A talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish


Download 449.2 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi449.2 Kb.
#1598078
  1   2   3
Bog'liq
563 09.09.2021




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining respublika hududlarida talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi shakllarda barpo etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun to‘lov to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sherigi ushbu to‘lovni talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lovlarni chegirgan holda har bir talaba uchun bazaviy hisoblash miqdorining yillik 10 baravari miqdorida o‘z mablag‘lari hisobidan kafolatlanadigan to‘lovlar hamda bazaviy hisoblash miqdorining yillik 15 baravari miqdorida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi;
b) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 200 o‘rinli talabalar turar joyini barpo etish uchun tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy sherikka talabalar turar joylarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
talabalar turar joyida yashash uchun undiriladigan to‘lovlar davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda xususiy sherik tomonidan yig‘iladi;
talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi Davlat budjetidan, biroq davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli quvvatdagi talabalar turar joylarini saqlash uchun sarflanadigan mablag‘lar hajmidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi;
v) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 400 o‘rinli talabalar turar joyini barpo etish sharti bilan tuziladi;
talabalar turar joyi jami quvvatining kamida yarmi talabalar uchun davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda yotoq o‘rinlari sifatida foydalaniladi va qolgan qismida ushbu turar joylarning bir oylik to‘lov miqdori xususiy sherik tomonidan erkin belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi;
(1-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) ushbu qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tartib davlat oliy ta’lim muassasalariga tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya va jihozlash ishlarini tadbirkorlik subyektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgan loyihalarga ham tatbiq etilib, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim mavjud bino va inshootlarni talabalar turar joyi sifatida foydalanish sharti bilan tuziladi;
b) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muddati tugagan va taraflar o‘rtasida bitimni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, talabalar turar joyi tegishli davlat oliy ta’lim muassasasi ixtiyoriga o‘tkaziladi;
v) talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning so‘rovnomasiga asosan talabalar turar joylarini qurish uchun oliy ta’lim muassasasiga 0,5 gektargacha bo‘lgan yer maydonlari unga yaqin joylardan ajratiladi;
xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi hamda u bilan talabalar turar joyini tasarruf etish huquqisiz davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuziladi;
g) davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha loyihalarda davlat sherigi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
d1) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylari barpo etish uchun talabgor chiqmagan taqdirda, qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy ta’lim muassasasi va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Talabalar turar joylarini qurish ishlari oliy ta’lim muassasasining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan qismi keyinchalik subsidiya shaklida moliyalashtirib beriladi;
d2) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatning asosiy parametrlariga oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joylariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qaroriga asosan “d1” va “d2” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
3. Davlat oliy ta’lim muassasasining buyurtmasi va tadbirkorlik subyektining tashabbusi asosida tadbirkorga tegishli yer maydoni yoki binoda kamida 50 o‘rinli talabalar turar joylarini tashkil etish tizimi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, talabalardan har oy yashash uchun yig‘iladigan to‘lov davlat oliy ta’lim muassasasi bilan kelishiladi hamda ushbu narxda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun tadbirkorlik subyektiga bitimda belgilangan muddat davomida bir o‘quv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
4. Davlat oliy ta’lim muassasalariga “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, o‘quv va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qisman moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
5. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun arzon va sifatli ovqatlanish jarayonini tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga qarashli oshxona va bufetlarni umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga eng maqbul takliflarni tanlash orqali oshxona faoliyatini yuritish uchun bino va inshootlar hamda jihozlarni ijaraga berishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini qo‘llashga ruxsat berilsin. Bunda, tadbirkorlik subyektlariga:
talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etish majburiyatlari yuklansin.
6. Energetika vazirligi talabalar turar joylari uchun ajratilgan yer maydonlarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish tegishliligi bo‘yicha “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. Quyidagilarga ruxsat berilsin:
davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan to‘rttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim tashkil etish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalarni muvofiqlashtiruvchi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha uchta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shakldan boshqa shakllarda qurilgan talabalar turar joylarida qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan, biroq bino umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan qismiga bo‘lgan mulk huquqini (yer maydoni, umumiy foydalanishga mo‘ljallangan kommunikatsiya qismiga egalik huquqi bundan mustasno) xususiy sherikka (mahalliy investorlar uchun) talabalar turar joylari foydalanishga topshirilgan payt o‘tkazishga;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish uchun avralroq davlat sherigi, vakolatli davlat organi va boshqa maxsus veb-saytlarda e’lon qilingan konsepsiyalarni e’lon qilish muddatini qo‘shimcha 10 kunga uzaytirgan holda mazkur qarorda belgilangan shartlarga muvofiq o‘zgartirishga;
davlat-xususiy sheriklik bitim muddatini talabalar turar joylarini qurish uchun sarflangan mablag‘larning qoplanish muddatiga 2,3 koeffitsiyentni qo‘llash orqali belgilashga.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
8. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinsin hamda davlat oliy ta’lim muassasalari 1 — 3-kurs talabalarining ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. Bunda:
har 120 — 150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritilsin hamda uning oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuzilmasida amaldagi shtatlar doirasida uchta shtat birligidan iborat Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etilsin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda talabalar turar joylari qurilishi uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Davlat soliq qo‘mitasi:
ikki oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish elektron tizimida shartnomalarni hisobga qo‘yish va soliq to‘lovlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan raqamli imzosiz shaklini ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
uch oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish elektron tizimini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning talabalar elektron bazasi bilan integratsiya qilsin hamda o‘z uy-joylarini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarni daromad solig‘idan ozod etishning avtomatlashgan tizimini yaratsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda talabalarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, ularning turmush sharoiti va sog‘lig‘idan xabar olish bo‘yicha tegishlicha ta’lim muassasasi rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi rahbarlarining shaxsiy javobgarligini, shuningdek, elektron ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi alohida tartib ishlab chiqib, tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiyalashgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining hudud va oliy ta’lim muassasasi kesimidagi elektron bazasini yaratsin;
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqsin, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimini yo‘lga qo‘ysin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlasin.
12. Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:
a) qurilish vaziri B. Zokirov talabalar turar joylarida bir nafar talabaga to‘g‘ri keladigan yashash maydonini maqbullashtirish bo‘yicha shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
b) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulov hamda tizimida davlat oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari talabalar turar joylarida qo‘shimcha maishiy xizmat turlarini joriy etish, sog‘lom ovqatlanish uchun sharoit yaratish va boshqa xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish hisobiga talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish;
v) moliya vaziri T. Ishmetov davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta’lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2022-yil va kelgusi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutib borish;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
talabalar turar joylarini qurish uchun mazkur qarorga 1-ilovaga asosan yer maydonlarini oliy ta’lim muassasalariga ular joylashgan hududga yaqin joylardan 2022-yil 1-yanvarga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;
davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar turar joyi binolari va tegishli ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarga xususiy sheriklarni jalb qilishga ko‘maklashib borish;
o‘z hududida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, talabalar turar joyiga tutash hududlarda talabalar uchun zarur transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining yaratilishi va faoliyat yuritishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-sentabr,
563-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga
1-ILOVA
Hududlarda talabalar turar joylarini qurish uchun oliy ta’lim muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlari
RO‘YXATI


Download 449.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling