A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

Uzluksiz tolalar va to’qimalar. Elektrofizik xususiyatga ega 
KM olish uchun uglerodli, metalli va kompozitli tolalar ishla-
tiladi. 
Uglerodli tolalar. Uglerodli tolalarni o‘ziga xos ajoyib 
xossaga egaligi, uglerodni sanoatda foydalanish uchun yuqori 
istiqbolga egaligini aniqlaydi. Uglerodli tolalar xossalari dastlab-
ki ashyoni ko‘rinishiga, olinish shartiga, maxsus qo‘shimcha 
ishlovlar va boshqa omillar bilan aniqlanadi. 


39 
Uglerodli tolalar olishdagi dastlabki materiallar bu organik 
tolalardir (poliakrilonitrilli va gidroselyulozali). Ularga maxsus 
termik ishlov berish orqali oksidlantirib va karbonlantirib ugle-
rodni tolalari olinadi. Termik ishlovda haroratga bog‘liq ravishda 
olinayotgan tolani mustahkamligi va elektr xossalari o‘zgarishi 
mumkin. 
Yuqori haroratli termik ishlovda organik toladan uglerodli 
tolaga o‘tish amalda yangi fazoviy sozlangan to‗r tuzilmasiga ega 
polimer hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi. Unda barcha polimer 
molekulalari bir-biri bilan o‘zaro kimyoviy bog‘langan bo‘ladi. 
Bundan tashqari makromolekulada elektronlar taqsimoti xarak-
terida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Agar dastlabki tola dielek-
trikdan iborat bo‘lsa, uglerodli tola aniq ifodalangan o‘tkazgich 
bo‘lib, uning elektr o‘tkazuvchanligi 
10
‐1
–10

Ом
‐1
•см
-1
darajada 
bo‘ladi. Uglerodli tolani eng ajoyib xususiyatlaridan biri, bu 
uning zichligining kichikligidir, u 2 g/sm
3
qiymatga teng. 
1.6. Metal tolalar 
Metal polimerli kompozitlar tayyorlashda yuzaga keladigan 
ixtiyoriy talablarni qondira oladigan metal tolali to‘ldiruvchilarni 
keng turlarini ishlab chiqarish sanoati hozirda mavjud. 
Metal tolalarning afzallik tomoni shundaki, ular yuqori elektr 
o‘tkazuvchanlikka ega, tolaning diametri va uzunligi bo‘ylab bir 
jinsli, ko‘ndalang kesimi shaklini va o‘lchamlarini qat‘iy nazorat 
qilish mumkin (u juda murakkab berilishi mumkin). Metal 
tolalarning kamchiligi esa, ular zichligini yuqoriligi va narxining 
balandligi. Metal tolalar xossalari dastlabki material va tayyorlash 
texnologiyasi bilan aniqlanadi. 
Tola shakli, kesimining bir jinsliligi, sirtning notekisligi va 
uning tarkibi tola ishlab chiqarish texnologiyasi bilan aniqlanadi. 
Ularning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalari amalda 
dastlabki material xossalaridan deyarli farq qilmaydi. 


40 
Tolani ishlab chiqarishda tolasimon qilib tortish jarayonidan 
tashqari, hozirgi kunda ko‘plab yangi usullar qo‘llaniladi. 
Galvanik usulda metallarni yotqizish, yoki taglikka bug‘ 
fazasidan metallarni purkash, noorganik birikmalarni ajratish
shakl berish va suspenziyalash kabi usullar qo‘llanadi. 
Odatiy to‘qimachilikdagi qayta ishlov usuli yordamida metal 
tolalardan jgutlar, to‘qimalar, iplar, noto‘qima materiallar va 
to‘qilgan va eshilgan mahsulotlar olinadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling