A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Nanomaterial o’lchami – nanomateriallar o‘lchamlari 
bo‘yicha 0–o‘lchamli (nanozarralar, kvant nuqtalar klasterlar), 1-
o‘lchamli (nanonaylar, nanotolalar, makromolekulalar), 2-o‘l-
chamli (nanopardalar, mul‘tinanoqatlamlar, nanomembranalar), 
3-o‘lchamli (nanog‘ovaklar, nanonuqsonlar, hajmiy nanostruktu-
rali nanokompozitlar) guruhlarga bo‘linadi. 
Nostexiometriya – stexiometriya qoidalari bilan aniqlanadi-
gan munosabatlardan kimyoviy birikma komponentlari orasidagi 
miqdoriy munosabatlarni chetlanishi. 
O’rash usuli – aylanma jism shakliga ega bo‘lgan yarim 
mahsulotlar, buyumlarni tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
O’tqizish (usadka) – poliefir smolaning yoki u asosida 
tayyorlangan kompozit materialning polimerlanish reaksiyasi 
boshlanishidan oldin va polimerlanish yakunlangandan keyin o‘l-
changan, namuna yoki buyum o‘lchamlarining nisbiy o‘zgarishi. 
Oligomerlar – molekulyar massa qiymati bo‘yicha mono-
merlar va yuqori molekulyar birikmalar orasidagi sohani egallab 
turadigan, gomologik qatorlar a‘zolari sanaladi. Oligomerlarni, 
asosan zanjir o‘sishi cheklangan sharoitlarda yuzaga keladigan
polimerlanish yoki polikondensatsiya bilan olinadi. Bu jarayonlar 
oligomerlanish deyiladi. Oligomerlarga ko‘plab sintetik smolalar 
(alkidli, fenol-formaldegidli, epoksidli va boshqalar), suyuq kau-
chuklar, sintetik motor yonilg‘ilar, moylovchi yog‘lar va 
boshqalar. 
Organoplastiklar – plastmassalar bo‘lib, asosan, matolar, 
qog‘ozlar, iplar yoki eshma iplar ko‘rinishidagi sintetik tolalar 
bilan armirlangan bo‘ladi. Organoplastiklarni buyumlarga qayta 
ishlash, xuddi shishaplastiklar kabi bo‘ladi. Avia – va avtomobil-
sozlikda va elektrotexnikada konstruktsion radiotexnik material 
hisoblanadi. 


271 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling