A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

1.1-rasm. Izomerlarga misollar 
 
Makromolekulaning bukiluvchanligi – o‘z shaklini qayta 
(kimyoviy bog‘larni uzmasdan) tiklay olish qobiliyatidir. 
Makromolekula zanjirida ko‘plab 
bog‘lar bo‘yicha ichki 
molekulyar aylanishlar tufayli bukiluvchanlik sodir bo‘ladi. 
Sharoitga va o‘zining tuzulishiga bog‘liq holda zanjirli 
makromolekula o‘rama, cho‘ziq zanjir, spiral, taxlangan tasma va 
boshqa ko‘plab shakllarda bo‘lishi mumkin. Bunda makromole-
kulani geometrik shakli (chiziqli, tarmoqlangan yoki fazoviy 
(to‘rli)) o‘zgarmaydi. Bukiluvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy 
xossasi uni deformatsiyalanganida yuzaga keladi. 
Tashqi ta‘sirlar bo‘lmaganda bukiluvchan makromolekulani 
muvozanat holatiga g‘ovak o‘rama shakli mos keladi (entropiya 
maksimum). Polimer deformatsiyalanganda makromolekulalar 
to‘g‘rilanadi, tashqi deformatsiyalovchi kuchlanishni olingandan 
keyin, ular yana issiqlik harakati tufayli 
bog‘lar atrofida 
burilishlar evaziga o‘rama holatiga qaytadi. 
Shunday qilib, makromolekula bukiluvchanligi polimerni 
asosiy xossasi bo‘lgan elastiklikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Polimerning yuqori qaytuvchan deformatsiyalanish qobilyatini 
termodinamik va kinetik bukiluvchanliklari mavjud. 
Termodinamik bukiluvchanlikkovalent bog‘ atrofida 
bo‘g‘inlar aylanishini xuddi, bir potensial chuqurlikdagi energetik 


10 
holatdan ikkinchi potensial chuqurli holatga potensial to‘siqni 
yengib o‘tishi kabi ro‘y beradi deb tasavvur qilish mumkin. 
Potensial chuqurlar orasidagi energiyalar farqi, makromolekulani 
termodinamik bukiluvchanligini, ya‘ni konformatsiya ro‘y berish 
ehtimolligini bildiradi. Agar potensial energiyalar minimumlari 
orasidagi farq ΔE<kT (kT–issiqlik energiyasi) bo‘lsa, zanjir 
statistik bukiluvchan bo‘ladi. Chunki, trans va gosh konformatsi-
yalar nisbati deyarli bir xil va zanjir xuddi statistik o‘ram 
ko‘rinishida bo‘ladi. Agar kT energiyaga nisbatan ΔE kichik-
lashsa, bukiluvchanlik ortadi.
ΔE qiymati kT qiymatiga yaqinlashsa, zanjir mahalliy 
mustahkam bo‘lib boradi. Lekin katta masshtablarda baribir 
o‘ram ko‘rinishida saqlanib qoladi.
Agar qandaydir xarakterli uzunlik l
p
o‘lchamidan kichik 
qismlarni hisobga olinmasa, makromolekula 1.2-rasmdagi kabi 
uzluksiz bukiluvchan zanjir ko‘rinishida bo‘ladi.


Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling