A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Armirlovchi-sinchlovchi koeffitsiyent


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Armirlovchi-sinchlovchi koeffitsiyent – kompozit material 
massa birligiga nisbatan armirlovchi komponent miqdorini 
xarakterlovchi ko‘rsatkich. 
Armirlovchi-sinchlovchi plastiklar – (lotinchadan – 
mustahkamlayman), polimer bog‘lovchi (matritsa) va tolasimon 


265 
tuzilishdagi mustahkamlovchi (armirlovchi) to‘ldiruvchi kompo-
zit materiallar.
Armirlovchi-sinchlovchi to’ldiruvchifizik-mexanik xos-
salarni kuchaytirish va kompozitga konstruksion material 
xususiyatini berish uchun smolalarga kiritiladigan har xil shakl, 
o‘lcham va turdagi zarralar. 
Ataktli – noto‘g‘ri, tartibsiz. 
Biologik jihatdan moslik – (inglizchadan – biocompati-
bility) – Optimal terapevtik samaraga erishish uchun zarur 
bo‘lgan materialni odam organizmiga kirishish qobiliyati. Zararli 
klinik holatlar chaqirmaslik va hujayrali yoki to‘qimali javobni 
induksiyalash.
Dializ – yarimo‘tkazuvchi membrana yordamida kolloid 
eritmalarni va yuqori molekulyar birikmalar substansiyalarni 
ularda erigan qo‘shmolekulyar birikmalardan tozalash.
Disperslash – (lotinchadan dispergo – sochaman) dispers 
sistemalar, kukunlar, suspenziyalar, emulsiyalar hosil bo‘lishiga 
olib keluvchi, biror bir muhitda qattiq jismlar va suyuqliklarning 
maydalanishi. Suyuqliklarni gazlarda (havoda) disperslash 
purkash, suyuqliklarda disperslash – emulsiya deb ataladi. 
Eksfoliatsiya – elementar qatlamlarga ajratish. 
Ekvimol – biror modda bilan bir xil molyar konsentratsiyaga 
ega.
Elastomerlar – Haroratlar diapozonida keng foydalanila-
digan yuqori elastik xossalarga ega bo‘lgan polimerlar va ular 
asosidagi materiallar. O‘ziga xos bo‘lgan elastomerlar kauchuk 
va rezina hisoblanadi. 
Flokulyatsiya – (lotinchadan ―flocculi‖ - parcha) – 
kougulyatsiyaning turi bo‘lib, suyuq yoki gaz muhitda murakkab 
muallaq suzib yuruvchi mayda zarralar, yumshoq paxtasimon 
to‘plamlar, ya‘ni flokulalar hosil qiladi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling