35
Shunday qilib, elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi
sifatida eng
samarali texnik uglerod – qurum quyidagi xarakteristikalarga ega
bo‘lishi kerak: ya‘ni katta solishtirma adsorbsion sirtga,
yuqori
g‘ovaklikka, kichik o‘lchamli zarraga, yengil uchuvchi kirish-
malarni kamligiga va yuqori darajadagi
tuzilmalanishga ega
bo‘lishi kerak (1.10-rasm).
1.10-rasm. Past tuzilmali qurum (chapda) va Yuqori tuzilmali qurum (o’ngda)
Sanoatda chiqariladigan texnik uglerod zarrasining o‘lchami
10 dan 300 nm gacha bo‘ladi. Zichligi ~ 2 g/sm
3
, elektr o‘tkazuv-
chanligi turli nav qurumlar uchun katta chegarada tebranadi. Eng
ko‘p tarqalgan qurum markasi 1 dan 100 Om
-1
·sm
-1
oraliqda
elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr o‘tkazuvchan material
sifatida foydalanilgan qurum markasining narxi nisbatan arzon.
Do'stlaringiz bilan baham: