A. T. To'rayev: inson hayotida suvning ahamiyati
Download 17.19 Kb.
|
A.T.To\'rayev suv maqola
A.T.To'rayev: INSON HAYOTIDA SUVNING AHAMIYATI To'rayev Axrorbek Tojdinovich Andijon Davlat Pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi Annotatsiya:Maqolada inson hayotida suvning ahamiyati. Inson organizmi funksiyalarini faolligini oshirishdagi muxim jixatlari to‘g‘risida malumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlari:Suv, yosh organism, jismoniy mashqlar, sport o’yinlari, spot mashqlari, jismoniy yuklamalar. Salomatlikning besh asosiy quruvchilari: havo, suv, quyosh nuri, ozuqa, jismoniy mashg’ulotlar.Inson hayotida suvning ahamiyati juda katta. Jismoniy mehnat bilan shug’ullangan insonlar suv ichish tartibi meyorlarini bilish juda muhim sanaladi. Yosh avlodni to’g’ri ichimlik suvi bilan ichish tartibini bilish shartdir. Maktab yoshidagi bolalar serharakatchan va bu harakatlar hisobi- ga organizmda ko’p suv yo’qotiladi. Bularning o’rnini meyorini qoplsh tartibini hamma ham bilavermaydi. Yosh organism uchun suvning meyoridan kam bo’lsa ziyondir. Oz suv istemol qilsa ham moddalar almashinuvi buzilish, immuniteti pasayishi bola organizm o’sish jarayonlari sustlashadi. Bolalarda kasalliklarga moyilliklar kuzariladi. Har bir inson suv ichish meyorlarini bilish shartdir. Kun isigan kunlari organizm suvga ehtiyoj ko’p sezadi. Misol uchun o’rtacha 50 kg vazndagi bolaning kunlik ehtiyoji 2.1 l ga to’g’ri keladi. Issiq fasllarda mayoriy ehtiyoji ortadi. 30 – 40 ml har bir kg ga to’gri keladi. Suv istemol qilganda suvni haroratiga e’tibor berish shartdir. Chanqoqni qoldirish uchun sovuq yoki yaxna bo’lishi shart emas, chunki sovuq suv organizm uchun ziyondir. Suvuq suv istemol qilish yuqori nafas yo’llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Istemol qilayotgan suvimiz tana harortidan yuqori bo’lsa tez chanqoq qoldiriladi. Jismoniy mashqlar va sport o’yinlari o’ynaganida suyga ehtiyoj ortadi. Spot mashqlari jismoniy yuklamalardan so’ng birdaniga suv ichish tavsiya etilmaydi bu organizm uchun ziyondir. Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori - 90 foiz bo‘lsa, miya - 85 foiz, mushaklar - 75 foiz, jigar - 65 foiz, suyaklar - 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.Chanqoq hissi organizmga yordam kerakligidan dalolat beradi. Shu bois inson faqat organizmi talab qilgandagina emas, har doim - suv ichgisi kelsa-kelmasa, uni suv bilan ta'minlab turishi kerak. Suvni ichish tartibini bilish zarur.Uyg'onganidan keyin darhol birinchi stakan suvni iching-bu barcha ichki organlarni "ishga tushirishga" yordam beradi. 1 stakan suvni ovqatdan 30 daqiqa oldin ichish tavsiya yetiladi, bu metabolizmni tezlashtiradi va ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini yaxshilaydi. Hammomga kirishdan oldin 1 stakan suv ichish, bu sizga zavq olish va qon bosimini kamaytirishga yordam beradi.Yotishdan oldin 1 stakan suv iching. Har bir kun uchun bunday odat bor bo'lsa, yurak xuruji xavfi 95% ga kamayadi. Ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan suv ichish qon bosimlarini maromiga keltirishga yordam beradi. Aksariyat odamlar kundalik me'yorning bor-yo‘g‘i 1/3 qismini iste'mol qilganliklari uchun ham, ko‘p kasalliklar rivojlanadi.1 stakandan ko'p suv ichmagan maqul. Tungi vaqtda suyuqliklarni ko'p ichish - ertalab yuzimiz va ko'zimizni ishib turishiga sabab bo'ladi. Suvni ichganda o’tirgan holda istemol qilish maqsadga muofiqdir. Turib ichganda ichki a’zolarimizga zarar qilgan bo’lamiz. Suv - organizmning hayotiy ehtiyoji Organizmning bor yo'g'i 2 foiz suv yo'qotishi qattiq tashnalikka olib keladi. 10 foizli yo'qotish esa hayot uchun xavfli, 12 foizli ko'rsatkich qaytmas jarayonlarga sabab bo'lishi mumkin. Yurakning normal ishlashi uchun har kuni 6 stakan toza suv ichib turish juda samarali ekanligi isbotlangan. Ammo bu miqdorni barcha kasalliklar uchun deb qabul qilmaslik kerak. Suvning xotiraga ega ekanligi qator tajribalarda isbotlangan. Toza suvga qarata yoqimli kuy taratib ko'rilgan, haqoratli so'zlar bilan tahdid qilingan. Atrof-muhitdagi holat suvning tarkibi buzilishida rol` o'ynagan va bu bilan suvning axborot qabul qilishini isbotlagan. O'rtacha 70 yil umr ko'rgan inson taxminan 35 tonna suv iste'mol qiladi. O’rtacha hisobda inson tanasida 43 l suv mavjud bo’ladi. Har kuni nafas olish, terlash natijasida siydik va najas bilan organizmda taxminan 3.5 l suyuqlik ajralib chiqadi. Suv inson qoni umumiy tarkibini 92% ni tashkil qiladi. Ichak oshqazon pankreatik suyuqliklarning hamda so’lakning 98 % ni tashlik etadi. Organizmga zarur bo’lgan suvning miqdori atrof –muhit harorati iqlimi faoliyat turi va inson salomatligining ummiy holatiga bog’liq. Suv ichishning 10 ta muhim sababi: Suv miyaning 75 % ini tashkil qiladi, Suv uzoq umr garovidir, Suv bosh ogrigini qoldiradi, Suv toksinlarni yuvadi, Suv terini yashartiradi, Suv xujayralarga kislorod tashiydi, Suv yurakni ximoya qiladi, Suv charchoqni oladi, Suv yoglarni eritadi, Suv qabziyatni bartaraf qiladi. Mamlakatimizda aholi orasida ichimlik suvini yaxshilashga katta islohatlar olib borildi. Jumladan keying olti yilning o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlandi. Shaxar va qishloq maktablarda ichimlik suvi muammolari batamom bartaraf etildi. Download 17.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling