A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Qotish sistemasi – polimerlanish reaksiyasini boshlash 
maqsadida smolaga kiritiladigan komponentlar. 
Qovushoqlik ichki ishqalanish, oquvchi jismlar (suyuq-
liklar va gazlar)dagi bir qismini boshqa qismiga nisbatan harakat-
lanishga qarshilik qiladigan xossasi.
Regulyar muhit – tartibga solib turuvchi muhit. 
Reologiya – moddalarning deformatsiyasi va oquvchanligi 
haqidagi fan. Reologiyada quyidagi jarayonlar ko‘rib chiqiladi: 
qaytmas qoldiq deformatsiyalar, turli oquvchan va plastik mate-
riallar (Nyuton bo‘lmagan suyuqliklar, dispers sistemalar va 
boshqalar), kuchlanishlar relaksatsiyasi, elastic keyingi ta‘sir va 
h.k. 
Roving – ko‘p sonli shishatolali iplardan iborat uzluksiz jgut 
(inglizchadan raw – xom, qayta ishlanmagan). 
Shishalanish holati – atom va bo‘g‘inlar vaziyatini o‘zgar-
tiradigan holat. 
Shishamato (yoki shishato’qima) – to‘qima turdagi 
shishatolali to‘ldiruvchi. 
Shishaplaslar – sintetik smola (poliefir smola, epoksid smola 
va h.k) va armirlovchi material (shishamat, shishamato yoki 
roving) lardan tashkil topgan kompozit material. Texnikaning 
turli sohalarida konstruktsion material sifatida foydalaniladi. 
Shishatolali mat – (inglizchadan ―mat‖ – qalin, noaniq 
tuzilishdagi tekis qoplama) – biror-bir bog‘lovchi bilan 
to‘yintirilgan erkin yo‘naltirilgan tolalar yoki chigallashgan 
iplardan tashkil topgan tolasimon noto‘qima material. Shishato-


275 
lalardan uch ko‘rinishdagi matlar qo‘llaniladi: kesilgan (shtapel) 
iplardan iborat matlar, uzluksiz iplardan va dekorativ matlar, 
masalan, shishavual. 
Sinerezis (yunonchadan synairesis – siqish, kichiklashish). 
O‘z-o‘zidan gel va studenlar hajmini suyuqlik ajralishi bilan 
kechadigan kamayishi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling