solishtirma hajmni haroratga bog’lanishi.
133
Shishalanish haroratidan yuqorida va pastda dilatometrik
bog‘lanish amalda to‘g‘ri chiziqli, lekin shishalanishdan so‘ng
HKTK (β
ж
) taxminan ikki marta ortadi. 140
0
C dan yuqorida
chiziqlilikdan chetlanish salmoqli bo‘‘lib, u tugallanmagan kam
tartiblangan tuzilmani erish oldi jarayonini boshlanishi bilan
bog‘liq.
160
0
C dan yuqorida penoplastni asosiy kristall tuzilmasi
eriydi va bu jarayon 176
0
C da erigan modda solishtirma hajmini
haroratga bog‘lanishi keskin chiziqli holga o‘tadi. Erigan modda
tog‘ri chizig‘ini T=0 qiymatga interpolyatsiyalaganda polimer
atomlarini xususiy hajmi qiymatini beradi. Aytish kerakki,
interpolyatsiyalangan tog‘ri chiziq dilatometrik bog‘lanish egri
chizig‘ini shishalanish haroratida kesib o‘tadi. Dilatometrik
ma‘lumotlar polimerni eng muhim parametri bo‘lgan ozod
hajmni (V
f
) aniqlashga yordam beradi: V
f
= V
yig’
- V
xus
, bu yerda
V
sum
– tajribada aniqlanadigan polimer yig‘indi hajmi, V
sob
–
molekulaning xususiy hajmi, T=0 K da molekulalarning eng zich
(jips) joylashishiga to‘gri keladi.
Molekulaning xususiy hajmi nafaqat Van-der-Val‘s radiusi
bilan bog‘liq, balki issiqlik tebranma harakat ta‘sir etadigan hajm
fluktuatsiyasini ham o‘z ichiga oladi. Ozod hajm nazaryasida
shishalanish harorati bu shunday haroratki, undan past harorat-
larda ozod hajm o‘zgarmas bo‘lib qoladi va kelgusidagi
sovutishlarda kamaymaydi, bu haroratdan past haroratlarda
bo‘shliqlar harakatchanligi cheklanadi va harakat faqat band
(xususiy) hajmda ro‘y beradi. Ozod hajm ulushi f
с
= V
f
/(V
f
+V
xus
)
ga teng. Shishalanish haroratida ozod hajm ulushi 0,025 ni tashkil
etadi.
Turli materiallar uchun HKTK o‘zgarish chegarasi 4.2-
rasmda tasvirlangan.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |