A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Issiqlik fizikasi usullari yordamida fazaviy va boshqa


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
4.6. Issiqlik fizikasi usullari yordamida fazaviy va boshqa 
o’tishlarni tadqiq etish 
 
Fazaviy o‘tishlarni (qaytalanish) termodinamik klasifikatsi-
yasiga ko‘ra, o‘tish (turi) tartibi mos termodinamik potensial 
hosilasini harorat va bosim bo‘yicha shu termodinamik 
potensialni uzluksiz o‘zgartirib borishi davomida uzilishga egalik 
sharti orqali aniqlanadi. Bunda yuqori tartibli hosilalar cheksizga 
intiladi. Odatda tabiatda tez uchraydigan birinchi va ikkinchi tur 
fazaviy o‘tishni ko‘rish bilan cheklaniladi. Birinchi tur fazaviy 
o‘tishlar ma‘lum haroratda ikki fazani muvozanat holida tura 
olishi bilan kechadi. 
Ular entalpiya, entropiya va hajmni haroratga bog‘lanishida 
uzilishlarga egaligi bilan xarakterlanadi (keyingi rasmda 
ko‘rsatiladi). Birinchi tur fazaviy o‘tishga odatda erish va 
bug‘lanish jarayonini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi tur fazaviy 
o‘tishlar entalpiya, entropiya va hajmni uzluksiz egri chiziq bilan 
o‘zgarishi va issiqlik sig‘im, issiqlik kengayishi va temperatu-
raviy bog‘lanishida ikkinchi tartibli hosilasini uzilishga ega 
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi tur fazaviy o‘tishlarga ba‘zi 
qotishmalarda tartibdan- tartibsizlikka o‘tish misol bo‘ladi. Yana 
Kyuri nuqtasida ferromagnit va antiferromagnit moddalarda 
bo‘ladigan o‘zgarishlar kiradi. 
Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, shishalanish jarayoni fazaviy 
o‘tishga kirmasdan sekin asta suyuqlikni muvozanat tuzilmasi


146 
holatidan metastabil (kvazimuvozanat) holatga molekulalar yoki 
ularning qismlarini transilyatsiyali harakatchanligini muzlatilishi 
natijasida o‘tishini tushuniladi. 
Boyer klasifikatsiyasiga ko‘ra, polimerlardagi relaksatsion va 
haroratli o‘tishlar quyidagicha guruhlanishi mumkin: 1) erish 
(T
Pl
), 2) shishalanish (T
e
), 3) shishasimon holatga aylanish 
(T
c
), 4) oraliq aylanishlar (T
c

Pl
). 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling