A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6. Metal tolalar
Uzluksiz tolalar va to’qimalar. Elektrofizik xususiyatga ega
KM olish uchun uglerodli, metalli va kompozitli tolalar ishla- tiladi. Uglerodli tolalar. Uglerodli tolalarni o‘ziga xos ajoyib xossaga egaligi, uglerodni sanoatda foydalanish uchun yuqori istiqbolga egaligini aniqlaydi. Uglerodli tolalar xossalari dastlab- ki ashyoni ko‘rinishiga, olinish shartiga, maxsus qo‘shimcha ishlovlar va boshqa omillar bilan aniqlanadi. 39 Uglerodli tolalar olishdagi dastlabki materiallar bu organik tolalardir (poliakrilonitrilli va gidroselyulozali). Ularga maxsus termik ishlov berish orqali oksidlantirib va karbonlantirib ugle- rodni tolalari olinadi. Termik ishlovda haroratga bog‘liq ravishda olinayotgan tolani mustahkamligi va elektr xossalari o‘zgarishi mumkin. Yuqori haroratli termik ishlovda organik toladan uglerodli tolaga o‘tish amalda yangi fazoviy sozlangan to‗r tuzilmasiga ega polimer hosil bo‘lishi bilan ro‘y beradi. Unda barcha polimer molekulalari bir-biri bilan o‘zaro kimyoviy bog‘langan bo‘ladi. Bundan tashqari makromolekulada elektronlar taqsimoti xarak- terida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Agar dastlabki tola dielek- trikdan iborat bo‘lsa, uglerodli tola aniq ifodalangan o‘tkazgich bo‘lib, uning elektr o‘tkazuvchanligi 10 ‐1 –10 2 Ом ‐1 •см -1 darajada bo‘ladi. Uglerodli tolani eng ajoyib xususiyatlaridan biri, bu uning zichligining kichikligidir, u 2 g/sm 3 qiymatga teng. 1.6. Metal tolalar Metal polimerli kompozitlar tayyorlashda yuzaga keladigan ixtiyoriy talablarni qondira oladigan metal tolali to‘ldiruvchilarni keng turlarini ishlab chiqarish sanoati hozirda mavjud. Metal tolalarning afzallik tomoni shundaki, ular yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega, tolaning diametri va uzunligi bo‘ylab bir jinsli, ko‘ndalang kesimi shaklini va o‘lchamlarini qat‘iy nazorat qilish mumkin (u juda murakkab berilishi mumkin). Metal tolalarning kamchiligi esa, ular zichligini yuqoriligi va narxining balandligi. Metal tolalar xossalari dastlabki material va tayyorlash texnologiyasi bilan aniqlanadi. Tola shakli, kesimining bir jinsliligi, sirtning notekisligi va uning tarkibi tola ishlab chiqarish texnologiyasi bilan aniqlanadi. Ularning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalari amalda dastlabki material xossalaridan deyarli farq qilmaydi. 40 Tolani ishlab chiqarishda tolasimon qilib tortish jarayonidan tashqari, hozirgi kunda ko‘plab yangi usullar qo‘llaniladi. Galvanik usulda metallarni yotqizish, yoki taglikka bug‘ fazasidan metallarni purkash, noorganik birikmalarni ajratish, shakl berish va suspenziyalash kabi usullar qo‘llanadi. Odatiy to‘qimachilikdagi qayta ishlov usuli yordamida metal tolalardan jgutlar, to‘qimalar, iplar, noto‘qima materiallar va to‘qilgan va eshilgan mahsulotlar olinadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling