A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. Polimetilmetakrilatni past haroratlarda issiqlik o’tkazuvchanligini
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
4.17-rasm. Polimetilmetakrilatni past haroratlarda issiqlik o’tkazuvchanligini haroratga bog’lanishi ( uch o’lchamli bo’ylama tebranishlar tufayli yuzaga kelgan o’tkazuvchanlik qismi; issiqlik o’tkazuvchanlikka uch o’lchamli ko’ndalang tebranishlarni qo’shgan ulushi; bir o’lchamli tebranishlarni issiqlik o’tkazuvchanlikka qo’shgan ulushi). Bu amorf polimer uchun tajriba va hisoblashlarni mosligini to‘la qanoatlantira oladi. Demak, past haroratlarda uch o‘lchamli panjara ko‘ndalang tebranishlarini hissasi juda kam. Ko‘ramizki, juda kichik haroratlarda polimetilmetakrilatni issiqlik o‘tkazuv- chanligi amalda faqat bo‘ylama to‘lqinlar bilan aniqlanadi. Lekin, harorat ortishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlikda bir o‘lchamli tebranishlar ulushi hal qiluvchi bo‘lib boradi. Bu ancha yuqori haroratlarda issiqlik o‘tkazuvchanlikni ortishi polimer yo‘nalish olish darajasi bilan bog‘liqligini tushu- nishga imkon beradi. Qisman kristallangan polimerlar issiqlik o‘tkazuvchanligini kristallar ( ) va amorf ( ) sohalar issiqlik o‘tkazuvchanligi qiymatlari va kristallanish darajasi (χ) orqali hisoblash mumkin (4.18-rasm): 153 4.18-rasm. Polimetilmetakrilatni issiqlik o’tkazuvchanligi haroratga keng intervalda bog’lanishi ( uch o’lchamli bo’ylama tebranishlar bilan bog’liq issiqlik o’tkazuvchanlik; uch o’lchamli ko’ndalang to’lqinlarni issiqlik o’tkazuvchanligidagi ulushi; bir o’lchamli tebranishlar issiqlik o’tkazuvchanligi ulushi). Ayerman qisman kristallangan polimerlar uchun issiqlik o‘tkazuvchanlikni hisoblashda, aralashmalar elektr o‘tkazuvchan- ligi uchun Maksvell formulasidan foydalanishni taklif etdi: Qisman kristallangan turlicha zichlikdagi (turlicha kristal- lanishga ega) polietilen issiqlik o‘tkazuvchanligini haroratga bog‘lanishini amorf polimetilmetakrilat issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan taqqoslanishi 4.19-rasmda keltirilgan. Polietilen issiqlik o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘lanishida 100K atrofidagi haroratlarda aniq ifodalangan maksimum bo‘ladi va u 154 kristallanish darajasi pasayishi bilan yuqori haroratli sohaga siljib boradi. Bunda issiqlik o‘tkazuvchanlikni maksimal qiymati pasa- yadi. Qisman kristallangan polietilenni kristallanish darajasining barcha qiymatlarida issiqlik o‘tkazuvchanlikni haroratga bog‘la- nish egri chizig‘ida manfiy og‘ish kuzatiladi. Amorf polimetil- metakrilatni issiqlik o‘tkazuvchanligini haroratga bog‘lanish grafigida esa barcha tadqiq etilgan oraliqlarda musbat og‘ishga ega. Faqat pog‘ona sohasi amalda nol og‘ishga ega bo‘lib, u istisno sifatida namoyon bo‘ladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling