq Download 114.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling