Moylovchi materiallar va Ishqalanish turlari. Reja: Ishqalanish turlari
Download 19.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqMoylovchi materiallar va Ishqalanish turlari
Moylovchi materiallar va Ishqalanish turlari. Reja: 1.Ishqalanish turlari. 2.Moylovchi materiallar va ularning vazifasi Ishqalanish - bir-biriga tegishib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, Bunda: k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyenti, N — jismga qoʻyilgan kuch. Biron jismning boshka jism sirti boʻylab qanday harakat qilishiga qarab, statik yoki tinchlikdagi va kinetik xillari mavjud. Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi tinchlikdagi deyiladi. Tinchlikdagi kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sirtiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻga moduli boʻyicha teng va unga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi: Qattiq jismlarda sirpanib va dumalab yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan kuchiga sirpanib kuchi deyiladi, sirpanib kuchi jismning tegib turgan boshka jismga nisbatan koʻchishiga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emasalan, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi. Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab koeffitsiyenti amalda katta ahamiyatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tashqi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetic, deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab, kuchi sirpanib, kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi, kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning dumalashi bilan almashtiriladi (qarang Podshipnik). Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi, ga quruq, deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) bilan bogʻliq boʻlgan suyuq I. ham mavjud. Suyuq I. kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch bilan jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Masalan, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi. Koʻpgina hollarda uning foydali tomoni bor. Masalan, yoʻl sirti yaxlagan vaqtda silliq boʻlganligi uchun yoʻl sirti bilan piyodalar poyabzalining tagligi yoki transport vositasi gʻildiragi orasida keskin kamayib ketishi piyodalar va transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib yuboradi. Boʻlmasa qoqilgan mixlar tushib, rezbali birikmalar boʻshab qolardi. Baʼzi hollarda zararli tomonlari ham mavjud. Masalan, turli transport vositalari, samolyotlar, suv osti kemalari gorizontal yoʻnalishda oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotganda kuchini yengish uchun juda koʻp miqdorda yonilgi sarf qiladi. Bundan tashqari, mashina va mexanizmlarning yeyilishiga sabab boʻladi (ularning f.i.k. ni kamaytiradi). Shuning uchun ishqalanuvchni kuchlarni kamaytirishning eng samarali usullaridan biri sirpanib ishqalanishni dumalab ishqalanishga almashtirish, va ishqalanuvchi sirtlarni moylashdir (bunda kuchi 8-10 marta kamayadi). 2) Ichki - qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki turli usullar bilan (masalan, deformatsiya paytida jism temperaturasining oʻzgarishi asosida) oʻlchanadi. Download 19.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling