A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Kolloid sistema – tarkibida nanozarrachalar bo‘lgan eritma 
bo‘lib, unda erituvchi – dispers muhit, nanozarrachalar dispers 
faza hisoblanadi. 
Komplementar makromolekulalar (biokimyo) – bir-birini 
to‘ldiruvchi 
tuzilmalar 
(makromolekulalar, 
molekulalar, 
radikallar) bog‘lanishini ta‘minlovchi va ularning kimyoviy 
xossalari bilan aniqlanuvchi, o‘zaro mos kelishi.
Kompozit material (kompozit material, kompozit) – ikki 
yoki undan ko‘p komponentalardan tuzilgan material bo‘lib, 
berilgan taqsimotdagi mustahkamlovchi (shisha tolalar, uglerodli 
tolalar, zarrachalar va boshqalar) bilan to‘ldirilgan polimer asos 
(poliefir smola, epoksid smola) ni tashkil qiladi. Bu holatda 
kompozitni tashkil qiluvchilarning individual xossalaridan 
samarali foydalaniladi. Kompozit xossalari alohida komponent-
larning xossalariga nisbatan yuqori sifatga ega bo‘ladi. 
Kontakt qoliplash usuli – bo‘yra, kanopdan to‘qilgan mato, 
ya‘ni xolst, kigiz, qog‘oz ko‘rinishidagi rulon to‘ldiruvchilardan 
foydalanib, sovuq qotiruvchi poliefir va epoksid bog‘lovchilarni 
qo‘llab, detallar tayyorlashda ishlatiladigan usul. 
Korrelyatsiya – (lotinchadan correlatio – munosabat) fan va 
texnikaning turli sohalarida qo‘llaniladigan atama bo‘lib, 
tushunchalarni, predmetlarni, funksiyalarni, o‘zaro bir-biriga 
bog‘liqligi, o‘zaro moslikka egaligini belgilash uchun qo‘llani-
ladi, ya‘ni o‘zaro munosabatdorlik, bog‘langanlik. 
Korroziya – (lotinchadan corrosio – yemirilish) kimyoviy 
yoki fizik ta‘sir natijasida materialning buzilish jarayoni.
Lamellar – bukiluvchan zanjirlarni ma‘lum qalinlikda 
qatlangan va kristallangan tuzilishi. 
Laminat – qotishga ulgurmagan poliefir smoladan va 
to‘ldiruvchidan tashkil topgan ho‘l shishaplastik. 
Lateks – (kauchuk) (inglizchadan – latex, nemischadan – 
latexm, Kaut – Schukmilchf) – suvli eritmada dispers polimer 
zarralar emulsiyalarining umumiy nomi. 


269 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling