A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Tiksotropli to’ldiruvchi – qiya va vertikal tekisliklardan 
poliefir smolalarning oqib tushishi oldini oluvchi to‘ldiruvchi 
ko‘rinishi. 
Titrlash (titrometrik tahlil) – ko‘proq analitik kimyoda 
foydalaniladigan miqdoriy massa tahlil usuli bo‘lib, aniqlanishi 
kerak bo‘lgan modda bilan reaksiyasi uchun sarflanadigan, 
konsentratsiyasi ma‘lum bo‘lgan reaktiv eritmasining hajmini 
o‘lchashga asoslangan. Titrlash – o‘rganilayotgan modda titrini 
aniqlash jarayoni. 
To’ldiruvchi – polimer kompozitli materiallar tarkibiga
foydalanish xossalarini modifikatsiya qilish, qayta ishlashni yen-
gillashtirish, hamda narxini kamaytirish maqsadida kiritiladigan 
moddalar yoki materiallar. Qattiq to‘ldiruvchilarning boshqa 
komponentlar aralashmalari bilan o‘zaro ta‘sir xarakteri (namla-
nish, adgeziya, ishqalanish) asosan, to‘ldiruvchi tarkibi va ularni 
sirt tuzilmasi bilan aniqlanadi. Qattiq to‘ldiruvchilar dispers yoki 
kukunli va uzluksiz armirlovchilarga bo‘linadi. 
To’yintirish-shimdirish – shishaplastik tayyorlash jarayo-
nida tolali to‘ldiruvchilarni poliefir smola bilan shimdirish. 
Topkout – atrof muhitga laminatdan stirolning qoldiq emis-
siyasiga to‘sqinlik qiluvchi va quruq, qattiq, iflos suvni 
haydovchi sirt hosil qilish uchun mo‘ljallangan himoyalovchi 
qoplama. Topkoutni sishaplastikdan tayyorlangan buyumning 
teskari tomoniga qoplanadi. 
Triazin – halqasida uchta azot atomi bo‘lgan, olti a‘zoli 
aromatik geterosikl. 


277 
Tuz bog’lar – qat‘iy lokallashgan bog‘lar sifatida qaraladi; 
ikki komponentning o‘zaro tortishishi, musbat va manfiy zaryad-
larga ega bo‘lgan ikki atom guruhlar ta‘sir sohasida mujassam-
lashgan bo‘ladi. Tuzli bog‘lar isitishga ancha barqaror bo‘ladi. 
Xemobarqarorlik – kuchli kislotalar, asoslar, erituvchilar va 
h.k. kabi kimyoviy faol moddalar buzuvchi ta‘sirga turg‘unligi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling