A sugʻurta bozorini


Download 30.45 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1774814
Bog'liq
TEST KM


TEST

1. Moliyaviy instrumentlar yordamida pul mablagʻlari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga (qarz oluvchilarga) yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmui oʻzida qaysi tuzilmani ifoadalaydi?


a) sugʻurta bozorini;
b) tovar xom ashyo bozorini;
c) mehnat vositalari bozorini;
d) moliya bozorini.

2. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori, hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qogʻozlar yoki derivativlar) bozori va boshqalar ....... hisoblanadi.


a) moliya bozori mustaqil segmentlari;
b) qimmatli qogʻozlarning alohida sohalari;
c) qimmatli qogʻozlarning tasniflanishi;
d) talab va taklifning doimiy ravishda oʻsib borishi;
3. Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qogʻozlarga talab quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
a) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, foyda soligʻi stavkasi;
b) qimmatli qogʻozlarning faoliyat doirasi, kompaniyaning xalqaror harakati;
c) daromadlilik, risk darajasi va likvidlilik;
d) moliyaviy bozorining rivojlanish darajasi, qayta moliyalash stavkasi.

4. Obligatsiya va aksiyaning bir-biridan farqli jihati toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.


a) obligatsiya ulush munosabatini, aksiya qarz munosabatini anglatadi;
b) obligatsiya qarz munosabatini, aksiya ulush munosabatini anglatadi;
c) har ikkalasi ham ulush munosabatini anglatadi, faqat aksiya imtiyozli tartibda amal qiladi;
d) har ikkalasi ham qarz munosabatini anglatadi, faqat obligatsiya boʻyicha majburiyat birinchi soʻndiriladi.

5. Diskontlash tushunchasi nimani anglatadi?


a) oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar oʻsib borishini anglatadi;
b) foiz hisoblash natijasida dastlabki summaning ortib borish jarayonini oʻzida aks ettiradi;
c) kelgusida ma’lum bir belgilangan summani olish uchun joylashtirish talab etiladigan pul mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi;
d) murakkab foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar oʻsib borishini anglatadi.

6. Oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymatini aniqlash formulasi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.


a)
b)
c)
d)
7. Murakkab foizlarda kelgusi qiymatni aniqlash formulasi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) FVn = PV / (1 + r)n
b) FVn = PV x (1 + r)n
c) FVn = PV x (1 – r)n
d) FVn = PV x (1 + rn)n
8. Aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar nima deb ataladi?
a) korporativ obligatsiyalar;
b) moliyaviy obligatsiyalar;
s) zayomlar;
d) davlat obligatsiyalar.
9. Xususiy kapital tarkibi qaysi javobda toʻgʻri belgilangan?
a) ustav kapitali, qoʻshimcha kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda;
b) asosiy va qoʻshimcha kapital;
c) zayom kapital va uzoq muddatli kapital;
d) moliyaviy lizing, oddiy aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, kredit.

10. Biznes egasining agenti sifatida mulkdor manfaatlari uchun faoliyat yurituvchi shaxs


a) moliyaviy menejer;
b) buxgalter;
d) ta’minotchi;
e) injener.

11. Kompaniyalar uchun eng muhim resurs nima hisoblanadi?


a) pul;
b) mehnat resursi;
d) xomashyo;
e) suv resurslari.

12. Biznesning oltin qoidasi hisoblangan fikr toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.


a) bugun olingan pul mablagʻi ertaga olinadigan pul mablagʻiga nisbatan qadrliroq;
b) ertaga olinadigan pul mablagʻi bugun olingan pul mablagʻiga nisbatan qadrliroq;
d) pul topish oson, sarflash undanda oson;
e) xarajatlarni amalga oshirishda inflyatsiyani hisobga olish kerak.
Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling