A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

1.7. Kompozit tolalar 
Keyingi yillarda tolalar tarkibiga anchagina miqdorda mineral 
to‘ldiruvchilar kiritib modifikatsiyalash usuli tobora kengayib 
bormoqda (60 % gacha). 
Bunday to‘ldiruvchilar sifatida kalsiy karbonat, silikatlar 
(asbest, kaolin, talk), oksidlar va yuqori dispersli metal kukunlari, 
qurum, grafit va boshqalardan foydalaniladi. 
Ma‘lumki, ko‘p mamlakatlarda polimerlarni to‘ldirish usuli 
bilan uncha katta bo‘lmagan hajmda maxsus vazifalar uchun 
tolalar chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, termo va xemo-
barqaror, yonmaydigan, elektr o‘tkazuvchan, magnit va bosh-
qalar. 
Bu usul yaqin yillarda kimyoviy tolani modifikatsiyalashni 
asosiy usullaridan bo‘lib qolishi mumkin. Tola hosil qiluvchi 
barcha mavjud texnologik qurilmalar yordamida hozirgi kunda 
polimerlarni to‘ldirish usuli orqali modifikatsiyalash mumkin. 
Bunday usul bilan olingan tolani o‘zi kompozit material 
hisoblanadi. 
To‘ldiruvchi miqdori yuqori bo‘lgan tolani olish uchun 
to‘ldiruvchini polimer bilan to‘la aralashtiriladi, yoki to‘ldiruv-
chini polimerlanishga qadar monomerga kiritilib, yuqori 
to‘ldirilgan kompozit tayyorlanadi. To‘ldirilgan polimerlardan 
tola shakliga oddiy usullar bilan o‘tkaziladi. Kompozit tola 


41 
tayyorlashda asosan ho‘l yoki quruq shakl berish yoki erigan 
polimerdan iplar olinadi. 
Ho‘l shakllash usulida yuqori to‘ldirilgan tola olish ikkita 
texnologik jarayonni o‘z ichiga oladi: cho‘zilishga tayyor eritma 
tayyorlash va to‘ldirilgan eritmadan ip shakliga o‘tkazish. 
Quruq shakllash bilan asosan elektr o‘tkazuvchan iplar 
olinadi. Bu usulni mohiyati shundaki, polimer asosga (substrat) 
ixtiyoriy klassik usul bilan (eritmaga botirish, shimdirish, purkash 
va hokazolar bilan) sovuq yoki issiqda qotadigan elektr o‘tkazuv-
chan laklarni, pastalarni, yuqori to‘ldirilgan polimer eritmasini 
qoplash bilan olinadi. Elektr o‘tkazuvchan qoplamani surtish 
uchun maxsus surtalayotgan qatlam qalinligini boshqaradigan 
fil‘yerdan foydalaniladi. Parda hosil qiluvchi component sifatida 
qurum, grafit, metal kukunlari bo‘lgan termoplastik va termo-
reaktiv smolalardan foydalaniladi (epoksidli, fenolformaldegidli, 
organikali kremniy, poliuretanli va boshqalardan). Polimer 
eritmasidan iplar olish uchun to‘ldiruvchini tayyor polimerga 
bevosita polimerni tola yoki monomerga shakl berishdan oldin 
polimerlanish davrida kiritiladi. 
Shuningdek, qobiq yadro turidagi bikomponentli iplar olish 
usullarini yoritgan qator ishlar ma‘lum. Shunday usul bilan metal 
to‘ldirilgan iplar PE (polietilen), PA (poliamid) va ularni 
sopolimerlari asosida olingan. To‘ldiruvchi sifatida yuqori 
dispersli titan, alyuminiy, mis, kumush, oltin, ruh va boshqa 
metal kukunlari qo‘lla-niladi.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling