A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
3 SO’Z BOSHI Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida foydalangan materiallar, rivojlanish bosqichlarida hamma vaqt ham muhim va ko‘p hollarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Hattoki, taraqqiyot bosqichlari ular bilan bog‘lanib, tosh asri, bronza asri, temir asri kabi nomlar olgan. Bugungi kunda barcha sohalarda foydalanilayotgan materiallar turkumining ko‘lamiga ko‘ra, asrimizni polimerli kompozit materiallar asri deb atalsa mubolag‘a bo‘lmaydi. Inson hayotida polimerlarning ahamiyati shu qadar kattaki, kishilarning turmush darajasi haqida bu materiallarni iste‘mol ko‘lamiga qarab fikr yuritish mumkin. Ma‘lumki polimer modda va polimer materiallar o‘rtasida keskin farq bor. Polimer modda materialga o‘tishi uchun ko‘p hollarda unga turli kimyoviy qo‘shilmalar kiritish zarur. U qo‘shilmalar, moddaning fizik va kimyoviy xossalarini, issiqlik va yorug‘likka barqarorligini, mexanik mustahkamligi va iqlimbardoshliligini, suvga chidamliligi va boshqa xususiyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Odatda ko‘p polimer materiallarga noorganik tabiatga ega bo‘lgan moddani- to‘ldiruvchini kiritib modda xususiyatlari o‘zgartiriladi. Yetarlicha kompleks xossaga ega materialga bo‘lgan talab yuzaga kelsa, yangi turdagi polimerlarni sintez qilib, ularni ishlab chiqarilishiga erishish, hamma vaqt ham maqsadga muvofiq kelavermaydi. Bu yo‘l juda murakkab, uzun, hamda katta mablag‘ talab etishi bilan birga, kutilgan natijaga erishish ehtimolligi ham yuqori bo‘lavermaydi. Shuning uchun mavjud polimerni fizik o‘zgarishga uchratilishi (modifikatsiyalash), ularning boshqa tabiatli modda bilan kombinatsiyasi, boshqacha tuzilishga o‘tkazilishi kabi ishlarning bajarilishi natijasida olinadigan materialni mustahkamlash, unga alohida to‘ldiruvchi turiga bog‘liq holda kompleks xususiyat baxsh etish va arzon- 4 lashtirish kabi muammolarni hal etish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, so‘nggi yillarda polimerlar haqidagi fanda birinchi o‘rinda polimerli kompozit materiallar yaratish muammosiga e‘tibor kuchaymoqda. Bunday materiallarni olishning ilmiy asosini ishlab chiqilishi, plastiklar doirasini anchayin kengayishiga hamda avval yaratilgan va ishlab chiqarilayotgan polimerlar asosida ularning xossalari turini orttirishga imkon yaratdi. Umumiy holda kompozit materiallar tuzilmasini uzluksiz polimer faza (matritsa) va u matritsada ma‘lum darajada taxsim- langan bir yoki undan ortiq dispers fazadan (to‘ldiruvchi) tashkil topgan deb tasavvur qilish mumkin. Kompozit materiallar olish tamoyili ikki turlicha fazaning (to‘ldiruvchi va matritsa) berilgan kombinatsiyasini u yoki bu texnologik usul bilan yaratishdan iborat. Kompozitlar iste‘mol vazifasiga qarab konstruksion material- larga, ya‘ni fiziko-mexanik xossalari kompleks tarzda yaxshilan- gan polimer materiallarga va maxsus xossalarga ega materiallar- ga, ya‘ni ular iste‘molchi buyurgan talabga ko‘ra, ma‘lum darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik, optik yoki elektrofizik xossalarga ega bo‘lgan materiallarga ajratilishi mumkin. Ushbu qo‘llanmada polimerli kompozit materiallar xossalari- ning fizik asoslari bayon etilgan. Shu bilan birga, polimerli kompozitlar xossalarini matritsaga, to‘ldiruvchi turiga, shakliga, o‘lchamlariga, matritsadagi ulushiga, tayyorlash texnologiyasi va tashqi ta‘sirlarga bog‘liq holda o‘zgarish mexanizmlari tahlil etilib, ulardan amaliyotda foydalanish sohalari ko‘rsatib o‘tilgan. Qo‘llanmani keltirilgan monografiya va adabiyotlardan keng foydalanilib, КА-12-004 ―Respublikaning elektrotexnik va mashinasozlik sanoatlari uchun mahalliy xom ashyo asosida rivojlantirilgan texnik parametrli polimer kompozitsion material- lar (shu jumladan nanostrukturali) yaratish‖ loyihasi doirasida tayyorlandi. 5 Aytish joizki, bu turdagi qo‘llanma o‘zbek tilidagi dastlabki kitob bo‘lib, ko‘plab atamalar bevosita jarayonga bog‘liq holdagi ma‘noda ifodalangan va ayrim kamchiliklardan holi emas. Qo‘llanma haqida bildirilgan har qanday fikr va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qilamiz. Mualliflar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling